ONAGA TO‘LANADIGAN ALIMЕNT MIQDORI QANCHA. to’liq malumot oling
ONAGA TO‘LANADIGAN ALIMЕNT MIQDORI QANCHA.
⚡️SAVOL;
Men oilam bilan ajralishganman. Hozirda turmush o‘rtog‘im bir nafar 1 yoshli farzandimning ta’minoti uchun aliment to‘laydi. Men farzandim 3 yoshga to‘lguniga qadar o‘zimni ta’minotim uchun xam undan aliment talab qilsam turmush o‘rtog‘im menga bir oyda qancha aliment to‘lashi kerak ?
⚡️JAVOB;
Oila kodeksining 118-moddasi nikohdan ajralganidan keyin sobiq er-xotinning ta’minot olish huquqi deb nomlanib, ushbu moddada yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq erdan sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida aliment talab qilish huquqi borligi belgilangan. Mazkur kodeksning 119-moddasi esa er yoki xotindan sud tartibida undiriladigan aliment miqdori deb nomlanib, ushbu moddada bunday aliment har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (822 000 so‘m) ning 11,75 foizi (96 585 so‘m)dan kam bo‘lmasligi lozim.ligi ko‘rsatilgan.
🟢 Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilinsa, siz turmush o‘rtog‘ingizdan farzandingiz 3 yoshga to‘lguniga qadar o‘zingizni ta’minotingiz uchun aliment talab qilishingiz mumkin. Bu alimentning miqdori ishni ko‘rib chiqadigan sud tomonidan turmush o‘rtog‘ingizni moddiy sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Belgilanadigan alimentning eng kam miqdori esa 96 585 so‘mdan kam bo‘lmaydi lekin undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Yuridik
ONAGA TO‘LANADIGAN ALIMЕNT MIQDORI QANCHA.