O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T, Shodmonov E, Eshturdiyeva G, 2019
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Kitob bizning do‘stimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish, talaba yoshlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida turli mavzularda tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, TIQXMMI MTUning 4–TTJ.da 2022-yil 22-aprelda “Kitob bizning do‘stimiz” mavzusida suxbat tashkil etildi. Suxbat GM fakulteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. F. Beknazarova raxbarligida fakultet professor o‘qituvchilari va fakultet tyuteri A.D. Axrarovalar ishtirokida talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Suxbatda talaba qizlarga yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borishi ularning ongi o‘sishiga, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon berishi va kitoblarni asrab avaylab o‘qish kerakligi tushuntirildi.Talaba qizlar tomonidan o‘qigan kitoblari haqida fikr mulohazalari eshitilib, she’r, maqollar, topishmoqlar aytildi.
Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh”dir, o‘qigan kitobi yillar o‘tsa-da hayotda albatta asqotadi.
Maslahatimiz hayotingiz kitob bilan sermazmun o‘tadi, yaxshi kitob sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, mutolaa sizni nafaqat ilmli qiladi, balki siz hech qachon his etmagan zavqni ham baxsh etadi.
Universitet matbuot xizmati
O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2019
O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2019.
Учебник по чтению для 1 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Vatan — bu bizning tug’ilgan joyimiz. Lekin bu so‘z faqat joyni emas, bizga qadrdon hamma narsani — ota-onamizni, oilamizni, muqaddas tilimizni, atrofimizni o‘rab turgan tabiatni ham anglatadi.
Inson o‘z Vatanini yaxshi ko’radi. Shuning uchun ham boshqa yurtga borganlar o‘z Vatanini sog’inadilar. Vatan biz uchun juda aziz bolgani sababli unga «ona» so’zini qo’shib aytamiz. Ona Vatanni faqat yaxshi ko’rish emas, uni asrab-avaylash ham zarur. Vatan bizning katta uyimizdir. Uni doim sevish va qadrlash kerak.
Bir kabutar.
Bir tezuchar kabutar bor ekan. U juda uzoq-uzoqlarga uchib borar edi. Kun-lardan bir kuni bir podsho uni tutib olibdi va qafasga qamab qo’yibdi. Qafas juda chiroyli ekan. Kabutarga don va suv berishibdi. Lekin kabutar unga qaramabdi. Chunki u juda xafa ekan. Bir kuni qafas-ning eshigi ochiq qolgan ekan, kabutar qochib ketibdi. Keyin o‘z uyi tomon uchibdi. Kabutar bir necha kunlik yo‘lni bir zum-da bosib o’tibdi. Uyiga yetib kelibdi, qara-sa, uyi buzilib, vayron bo’lib yotgan ekan.
Kabutar qattiq xafa bo’libdi. Ammo qaytib ketmabdi. «U yer menga begona. Bu yer esa buzilgan, vayrona bo’lsa ham, o‘z uyimdir», — debdi kabutar o‘ziga-o‘zi. U uyini tuzatishga kirishibdi.
MUNDARIJA.
BIZ VATANNING ERTASI.
Vatan (Nosirjon Jo’rayev).
Yurt qalqonlari (Dilshod Rajab).
Vatan surati (To’lqin Hayit).
Vatan — bu. (Po’lat Mo’min).
Bir kabutar (Alisher Navoiy).
Baxtli bolalar o’lkasi (Anvar Obidjon).
Osmondagi yo’limiz (Vafo Fayzulloh).
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
MO’JIZAVIY QISH.
Qish (Tursunboy Adashboyev).
Yashasin qish.
O’zimizning qish (Xudoyberdi Komilov).
Qor bosgan dala (Dilshod Rajab).
Qish va bolalar (Anvar Obidjon).
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
BIZ – BUYUKLAR AVLODI.
Amir Temur (Muhammad Ali).
Amir Temur o’gitlari.
Muhammad al-Xorazmiy.
G’azal mulkining sultoni.
Abu Ali ibn Sino.
Buyuk munajjim.
Shoh va shoir.
Ona sabog’i (G‘iyos Komilov).
