ONOMASTIKA
ONOMASTIKA (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda «Onomastika» termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.
Ensiklopediya.uz
ONOMASTIKA