O‘pka abssessi va gangrenasi

O‘pka abssessi va gangrenasi

O‘pka abssessi va gangrenasi

Mundarija скрыть
O‘pka abssessi va gangrenasi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

O‘pka abssessi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanishiga moyil bo‘lgan yiringli chirishiga aytiladi.O‘pka gangrenasi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanmay yiringli chirishiga aytiladi.Etiologiyasi. O‘pka abssessini, asosan, streptokokklar, sta- filokokklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, Fridlender tayoq- chasi, ichak tayoqchasi, viruslar, bakteriyalar keltirib chiqargan o‘choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi.
736 736 95 1084411721
O‘pka gangrenasi esa, anaerob flora: spirallar, anerob strep­tokokklar tufayli rivojlanadi. Sovuq qotish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kasallik rivojlanishiga moyil qilib qo‘yadi.
O‘pka abssessi bilan gangrenasi kelib chiqishida o‘tkir krupoz pnevmoniyalar, yuqumli narsalarning — shilimshiq yiring, qusuq massalari va shu kabilarni mayda bronxlarga tushib qolishi katta rol o‘ynaydi. Bu kasalliklar qon oqimi bilan o‘pkaga infeksiyalar tushganda hamda ko‘krak qafasi jarohatlanganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Abssess keltirib chiqaruvchi sabablarga va infeksiyaning o‘pka to‘qimasiga kirish yo‘llariga qarab aspiratsion, obturatsion, metapnevmonik, gemotogen, embolik, limfogen va travmatik abssesslarni farqlaydilar.
Aspiratsion abssessning rivojlanishiga yordam beruvchi omillarga hushsiz holat, masalan, og‘ir yuqumli kasalligi bo‘lgan bemor- lar, spirtli ichimliklar ichib mast bo‘lish, ba’zan umumiy narkoz ostida o‘tkazilgan operatsiyalar kiradi. Metapnevmonik abssesslar keyingi yillarda ancha kam uchraydi, chunki pnevmoniyalar sulfanilamid preparatlar va antibiotiklar bilan yaxshi davolanmoqda.
Gemotogen-embolik abssesslar ko‘pincha septikopiyemiya bilan birgalikda kechadigan kasalliklarda kuzatiladi. Ko‘pincha o‘pkaning embolik yiringlanishi tromboflebitda, septik endokarditda, osteo- miyelitda, tug‘ishdan keyingi sepsisda uchraydi.
Limfogen abssesslari — ko‘ks organlarining yiringli yallig‘lanishi bilan og‘riyotgan shaxslarda, shuningdek, o‘pkaga infeksiya limfogen yo‘l bilan kirgan yiringli fibrinoz plevritlarda yuz berishi mumkin.
Klinikasi. O‘pka yiringlaganda ikki davr farq qilinadi: birinchisi, abssess yorilguncha bo‘lgan davr, ikkinchi, abssess yorilgandan keyingi davr.
Birinchi davr abssess yorilguncha bo‘lgan davr og‘ir kechishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bemor tana harorati 40°C ga ko‘tarilishi, qaltirash, hansirash, bo‘shashish, ishtaha yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i, ba’zan yonboshda og‘riq paydo bo‘lishi kabi belgilardan noliydi, tez-tez yuza nafas oladi. Kasal tomoni nafasdan orqada qoladi. Perkussiyada shikastlangan soha ustida og‘riq aniqlanadi, bu sohadagi qovurg‘alar orasini stetoskop bilan bosil- ganda yo‘tal refleksi kuchayadi. Bu plevraning yallig‘lanish jarayoniga tortilishining ilk belgisidir. Puls tezlashgan — minutiga 120 tagacha, yurak tonlari bo‘g‘iqroq, auskultatsiyada qattiq, ba’zan bronxial nafas, quruq va nam xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik yo‘l bilan tekshirib ko‘rilganda, infiltratsiyasi bor joy qorayib turadi.
Ikkinchi davr yiringli bronxlar bo‘shlig‘iga yorilishidan bosh­lanadi. Bemorlardan bir talay (1 l.gacha va bundan ko‘proq) yiringli yoki chink balg‘am chiqadi. Abssessda balg‘am yashil rangli, hidsiz bo‘ladi. Gangrenada esa balg‘am shokolad tusida va qo‘lansa hidli bo‘ladi. Sutka ichida ajralib chiqadigan balg‘am miqdori ortishi bilan bemorlarning umumiy ahvoli sezilarli darajada yaxshilanib boradi, tana harorati esa pasayadi, intoksikatsiya holatlari asta- sekin pasayib, ishtaha asl holiga keladi, qonda leykotsitlar soni kamayadi va EChT sekinlashadi. Ayrim hollarda kuchli yo‘talda o‘pka ichidagi bosim anchagina oshishi natijasida abssess plevra bo‘sh- lig‘iga yorilib plevropulmonal shok (piopevmotoraks) yoki yiring ko‘ks oralig‘i bo‘shlig‘iga yorilganda (kamdan kam) yiringli mediastenit rivojlanishi mumkin. Balg‘am miqdori va uning xarakteri bo‘shliq hajmiga, yiring miqdoriga, qo‘zg‘atuvchisiga va abssess joylashgan sohaga bog‘liq bo‘ladi.
