OQMA

OQMA

OQMAorgan va toʻqimalardagi patologik jarayonlar oqibatida paydo boʻlib, uzoq vaqt bitmaydigan teshik yaralar, yoʻllar; tananing ichkarisidagi toʻqimalardan yoki ichki aʼzodan teriga (tashki Oqma) yoki toʻqimalardan ichak, qin singari kovak aʼzoga (ichki Oqma), yo boʻlmasa bir aʼzodan boshka aʼzoga, mas, qiziloʻngachdan bronxga, qovukdan ichakka (aʼzolararo Oqma) ochilgan boʻladi. Oqma tugʻma boʻlishi ham mumkin (mas, kindik yarasi). Koʻpincha yiring boylash va uning yorib chikishi bilan davom etadigan yalligʻlanish jarayonlari, mas, osteomiyelit, shu jumladan, sil osteomiyeliti ham Oqma deb ataladi. Uzok, davom etadigan yalligʻlanishlar Oqmaning bitishiga toʻsqinlik . qiladi; O. ning bittasi bitib tuzalsa, ikkinchisi ochiladi.

Ensiklopediya.uz
OQMA