OPTIK TIZIMLAR
OPTIK TIZIMLAR — optik elementlar (linza, koʻzgu, prizma, plastinka va h. k.) majmui. Quyidagi koʻrsatkichlar b-n ifodalanadi: chiziqli apertura, burchakli yoki chiziqli kuzatish maydoni, optik kattalashtirish oʻlchamlari, tasvirning sifatliligi, ajrata olish qobiliyati va yorugʻlik energiyasini taqsimlay olishi. Optik tizimlar yordamida buyum tasviri fotoplastinka, fotoelement va b. da hosil qilinadi yoki yorugʻlik manbaidan chiqqan nur dastasining yoʻnalishi, intensivligi va b. oʻzgartiriladi.
Ensiklopediya.uz
OPTIK TIZIMLAR