O‘pka gangrenasi og‘ir kasallik hisoblanadi. Uning klinik kechishi, asosan, o‘tkir abssessni eslatadi, biroq hamma alomatlari birmuncha yaqqol ifodalangan. Balg‘am «og‘iz to‘lib» ajraladi, u badbo‘y hidga ega, gungurt-shokolad rangli, suyuq, ko‘p miqdorda turli-tuman, jumladan, anaerob mikroblarni saqlaydi. O‘pka abssessidagidek xarakterga ega bo‘lgan harorat reaksiyasidan tashqari, o‘pka gangrenasining dastlabki alomatlaridan biri jarayonga plevra ham jalb etilganligini ko‘rsatuvchi yonboshdan og‘riqni paydo bo‘lishidir. Og‘riq uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ayniqsa, yo‘tal paytida og‘izdan keluvchi qo‘lansa hid gangrenaning doimiy va dastlabki alomatlaridir.
Tufdonda balg‘am uch qavatga ajraladi: yuqoridagisi suyuq, ko‘piruvchi, o‘rtadagisi — seroz, pastdagisi — uvoqsimon, undan Ditrix probkalari va o‘pka to‘qimasi parchalari topiladi. Balg‘am, ayniqsa, ertalab ko‘p miqdorda ajraladi (sutkasiga 500—800 ml). Gangrena bo‘shlig‘idagi narsa bronxga tushayotganda bemor ko‘krak qafasining kasal bo‘lagidan qattiq og‘riq bilan o‘tuvchi yo‘tal paydo bo‘ladi. Balg‘am mikroskop ostida tekshirilganda parchalangan holatdagi yiring hujayralari, yog‘ kislotasi ignalari, yog‘ tomchilari, elastik tolalari va turli bakteriyalar ko‘p miqdorda topiladi. Obyektiv tekshirilganda o‘pkaning shikastlangan joyi ustida perkutor tovushning o‘tmaslashganligi, tovush titrashining kuchayishi va ko‘p miqdordagi quruq va ho‘l xirillash eshitiladi.
Rentgenologik tekshrish o‘pka abssessidagi dastlabki davrida butun, yaxshi chegaralangan o‘pka to‘qimasini ko‘rsatadi. Ikkinchi davrda qorong‘ilashgan joyning yuqori qismida yorishgan yer, uning pastida esa tana haroratlanganda o‘zgaradigan erkin suyuqlikning gorizontal joylashgan o‘rni ko‘rinadi. Ancha keyinroq yorishgan yer yana ham aniq bo‘ladi, atrofdagi soya halqasi yana ham torayadi.
Xronik abssess o‘zgargan o‘pka to‘qimasi atrofida fibroz tolalari soyasi ko‘rinadi. Rentgenda abssessni o‘pka gangrenasidan farqlash deyarli mumkin emas. Parchalanayotgan bo‘shliq ichki devorning notekis, shokilasimon qirralari atrofida sekvestrlar borligini ko‘rsatadi va ayniqsa, zaif, biror og‘ir kasallik bilan og‘rigan shaxslarda gangrenoz abssess borligini taxmin qilishga imkon beradi.
Bemorning 2—3 oy davomida tuzalmasligi o‘pka abssessi xronik tus olganini ko‘rsatadi.
O‘pkaning yiringli kasalliklarida quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin: abssessning plevra bo‘shlig‘iga teshib chiqib, piopnevmo- toraks hosil bo‘lishi, gangrenada — og‘ir ixoroz plevrit, o‘pkaning shikastlangan joyida yangi abssesslarning paydo bo‘lishi, o‘pkadan qon ketishi, miyaning metastatik abssesslari.
Davolash. Bemorlarni kasalxonaga yotqizish, o‘rinda yotish, ovqatlanish, uyqu tartiblariga amal qilish, ularni tegishlicha par- varishlash, ovqat oqsillarga, A, C, D va B guruh vitaminlariga boy bo‘lishini ta’minlash lozim.
O‘pka abssessini konservativ davolashda bo‘shliqni uni ichidagi narsadan bo‘shatish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda bemorni sutkasiga V2—1 soat davom etadigan va bir necha marta qaytariladigan drenaj holat deb ataluvchi holatda yotqizib qo‘yadilar. Bemor sog‘ yonboshiga boshi pastroq, oyoq qismi yuqoriroq qilib yotqiziladi. Bo‘shliq yetarli bo‘shamagan hollarda bronxoskopiya o‘tkazilib, bronxoskopda balg‘am vakuum — apparat yordamida so‘rib olinadi.
Bronxoskop yoki kateter yordamida avval yiring suyuqligi tortib olinadi, keyin biron antibakterial preparat yuboriladi. Antibakterial terapiya bemorning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab olgandan keyin o‘tkaziladi. Intoksikatsiyaga qarshi kurashish maqsadida, gemodez, poliglukin, plazma, 5 % li glukoza eritmasi va fiziologik eritmalar tayinlanadi.
Organizmning himoya kuchlarini oshirish maqsadida bemorlarga oqsil preparatlarini qo‘yish, anabolik gormonlar, B guruh vitaminlari, askorbinat kislota, kalsiy xlorid buyuriladi. Shu bilan birga, balg‘am ko‘chiruvchi dorilar hamda bronxolitiklar berib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Giyohlardan qora andiz damlamasi, yalpiz, xantal, oqqal- dirmoq, navro‘zgul, malina, maymunjon, mavrak, limon, limono‘t, kunjut, kapalakgul, isfarak, zig‘ir, za’far, arg‘uvon damlamalari beriladi.
Fizioterapevtik muolajalardan diatermiya, induktotermiya, UF, ingalatsiya, UVCh, mikroto‘lqinli terapiya, davolovchi jismoniy badantarbiya mashqlari qo‘llaniladi. Jarrohlik usulida davolash o‘pkadan qon oqqanida piyepnevmotoraksda, o‘pka emfizemasida, surunkali abssesslarda, shuningdek, o‘smaga shubha bo‘lganda o‘tkaziladi.

