Onkologik kasallikka chalingan bemorlar vaksina olishi mumkinmi?

Onkologik kasallikka chalingan bemorlar vaksina olishi mumkinmi? Ushbu savolga  “O`zbekiston 24” telekanali bilan hamkorlikda tashkillashtirgan «COVID-19″: Savol-javob» teleloyihasida SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi E`zozbek Rizaev tomonidan javob berildi:

— Ma`lumki, bugungi kunda “COVID-19” infeksiyasi onkologik kasallikka chalingan bemorlarda juda og`ir o`tib, ba`zida ayanchli holatlarga ham sabab bo`lmoqda.Shu bois, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan onkologik xastaliklar bilan og`riyotgan bemorlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash zarur, deb belgilandi. Biroq bunda tibbiy muolajalar turiga e`tibor qaratish lozim bo`ladi. Ya`ni, agar bemorda kimyo yoki nur terapiya kursi o`tkaziladigan bo`lsa, emlash ushbu muolajadan avval qilinishi zarur. Xo`sh, nima uchun?  Sababi, kimyo yoki nur terapiya murakkab tibbiy muolaja hisoblanib, u inson organizmida immun tizimining kuchsizlanishiga olib keladi. Natijada bu payt bemor vaksina olganda, tanada koronavirus infeksiyasiga qarshi javob reaksiya – antitelalar ishlab chiqarilishi past bo`ladi. Shu bois ham mutaxassislar o`sma xastaliklariga chalingan insonlarni kimyo yoki nur terapiyadan avval emlanishini maslahat beradi. Bu bilan maxsus terapiya sababli immunitet kuchsizlangan vaqtda bemorning “COVID-19” infeksiyasiga chalinish xavfi pasayadi. Demak, to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatma shuki, onkologik kasalliklarga chalingan insonlarning koronavirus infeksiyasini engil o`tkazishi uchun ham vaksinasiya qilinishi zarur.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya