ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!

ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!
onangdan ahvol sorab qoy 65caf199789a0

maxresdefault 1 2

ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!

DO`STLARGA ULASHING:

ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!

? Ko‘chada yursang ham tog‘ni qo‘porib,
? Dunyolar ishidan ketsang ham xorib,
? Telefonga qo‘ling charchamay borib,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Necha bor telefon qilasan yorga,
? Charchash yo‘q, bolangchun yaraysan korga.
? Onang ham seniki, o‘xshatib borga,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Keraklardan kerak, mayli qilmagin,
? Kerak bo‘lgan deb ham, mayli bilmagin,
? Topganing nomard bo‘b, mayli iymagin,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Ketsa ketar degin og‘zingni yeli,
? Yel uchun og‘rimas xech kimni beli.
? Mehringga umidvor, onaning f’eli,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Bo‘ri oshing kutmas, bo‘ri so‘z kutar,
? Yaxshilik cenga deb, yomoning yutar.
? Kerak qilsang ol deb, jonni ham tutar,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Qutilar kuning bor, ketishi aniq,
? Joning ham navbatga yetishi aniq.
? Qaytar dunyo, qilmish qaytishi aniq,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Onangni ahvoli yaxshidir, yomon,
? Sog‘inib ko‘zlari boqar sen tomon.
? Mushtipar onangni eslab xar zamon,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Aslida loyiq u, barcha e’zozga,
? G‘olib chiqar ona, qo‘ysam ovozga.
? Ovozingni o‘xshatib muloim sozga,
? Qani biir, onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Muruvvat istar deb qo‘rqma brodar,
? U seni ko‘targan osmonga qadar.
? Yana ham ko‘tarsa, nasixati—zar,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

? Duosin ololgin, gul bo‘lar ,,cho‘l”ing,
? Xech yo‘q o‘zing uchun, mard bo‘lsin qo‘ling.
? Xech sabab tirkama to‘solmas yo‘ling,
? Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y!!!

ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!