Bronxoektaziya — surunkali o‘pka yiringlashi shakllaridan biri bo‘lib, mayda bronxlarning kengayib ketishi bilan birga davom etadi, butun bronx devori va atrofidagi to‘qimasining chuqur destruktiv o‘zgarishiga uchrashi natijasida mayda bronxlarning kengayib ketishidan iborat kasallikdir.

Etiologiyasi. Kasallik ko‘pincha o‘pkadagi yalllig‘lanish jarayonlari natijasida kelib chiqadi, lekin tug‘ma bo‘lishi ham mumkin. Bronxoektazlar ko‘pincha chang va ta’sirlovchi gazlarning nafasga kirishi bilan aloqador bo‘lgan zararli korxonalarning ishchilarida, shuningdek, surunkali bronxit bilan og‘rib yurgan odamlarda topiladi.

Bronxoektaziyaga surunkali bronxit, pnevmoniyalar, o‘pka sili, o‘pka abssessi, pnevmoskleroz hammadan ko‘p sabab bo‘ladi. Mana shu kasalliklarda bronxlar shilliq pardasi bilan muskul qavatning o‘zgarib qolishi tufayli bronxlar kengayib ketadi, bu bronx devoridagi elastik to‘qima o‘rniga chandiq to‘qima paydo bo‘lishiga olib keladi. Kasallik tug‘ma va turmushda orttirilgan bo‘lib, katta yoshli odamlar va bolalarda qayd etiladi.

Klinikasi. Kasallik uzoq vaqtgacha zimdan o‘tishi va bemor hech narsadan nolimasligi mumkin. Kasallikda uch davr tafovut qilinadi:

I davr yoki bosqich. Bemor o‘zini sog‘lom deb hisoblaydi: ahyon-ahyonda yo‘tal tutib, shilimshiqli balg‘am tashlab turadi, odatda, buni shamollash yoki chekishdan ko‘rishadi. Perkussiyada va auskultatsiyada bu davrda sezilarli patologik simptomlar topilmasligi mumkin. Bronxografiyada (bronxlarning maxsus kontrast moddalar bilan to‘ldirib, rentgen suratini olish) xalta- chasimon yoki silindrsimon bronxoektazlar borligi ko‘rinadi.

II davr yoki bosqich. Bemorlar, xususan, ertalab, yiringli balg‘am tashlab, yo‘talib turishini aytishadi; balg‘am miqdori asta- sekin ko‘payib boradi. Kasallik harorat ko‘tarilishi va kundalik balg‘am miqdorining 300—500 ml.gacha ko‘payishi bilan vaqt- bevaqt qo‘zib turadi. Bemorlar faqat bir yonboshda yotganim osonroq, boshqa yonboshga ag‘darilib yotish yo‘talning zo‘rayishi va balg‘am tushishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblashadi. Rentgenologik tekshirishda mayda-mayda uyalar holida qorayib turgan joylar topiladi. Bronxografiya kasallik xarakteri to‘g‘risida hammadan aniq tasavvur beradi, bronxografiya qilinganda kengaygan bronxlarning talaygina bo‘shliqlari topiladi.

