Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi? to’liq malumot oling

Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi? to’liq malumot oling

Qorilar ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tarzda xatmi Qurʼon qiladilar. Bunda ular namoz oʼqiyotgan holda emas balki, oʼtirib, Qurʼoni karimga qaragan holda tilovat qiladilar, deya javob berdi АOKАda boʼlib oʼtgan brifingda Oʼzbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi oʼrinbosari Homidjon Ishmatbekov.
Mundarija скрыть

Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi?

Онлайн хатми Қуръон қандай бўлади?

Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi?

Shuningdek, karantin sababli masjidlarga, jamoat namozlariga chiqishning imkoni boʼlmaganda, televizor yoki radiodan imomga iqtido qilib jamoat yoki juma namozini oʼqish joizmi mavzusidagi fikrni shunday izohladi.

“Radio yoki televizor orqali imomga iqtido qilib, juma yoki besh vaqt farz namozlarini oʼqish durust emas. Chunki, bu holatda imomga iqtido qilish shartlari topilmaydi. Yaʼni, namozda imomga iqtido qilish durust boʼlishi uchun imom bilan unga ergashuvchining makoni bitta boʼlishi, yaʼni bir joyda turishi shart.

Shu kunlarda roʼza tutish istagidagi insonlarni karantin sharoiti bir oz xavotirga solmoqda. Qanday yoʼl tutmoq joizligi haqidagi savolga ham tegishlicha javob olindi.

“Karantinda roʼza tutish odatiy roʼzadan farq qilmaydi. Qoʼllarni tez-tez yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish roʼzani ochmaydi. Shuningdek, zarurat boʼlsa ogʼizni chayqashning ham zarari yoʼq. Modomiki tomoqdan (halqumdan) suv oʼtmasa kifoya”.

Qayd etish kerakki, dinimizda roʼzadorga iftorlik berish ulkan savob hisoblanadi. Bu haqda Paygʼambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim bir roʼzadorga iftorlik qilib bersa, unga oʼsha roʼzador ega boʼlgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”.

Shunday ekan, iftorlik xarajatlarini muhtoj va kambagʼal roʼzadorlarga berish bilan kishi ularga iftorlik qilib berganni savobini oladi. Chunki iftorlik qilish deganda, albatta dasturxon yozib, toʼp-toʼp odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambagʼal, muhtoj kishilarga taom yoki kerakli mablagʼni berish eng yaxshi iftorlikdir.

Islom
Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi?