OQLOVCHI GILLAR
OQLOVCHI GILLAR — moddalarni yutish (sorbsion) va tozalash xususiyatiga ega boʻlgan togʻ jinslari, foydali qazilmalar. O. g., asosan, montmorillonit tarkibli bentonit gillari yoki vulkanogen – choʻkindi kremniyli togʻ jinslari (diatomit, trepel, opoka) dan iborat vulkanogen jinslar-nig gidrokimyoviy yoʻl b-n oʻzgarishidan hosil boʻladi. Aktivlantirilgan, yaʼni kislotalar qoʻshilgan Oqlovchi gillar (mas, krimsil, oskanit)ning yutish va oklash xususiyati eng yaxshi tabiiy Oqlovchi gillar nikidan 3—3,5-marta yuqori boʻladi. Oqlovchi gillar neft mahsulotlari, moy va hayvon yogʻlari, sirka, vinolar, vitamin, antibiotiklarni tozalash, suvni yum-shatish, gazlamalarni oqartirishda, shuningdek, upa-elik sanoatida ishlatiladi. Mineral tarkibi boʻyicha Oqlovchi gillar bir necha turga boʻlinadi: beydellit, bentonit, attapulgit, paligorskit va topilgan joyi nomi b-n ataladi: floridin (AQSH), monotmorillonit (Fransiya), gumbrin va askanit (Gu-ruziya), gilobi (Ozarbayjon), (Qrim), navbaxit (Oʻzbekiston) va b.
Ensiklopediya.uz
OQLOVCHI GILLAR