III davr yoki bosqich. Bemorda intoksikatsiya alomatlari paydo bo‘ladi, harorat hamisha ko‘tarilib turadi, doim birtalay (sutkasiga 1 l.gacha) qo‘llansa balg‘am tushishi bilan o‘tadigan yo‘tal tutadi.
Balg‘am tindirib qo‘yilganda uch qatlamga, yiring, suyuq, sekret va shilimshiq qatlamiga ajralib qoladi. Kasallarning uchdan bir qismida bronxlardan qon keladi, ba’zan bu qon tuflash yoki laxta-laxta bir talay qon kelishi ko‘rinishida o‘tadi. Bir qancha hollarda qon tuflash yetakchi alomat hisoblanadi.
Surunkali bronxoektaziya bilan og‘rigan bemorlarda gipertrofik osteoartropatiya sindromi qayd qilinadi. Bu sindrom oyoq- qo‘llarning zirqirab og‘rib turishi, naysimon uzun suyaklarda periostal qatlamlar paydo bo‘lishi va oxirgi falangalarning nog‘ora cho‘plari ko‘rinishida kolbasimon qalinlashib qolishi hamda tirnoqlarning soat oynalari shaklida bukilishidan iboratdir.
Perkussiyada o‘pkaning shikastlangan bo‘lagi sohasida perkutor tovushning qisqa tortib qolganligi aniqlansa, auskultatsiyada bronxial tusga ega bo‘lgan dag‘al nafas va har xil kolibrli xirillashlar eshitiladi.
O‘pka bo‘lagidagi yallig‘lanish qo‘zigan davrda bronxial nafas, bo‘g‘ilib qolgan tovush va nam xirillashlar bilan birga uchraydigan pnevmoniya simptomlari kuzatilishi mumkin. Bemorlar ozib, darmonsizlanib qoladi, hansiraydi, kechalari terlab chiqadi.
Bronxoektaziyaning III bosqichida yurak va nafas faoliyati buziladi, ko‘pincha anemiya qo‘shiladi. Bemorlar mehnatga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Asoratlari: o‘pkadan takror-takror qon ketishi, pnevmo- niyalarning tez-tez qo‘zib turishi, sepsis, miya abssessi, buyrak kasalliklari (amiloidoz).
Davolash. Kasallikka chalingan bemorlarni vaqt-vaqtida kasalxonaga yotqizish va ularga uy sharoitida o‘rin-ko‘rpa qilib yotishni tayinlash zarur. Bunday bemorlar karavotda birmuncha boshqacharoq holatda yotadilar, karavotning oyoq tomoni biroz yuqori (25—30 sm) bo‘lishi kerak. Bu holat bronxoektazlarda to‘planib qolgan balg‘amning yaxshiroq ketishiga yordam beradi, balg‘am, odatda, o‘pkaning pastki bo‘limlarida bo‘ladi. Karavotning oyoq tomoni, odatda, 3—4 soatga ko‘tarib qo‘yiladi, orada esa tanaffuslar qilib turiladi.
Bronxoektatik kasallikda kundalik ovqat ratsioni oqsilga boy bo‘lishi kerak. A, C, D va B vitaminlariga boy bo‘lishini ta’minlash lozim. Balg‘amni chiqarib tashlash uchun balg‘am ko‘chiradigan vositalar, jumladan, termopsis o‘ti 1 choy qoshiqdan kuniga uch mahal ichish uchun buyuriladi.
Hozirgi vaqtda balg‘amni surib olib tashlash, bronxlarni yuvish va bronxlar ichiga antibiotiklar yuborish (balg‘amdagi mikroflora xili va uning antibiotiklarga sezgirligini aniqlagandan so‘ng) usuli qo‘llanilmoqda. Antibiotiklar mushaklar orasiga ham yuboriladi.
Fizioterapevtik muolajalardan UVCh, ingalatsiya (penitsillin streptomitsin bilan), pankreatin ingalatsiyasi, gidroaeroionizatsiya, rentgen nuri, UF, diatermiya, induktotermiya, mikroto‘lqinli terapiya, davolovchi jismoniy badantarbiya mashqlari qo‘llanilishi mumkin.
Giyohlar bilan davolashda ajgon, alomat choy, anjir, gulxayri, yetmak, behi, jo‘ka (arg‘uvan), zig‘ir, navro‘zgullardan foydalaniladi.

O‘pka abssessi va gangrenasi