O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida

O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida
oqishni kochirish perevod masalasida 65cb45b4b3f9a

f wSg9mKBOZ4eiNmihTNlY8FyUdQZiS9

O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida

Mundarija скрыть
O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Talabalardan har kuni o‘qishni ko‘chirishga oid juda ko‘p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildim.
Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.
? Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).
❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko‘chirib bo‘lmaydi.
? Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi:
• sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
• kechki (smenali).
❌ Sirtqi ta’limdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.
? Kechki ta’limdan ruxsat etiladi:
• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
• kunduzgi.
❌ Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.
? Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko‘chirish talabi ham rad etish uchun asos bo‘ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko‘chirishga ruxsat etiladi.
? Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muddatlar
O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:
Kuzgi semestr bo‘yicha
1️⃣-bosqich: 15 iyungacha
Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.
2️⃣: 15 iyuldan 5 avgustgacha
Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
3️⃣: 5 avgustdan 30 avgustgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.
4️⃣: 2 sentabrdan 10 sentabrgacha
Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
5️⃣: 1 oktabrgacha
Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.
Bahorgi semestr bo‘yicha
6️⃣: 15 yanvardan 25 yanvargacha
Talabalardan arizalar qabul qilish
7️⃣: 25 yanvardan 15 fevralgacha
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.
8️⃣: 15 fevraldan 25 fevralgacha
Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko‘chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.
9️⃣: 1 martgacha
Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.
Manba: @xushnudbek kanali

O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida