OQ MASJID
OQ MASJID — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18 — 19-a. lar). Uch tomoni ayvonli, bir xonali guzar masjidi. Tar-hi 25,5x 13,5 m. Xonaqoh(6,3×6,3 m) ning gumbazi chorsi asosga oʻrnatilgan. Gumbazi va asosi uzokdan oppoq boʻlib koʻrinadi (nomi ham shundan). Xonaqox. ichiga ishlangan chuqur ravoklar hisobiga keng koʻrinadi. Jan. devorida meh-rob bor. Gumbaz osti bagʻallari 4 pogʻo-nali muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Panjaralar va 3 eshik girih naqshlar bilan oʻziga xos uslubda bezatilgan (naqshlarni otabola Nurmuhammad Odina Qalandar oʻgʻli va Kalandar Saidmuxammad oʻgʻli bezagan). Yogochustunlar oddiy, fa-qat ustunlarning yuqori qismi xotam-kori piliklardan terib bezatilgan. Oq masjid taʼmirlangan, ayvon sufasi tiklangan, tomi va devorlari tuzatilgan.
Ensiklopediya.uz
OQ MASJID