OQSAROY

OQSAROY

OQSAROY — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim.sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hoz. koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, bal. 40 m, umumiy bal. 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.

Ensiklopediya.uz
OQSAROY