OPOSSUMLAR

OPOSSUMLAR

OPOSSUMLAR (Didelphidae) – xaltali sut emizuvchilar oilasi. Eng qad. xaltalilar. Gavdasining uz. 7 — 50 sm, dumi 4—55 sm. Dumi tutuvchi. Orqa oyoklarining oldingi barmogʻi yirik, boshqa barmoqlariga qarama-qarshi qoʻyilgan. Sut bezlari soʻrgʻichlari 5 tadan 27 tagacha. I urugʻi, 77 turi maʼlum. Kanadaning jan.-sharqidan boshlab Amerika qitʼasining 52° jan. kengliklarigacha tarqalgan. Oʻrmon, choʻl, dasht, togʻlarda 4 ming m balandlikkacha uchraydi. Yerda va daraxtlarda, ayrim turlari (suv opossumi) yarim suvda hayot kechiradi. Oziqtanlamaydi. Bir yilda 1—3-marta 4—11 tadan (baʼzan 25 ta) bola tugʻadi. Ayrim turlari moʻynasi va goʻshti uchun ovlanadi. Oddiy Opossumlar lab. hayvoni.

Ensiklopediya.uz
OPOSSUMLAR