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
KO‘KLAM – YASHNAYDI OLAM.
Bahor kelgach (Tursunboy Adashboyev).
Bahor (Sharofat Ashurova).
Ona allasi (Rivoyat).
Sakkizinchi mart (Zikrilla Ne’mat).
Bahor keldi (Vafo Fayzulloh).
Navro’z bayrami.
Navro’z (Rauf Tolib).
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
KITOB BIZNING DO’STIMIZ.
Kitobni asrang.
Kitobim, jon kitobim (Dilshod Rajab).
O‘quv va bilim haqida (Yusuf Xos Hojib).
Kompyuter.
Kitobga mehr (Mirkarim Osim).
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
XALQ O‘GITI – ВАХТ KALITI.
Sher va sichqon (Ertak).
Maymun va duradgor (Masal).
Shamol va quyosh (Ezop).
Rostgo’y bola (Ertak).
Aqlli qarg’a (Abdulla Avloniy).
Shirin uyqu.
Maqtanchoq xo’roz (Vasil Suxomlinskiy).
Kim aqlli.
Qafasdagi qushcha va ko’rshapalak.
Op terakmi, ko‘k terak?.
Maqollar.
Topishmoqlar.
Bo’lim yuzasidan takrorlash.
TINCHLIK VA DO’STLIK.
Xotira va qadr (Dilshod Rajab).
Tinchlik eng oliy ne’mat (Zikrilla Ne’mat).
Tinchlik (Fayzi Shohismoil).
Ikki do‘st.
Do’stlik quvonchi (Anvar Obidjon).
Bolim yuzasidan takrorlash.
YOZ – OTADI SOZ.
Yoz (Bahodir Obid).
Yozgi yomg’irdan so’ng (Sulton Jo’ra).
Bu qaysi fasl? (To’lqin Hayit).
Men oromgoh bolasi (Zaynab Begim).
O’zimning quyoshim (Anvar Obidjon).
Bolim yuzasidan takrorlash.
MUSTAQIL 0‘QISH UCHUN.
O‘zbek elim (Odil Abdurahmon).
Musawir (Erkin Malik).
Yomonga yaqin yursang (Narayan Pandit).
Non isi (Rivoyat).
Quyoshdan erta turib (Yo’ldosh Sulaymon).
Qushcha (Abdulla Oripov).
Chinor va maysalar (Olloyor Begaliyev).
Ulug’bek bobom (Po’lat Mo’min).
Boychechak (Muhtarama).
Maqtanchoq g‘oz (Abdulla Avloniy).
Otam o’giti, onam oq suti (Po‘lat Mo’min).
Suv – shifo (Erkin Malik).
Buloq va daraxt (Zamira Ibrohimova).
Dil so’zlari (Habib Pahmat).
Yo’qolgan ko’zoynak (Kavsar Turdiyeva).
Накка va uning bolalari (Ertak).
Olma (To’lqin llhomov).
Arpa-bug‘doy osh bo’lur (Abdusodiq Irisov).
Aql va boylik (Ertak).
Yaxshi niyat (Anvar Obidjon).
She’r topishmoqlar.
Tez aytishlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
КИТОБ БИЗНИНГ ДЎСТИМИЗ
Ҳар биримиз ҳаётимиз давомида дўстларга эҳтиёж сезамиз. Ким биландир суҳбатлашиш, фикр алмашиш, уларнинг сўзларидан кўп маънолар олиш билан ҳаётимизга мазмун берамиз. Бироқ, ҳаётда шундай дўст борки, у Амир Темурнинг таъбири билан айтганда: “Барча бунёдкорлик, яратувчилик ва ақл-идрокнинг, илму донишнинг асосидир. Ҳаётни ўргатувчи мураббийдир”. Бу садоқатли, ишончли ҳамроҳ – Китобдир.
Бугунги ахборот асрининг илғор технологияларисиз кунларимизни тасаввур қилолмамасак-да, тенгдошларимиз орасида китобга ошно бўлган ёшларнинг борлиги қувонарли ҳолдир. Кўча кўйда, транспортларда қўлларида китоб тутган инсонларни кўриб қувонамиз.
