Online va offline taʼlim orasida qanday farq bor
Online va offline taʼlim orasida qanday farq bor va nega offline taʼlim eskirib bormoqda? Online va offline bilim olish bir-biri bilan zid narsa emas. Meni fikrimcha o‘qishga borib yoki masofaviy tarzda bilim olishning ikkala shakli ham yaxshi. Shaxsan meni o‘zim ham ilk bor online kurs olyapman, oldin ijtimoiy tarmoqlar yoki YouTube orqali video darslarni ko‘rar edim, lekin hozir tizimli ravishda online kurs olyapman. Online darslarni qulaylik taraflarini aytadigan bo‘lsam xohlagan paytingizda, ishingiz chiqib qolsa maʼlum vaqtdan so‘ng davom ettirasiz, imtihonlarni topshirasiz yaʼni online darslarning imkoniyati juda katta va o‘zimizni online tarzda bilim olishga o‘rgatishimiz kerak. Online darslarning pullik yoki pulsiz shaklining pullik shaklini tanlashni maslahat berar edim chunki pul to‘laganingizda masʼuliyat olasiz va biron narsa kutasiz hamda sizdan pul olgan ikkinchi taraf ham masʼuliyat oladi, yaʼni ertaga siz ularga savol berganingizda javobi ham batafsil bo‘ladi. 📝 Hikmat Abdurahmanov @Hikmat_kundaligiOnline va offline taʼlim orasida qanday farq bor
DO`STLARGA ULASHING:
Online va offline taʼlim orasida qanday farq bor