ORALIQ EKINLAR
ORALIQ EKINLAR — almashlab ekish tizimidagi asosiy ekinlar hosili yigʻib olingandan keyin ekiladigan qoʻshimcha ekinlar. Intensiv almashlab ekishda bir yilda 2 —3-marta hosil olish imkonini beradi, tuproqni ero-ziyadan asraydi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida javdar, arpa, suli, noʻxat, shabdar, kuzgi indov, xantal, bersim va boshqalar Oraliq ekinlar hisoblanadi. Oraliq ekinlar bahorda koʻk ozuqa uchun oʻrib olinadi, oʻrniga asosiy ekin tariqasida makkajoʻxori, joʻxori, sudanoʻt va b. ekiladi. Oraliq ekinlarning zichlashgan ekin, aralash ekin, koʻkat oʻgʻit, qoʻshma ekin, kulis ekin, ikkinchi ekin deb ataluvchi turlari bor. O. e. tufayli har ga yerdan olinadigan mahsulot mikdori ortadi, tuproq unumdorligi oshadi.
Ensiklopediya.uz
ORALIQ EKINLAR