Афсуски, баъзи ёшлар қимматли вақтини беҳуда ишларга, хусусан, ҳаддан ташқари кўп компьютер ва қўл телефони ўйинларини ўйнаш, мазмунсиз фильмларни кўришга сарфлашлари тўғри эмас. Бунинг ўрнига, ўқишдан ташқари ўтадиган вақтини самарали ишлар учун режалаштириши мақсадга мувофиқдир. Айниқса, куннинг маълум қисмларини фойдали китоб мутолааси учун ажратиш муҳим аҳамиятга эга. Чунки, “ёшликда олинган илм тошга ўйилган нақш” янглиғ ўқиган китоби йиллар ўтса-да ҳаётда албатта асқотади.
Юртимизда ёшларнинг китобхонлик маданиятини ошириш учун амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳам бежизга эмас, бинобарин, келажак авлоднинг камолоти илм олиш, билимли бўлиш билан белгиланади. Бу борада, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йилнинг 12 январь куни “Китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини оширишга қаратилган” фармойиш эълон қилди. Бу эса ўз навбатида, юртимизда китобхонлик савияси ошишига, янгидан-янги сермазмун китоблар чоп этилишига омил бўлувчи муҳим одимдир. Ана шундай имкониятлардан оқилона фойдаланиб, янгидан-янги нашрдан чиқаётган сермазмун асарларни ўқиб бориш ёшларнинг онги ўсиши, тафаккури теранлашиб, ўзининг мустақил фикрига эга бўлишига имкон беради.
Динимизда илмли бўлишга чорланади. Бу биз «Илм» сўзи Қуръони каримнинг 811 жойида турли маънолари билан келганлигидан ҳам кўришимиз мумкин. Қуръон ва ҳадисларда илм инсониятни турли ахлоқсизликлар, ёмон йўл ва амаллардан қайтариши зикр этилган. Шунингдек, нодир манбаларда илм энг кўп ёритилган масалалардандир. Маърифат эгаллашнинг энг муҳим шарти эса китоб ўқиш билан бўлиши барчамизга маълумдир. Бу борада Мужодала” сураси, 11-оятида: “… Аллоҳ сизлардан имон келтирган ва илм ато этилган зотларни (баланд) даража (мартаба)ларга кўтарур”, дея марҳамат қилинади.
Алишер Навоий: “Китобни муқовасига қараб оладилар, ичига қараб баҳо берадилар”, деган эканлар. Дарҳақиқат, китобларнинг асл маъноси моҳиятини уни ўқигандагина англаш, уқиш мумкин.
Азалдан халқимиз китобни азиз санаган, кечалари китобхонлик давралари уюштирилган, оила аъзолари йиғилиб китоблар ўқилган. Асарлар ҳақида муҳокама ва мулоҳазалар билдирилган. Шундай оиладаги фарзандлар ҳам китобга меҳрли бўлиб вояга етганлар. Биз ана шундай аждодларнинг авлодларимиз, қалбимиздан, онгимиздан китоб ўқишни севувчи миллатмиз. Буни ҳамиша унутмаслигимиз лозим.
Бугунги кунда ҳам қайси хонадонга кирманг, уйнинг тўрида, жавонини безаб турган китобларга кўзингиз тушади, оила катталарининг ёшларни китоб ўқишга чорловчи сўзлари улғайиб келаётган болалар онгига сингади, китобга бўлган меҳри ортади. Аждодларимиздан қолган бебаҳо фазилатимиз – китобсеварлигимизни бой бермайлик, келажак авлодларга ҳам бус бутунлигича етказайлик.
Маслаҳатимиз ҳаётингиз китоб билан сермазмун ўтади, яхши китоб сизга тўғри йўл кўрсатади, мутолаа сизни нафақат илмли қилади, балки сиз ҳеч қачон ҳис этмаган завқни ҳам бахш этади ва албатта ажру-савобларга нойил этади, дея эслатмоқчимиз.
И.Отажонов
Ҳазорасп туман “Султон хубби” масжиди имом-хатиби
Qiziqarli malumotlar
1-sinf, 2019), Eshturdiyeva G, G‘afforova T, O‘qish kitobi, Shodmonov E