Oqsil, yogʼ va uglevodlarning bola salomatligidagi ahamiyati to’liq malumot oling

Oqsil, yogʼ va uglevodlarning bola salomatligidagi ahamiyati to’liq malumot oling

Oqsillar – har qanday tirik hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yangi hujayra va toʼqimalar qurilishiga sarflanadigan azot faqat ularda boʼladi. Shuningdek, bolalarning oqsilga ehtiyoji kattalarnikiga qaraganda ancha koʼp, ular ulgʼaygan sari bu talab ham ortib boraveradi.
Mundarija скрыть

oqsil yog va uglevodlarning bola salomatligidagi ahamiyati 1

Ovqat hazm qilish yoʼllariga tushgan oqsillar meʼda va ichak shirasi taʼsirida aminokislotalarga parchalanadi. Аminokislotalar ichak devori orqali qonga soʼrilib, butun organizmga tarqaladi. Maʼlumki, organizmga ovqat bilan birga tushadigan 8 ta aminokislota (triptofan, fenilalanin, lizin, metionin, valin, leytsin, izoleytsin, treonin) mavjud.

Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar (tuxum, sut, tvorog, goʼsht, baliq va boshqalar)da boʼladigan oqsillarning biologik jihatdan juda ham faol ekani aniqlangan. Bundan tashqari, ularda inson uchun zarur boʼlgan barcha zarur aminokislotalar bor. Аyniqsa, emizikli chaqaloqlar toʼla sifatli oqsilga juda muhtojdirlar.

Oʼsimlik mahsulotlari (non, kartoshka, sabzavotlar, yormalar va boshqalar)dagi oqsillar hayvon oqsillariga qaraganda organizmga sekin singadi. Oʼsimlik va hayvon mahsulotlari toʼgʼri aralashtirilib, birinchisini ikkinchisi bilan boyitish orqali odam organizmiga zarur oqsil va aminokislotalarning tanaga tez singishini taʼminlash mumkin. Shu bois bolaga har xil hayvon va oʼsimlik mahsulotlaridan iborat turli ovqatlarni bergan maʼqul.

Yogʼlar faqat energiya va issiqlik manbai boʼlibgina qolmay, aʼzo va toʼqima hujayralari tarkibiga kiradi, ular ichki aʼzolarni turli mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Shuningdek yogʼlar ham oqsillar kabi sifatli va sifatsiz boʼladi. Sut mahsulotlari (sariyogʼ, qaymoq, smetana, tvorog, pishloq), tarkibiga kiradigan sut yogʼi, baliq moyi va tuxum sarigʼidagi yogʼ eng foydali hisoblanib, ularda bola salomatligi va oʼsishi uchun zarur boʼlgan А va V vitamini mavjud. Mol va qoʼy yogʼida bu vitaminlar juda kam, oʼsimlik moyida esa deyarli yoʼq. Аmmo oʼsimlik moyi oʼsib kelayotgan organizm uchun zarur boʼlgan baʼzi foydali toʼyinmagan yogʼ kislotalarining manbai. Bular moddalar almashinuvida va immunitet ishlab chiqarilishida qatnashadi. Shu sababli 1 yoshdan oshgan bola ovqatiga hayvon oqsillari bilan bir qatorda oʼsimlik moyini ham albatta ishlatish kerak.

Uglevodlar energiya va issiqlik hosil boʼlishiga xizmat qiladi. Bolalarning uglevodlarga boʼlgan kunlik ehtiyoji kattalarnikiga qaraganda 2 hissa ortiq boʼladi.

Oʼsimliklardan tayyorlanadigan mahsulotlar (non, yormalar, kartoshka, sabzavotlar, mevalar) uglevodlar manbai sanaladi, chunki ularda koʼp miqdorda qand, kraxmal va kletchatka mavjud. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlardan faqatgina sut qandga boy boʼladi.

Bolalar ovqatida oddiy qandlar – glyukoza va fruktozadan iborat yengil singuvchi uglevodlar muhim rolь oʼynaydi. Bular mevalar, sabzavotlar, sharbatlar, shuningdek, sut (sutda sut qandi – laktoza boʼladi) bilan birga organizmga tushib turadi.

Umuman, bola sogʼlom oʼsib ulgʼayishi uchun uning taomnomasida oqsil, yogʼ va uglevodlar kerakli miqdorda boʼlishi shart.

Rayhon MUDАRISOVА, pediatr, pedagog.

Boshqa mavzular
Oqsil, yogʼ va uglevodlarning bola salomatligidagi ahamiyati