Or-nomus va nomussizlik haqida maqollar
Arava buzilsa o’tin, Benomusga kunda to’y. Benomusga ne nomus. Besharmga arpa uni bahona. Behayolar bel bog’lasa, Boylik ketsa ketsin, Bor borini yeydi, Bossang, chuvalchang ham qimirlar. Bossang, qurbaqa ham «vaq» etar. Dashnom yeganim — besh non yeganim. Joningni fido qilsang qil, Itning ori kelsa, suyakka ham qaramas. Yigitni or o’ldirar, Yigitning moli bo’lguncha, ori bo’lsin. Yigitning sazasi singuncha, Yigitning sazasi o’lgandan Yigitning xuni — yuz yilqi, Yigitning xuni — yuz tanga, Yigitning xo’rligi — o’limdan qattiq. Yiqilganni yer ko’tarar. Kaldan taroq so’rama. Ko’zi yo’qning yuzi yo’q. Lafz — puldan qimmat. Mol — jonim sadag’asi, Mol saqlama, or saqla. Mol talashma, orga talash. Molingga suyanma, oringga suyan. Ne yomon, or-nomus yomon. Nojo’ya ishdan yosh bola ham uyalar. Nomus — yarim o’lim. Nomus — o’limdan qattiq. Nomusni yoshlikdan asra. Nomussiz yurmoqdan nomusli o’lmoq yaxshi. Obro’ isitar, uyat kuydirar. Odam ochlikdan o’lmas, ordan o’lar. Odamni nomus o’ldirar, Ori bo’lmagan yigitdan nomusli qiz yaxshi. Ori yo’qning ohori yo’q. Orli origa qarasa, Orli orlanib turar, Orsiz turmushdan orli o’lim yaxshi. Orsizga — olti kun bayram. Orsizga tupursang, yomg’ir der. Orsizda aql bo’lmas, Ota bilan orsiz talashar. Otali yetim — orsiz yetim, Pardali qiz — pariga tengsiz. Pastak tog’da qor bo’lmas, Pul ketsa-ketsin, obro’ ketmasin. Pulning ko’zi yo’q, Sayoq yurgan tayoq yer. Tamizlisi ona bo’lay deb qayg’urar, Toydan toy qolsa, qulog’ini tishlar. Tog’ boshida qor bo’lar, Tuzdagi cho’ponga, uydagi xotinga o’zi insof bersin. Urgandan turtgan yomon, Uyat — o’limdan qattiq. Xato qilmoq bordir, Xotinsizlik — mehnat, Chin boylik — imon boyligi. Shavla ketsa-ketsin, Shavla ketsa qo’lingdan, Obro’ qolsa o’zingda, Shallaqi ko’pirsa, Shallaqida gap ko’p. Sharmanda, oxir qolar armonda. Sharmandaga shahar keng. Sharmsizlik — sharmandalik nishoni. Sha’ni shavqat istasang, Shahar — sharmandaniki. Eldan chiqsang ham, dindan chiqma. Eman daraxtining egilgani — singani, Er yigitga ikki nomus — bir o’lim. Er yigitni nomus o’ldirar. Er nomusi — el nomusi. Echkida et yo’q, Eshikchining qorni to’q, Yuz-yuzga tushar, Yarli bo’lsang ham, orli bo’l. Yaxshi qilar or, O’ynashga ishonib, ersiz qolma. O’g’ri do’qi bilan qo’rqitar, O’g’ri kulib yengar, O’g’ri qarisa, so’fi bo’lar, O’g’rining ishiga to’g’ri uyalar. Qatorda nori borning ori bor. Qiz bor — naf tekizar, Qizil et ketar, Qizil yuzing qizartirma, Qizni erkiga qo’ysang, o’yinchiga tegar. Qudaning moli bo’lguncha, ori bo’l. G’ayrat — otda, hayo — ko’zda. G’ayrati borning imoni bor. G’animat — g’arniki, G’ar bo’l, o’g’ri bo’l, insofli bo’l. G’ar o’ziga esh tortar, G’ar o’ziga g’altak qilar, G’ar qarisa, g’amzasi qolmas, G’arni g’ar desang, o’lgisi kelar, G’unajin ko’z suzmasa, Hayo ketdi — balo yetdi. Hayoli hayodan qo’rqar, Hayolisi bola ko’rsa, onaman der, Hayosi yo’qning imoni yo’q. Hayosizga shahar katta. Hayosizga har kun hayit. Hayosizlar yig’ilgan yerda hayolilar toqqa qochar. Hazil edi, chin bo’ldi, Huzur-huzur, betamizniki — huzur.Or-nomus va nomussizlik haqida maqollar
DO`STLARGA ULASHING:
Qiz buzilsa — xotin.
Hayolilar uyga kirar.
Or-nomus ketmasin.
Uyatsiz — orini.
Vijdonsiz — imonsiz.
Nomusingni fido qilma.
Tuyani — sarbon.
Shaytonning bo’yni uzilsin.
O’zi o’lgani yaxshi.
Or-nomusi — ming yilqi.
Or-nomusi — ming tanga.
Jon — orim sadag’asi.
Quyonni — qamish.
Orsiz yengdim der.
Orsiz yeb to’yar.
Aql bo’lsa ham naql bo’lmas.
Onali yetim — orli yetim.
Aroqxo’rda — or.
Baxshining — yuzi.
Oliftasi oq sochini kunda bo’yar.
Er kishida or bo’lar.
So’zlagandan so’kkan yomon.
Tuzatmaslik ordir.
Xotinbozlik — la’nat.
Obro’ ketmasin.
Ketganiga rozi bo’l.
Xursand bo’lib, to’ylar qil.
Gap aytmay tupur.
Sharmandalik yo’ldan qayt.
Er yigitning uyalgani — o’lgani.
Orsizda — bet.
Uyga borsa, yuzi yo’q.
Uyat — ichga.
Yomondan hamma bezor.
Yomon ayol — yig’isi bilan.
G’ar — yig’lab.
G’ar qarisa, otin bo’lar.
Qiz bor — gap tekizar.
Qizargan bet qolar.
Uzun tiling qisqartir.
Undan qolsa — karniki.
Yomon aybini birovga ortar.
O’g’ri o’ziga o’rtoq qilar.
Ko’l qarisa — qurbaqasi.
Sog’ni g’ar desang, kulgisi kelar.
Buqacha ip uzmas.
Behayo nedan qo’rqar.
Tannozlari o’z bolasini ukam der.
O’ynash edi, er bo’ldi.
Or-nomus va nomussizlik haqida maqollar