Onlayn kitob skachat
Saytimizda aniq va tabiiy fanlar, texnika, va ilmiy ommabop janrdagi kitoblarning on-layn elektron kutubxona bazasini tashkillashni maqsad qildik. Bu joyda biz asosan, kamyob kitoblar, fanlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘lgan ilmiy-badiiy adabiyotlar va asarlarning elektron variantlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Kutubxonamiz saytimiz foydalanuvchilarining bilimlarining ortishiga hissa qo‘sha olsa saytimiz oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida demakki to‘g‘ri yo‘ldan borayapmiz.
Orbita . U Z
Saytimizda aniq va tabiiy fanlar, texnika, va ilmiy ommabop janrdagi kitoblarning on-layn elektron kutubxona bazasini tashkillashni maqsad qildik. Bu joyda biz asosan, kamyob kitoblar, fanlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘lgan ilmiy-badiiy adabiyotlar va asarlarning elektron variantlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Kutubxonamiz saytimiz foydalanuvchilarining bilimlarining ortishiga hissa qo‘sha olsa saytimiz oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida demakki to‘g‘ri yo‘ldan borayapmiz.
Agar kitoblarni yuklashda biror muammo kelib chiqsa, bu haqida ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. ga maktub yo‘llang. Biz Sizga zarur kitobni elektron E-mail manzilingizga albatta yuboramiz.
Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan
07.07.2020 00:00 Muzaffar Qosimov Kutubxona – Ilmiy ommabop adabiyotlar
Ilmiy nazariyalar uchun 3 daqiqadan
Bugungi kunda ilm-fandagi dolzarb markaziy nazariyalar qaysilar? Ular nimalarni tadqiq qilmoqda va qanday da’volarni ilgari surmoqda? Qaysi nazariyalar isbotini topib, haqiqiy ilm sifatida o’rnashib qoldi-yu, yana qaysilari hali xom gipoteza o’laroq qolib ketmoqda? Kitobda zamonaviy ilm-fandagi dolzarb 50 ta eng muhim nazariya haqida so’z boradi. Har bir nazariya haqida, uning qisqacha mohiyatini tashkil qiluvchi izohlar, u bilan bog’liq olimlarning ilmiy ishlari, hamda, hazilomuz tarzdagi jumlalar keltirilgan. Nazariyalar fundamental fanlar, tibbiyot, psixologiya, axborotlashtirish masalalari singari yo’nalishlarga taqsimlab keltirilgan hamda, har bir bobda, ushbu yo’nalish bo’yicha katta ilmiy ishlarni amalga oshirgan olimlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu kitob, ilm-fanga qiziquvchan kishilarni hozirdagi dolzarb bo’lgan juda g‘aroyib, ta’bir joiz bo’lsa, aql bovar qilmas, lekin, o‘ta muhim nazariyalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda ilmiy nazariyalarga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli ma’lumotlar haqida 3 daqiqadan, lo‘nda-lo‘nda tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qo‘l keladi degan umiddamiz.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Yangilаndi: 05.12.2022 08:59
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr.
- Buni har bir yosh matematik bilishi kerak
- Kimyo tili
- Koinotning qurilish ashyosi
- Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida
- Fizika kursi (M.Ismoilov)
- Elektr va magnetizm
- Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan
- Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси
Onlayn kitob skachat
Urganch davlat Unversiteti Kimyo fakulteti talabalari va Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Mard o’g’lon” nomli katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’g’lonlar1.Tanishtiruv2.Bayram dasturxonini bezash3.Sahna ko’rinishi4.Oilada farzandlarga vaqt ajratish 5.O’g’lonlar sevgan hobbiysishu shartlar bo’yicha bellashdilar. Tadbir so’nggida tanlov ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Tadbir qiziqarli shartlar va kuy qo’shiqlarga boy bo’ldi.
“Zulfiyaxonim sadoqat timsoli”
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Urganch tumani 1-Sonli maktab faol o’quvchilari bilan birgalikda “Zulfiyaxonim sadoqat timsoli” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari Rano Vafayeva, mutaxassislari G’uncha Alimova, 1-Sonli maktab kutubxonachilari, kitobxonlar mehmon bo’lishdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga man’sub she’rlar, sahna ko’rinishlari va chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbir so’nggida Rano Vafayeva Zulfiyaxonim ijodiga bag’ishlab tashkil etilgan ko’rgazma bilan tanishdi, va o’quvchilarga o’z tushunchalarini berib o’tdi. Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar va tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan o’qituvchilaga markaz tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.
“Inson huquqlari – Oliy qadriyat”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida’gi 2023-yil 7- fevraldagi PQ-46-son qarorining 2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo’yicha, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari – Oliy qadriyat” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi va ko’rgazmaga inson huquqlariga oid adabiyotlar joylashtirildi.
Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi
Urganch tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Urganch tuman bo’linmasi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi, tuman Ma’daniyat bo’limi, tuman yoshlar targ’ibotchilari hamkorligida 18-sonli Musiqa maktabida Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 4-40-49-sonli maktab o’quvchilari tomonidan Abu Rayhon Beruniy haqida ma’lumotlar berildi va sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbirda viktarina o’yinlari, yosh rassomlar tomonidan Beruniy siymosi gavdalantirildi. Tadbir so’nggida faol qatnashgan o’quvchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi. Madaniyat bo’limi o’z kuy-qo’shiqlari bilan tadbirga fayz bag’ishladi.
Qiziqarli malumotlar
Onlayn kitob skachat