O‘quvchilar maktabni tamomlashi bilan o‘qishga kirishi shart (mi) haqida to’liq ma’lumot oling
Rivojlangan davlatlarda maktabni bitirgan o‘quvchilar asosan bir yil vaqt olishadi, odatda buning nomini “gap year” bo‘sh yil deb nomlashadi. Mana shu yilda voyaga yetgan o‘quvchi dunyo aylanadi, turli kasblarda ishlab ko‘radi.
Bu yilning shunday xususiyati borki, bu yilda o‘quvchi o‘zini anglab olishga, qaysi kasbni tanlashi kerakligini tushunib olishga harakat qiladi. O‘quvchi keyingi yili mustaqil qarori bilan oliygohga topshiradi yoki boshqa biror kasb o‘rganishga kirishadi.
Bizning jamiyatda esa bu sal boshqacharoq shakllangan, o‘quvchi o‘qishni bitirgan zahoti oliy ta’limga kiritishga harakat qilamiz, qanday bo‘lmasin bizga oliy ma’lumotli bo‘lib olish kerak. Sen o‘qib olaver diplomli bo‘lsang, bir ish topilib qoladi deymiz. Qanday ish? U ish o‘quvchiga yoqadimi? Oliygohni bitirib nima ish qiladi? Albatta bu savollar aksar hollarda o‘ninchi darajali bo‘lib qolaveradi.
Keyin esa diplomi chang bosib yotgan taksistlar ham ko‘payib ketdi deb yuraveramiz. Aslida yaxshi daromadli ish topish uchun oliy ma’lumotli bo‘lish ham shart emas, faqatgina nima qilishingizdan qat’iy nazar o‘sha ishni seving va chin ko‘ngildan bajaring, bo‘ldi pul oqimi siz tomon kela boshlaydi.
Buning uchun esa hali endi maktabni bitirgan o‘quvchiga o‘zini anglab olishimizga vaqt berishimiz kerak.
© Bektosh Hatamov — «Profi school» hususiy maktabi asoschisi.
————————————————————
Bektosh akani fikriga 100 foiz qo‘shilaman. Aslida maktablar reytingini bitiruvchidarni OTMga kirish ko‘rsatkichiga qarab belgilanishi ham mutlaqo xato. Chunki hamma faqat oliy ta’limga kirish ko‘rsatkini ko‘tarish uchun harakat qilyapti xolos. Raqamlar ketidan quviyapmiz, sifat esa o‘lib boryapti.
Ayrim amaldorlar bitiruvchilarga o‘qishga kirish istagingiz bo‘lsa, imkon qadar pastroq ball bilan ham kirsa bo‘ladigan yo‘nalishlarga topshiringlar deb ochiqchasiga ko‘rsatma berishi esa achinarli holat. Bizga raqamlar kerak, oliy ta’limga kiruvchilarning soni kerak. Sifat esa hech kimga qiziq emas. Shu sababli ko‘pchilik o‘qishni bitirganlar hozir ham ish topolmay yuribdi.
Malumotlar
O‘quvchilar maktabni tamomlashi bilan o‘qishga kirishi shart (mi)