Ona tili — millat ruhi
Bugungi kunda nega ko’pchilik, ayniqsa, yoshlarimiz o’z nutqiga chet tillardagi turli so’zlarni qo’shib gapirishadi yoki o’sha tilni ham yaxshi bilishadimi? Yaxshi bilishsa-ku mayli, ammo… Tilimiz shunchalik qashshoqmi yoki bu ham madaniyatning bir belgisimi? Afsuski, mana shunday savollar bizni chuqur o’yga toldiradi. O’z ona tilini hurmat qilgan inson hech qachon tilni buzib gapirmaydi. Bugungi qo’shtirnoq ichidagi madaniyatli va zamonaviy yoshlar tilimizni qay darajada bilishar ekan? Ko’pgina chet ellarda o’zbek tilini o’rganishayotgan bir paytda tilning haqiqiy egalari uni buzib gapirishsa, qanchalik to’g’ri?
Musiqa fanidan 5-sinf uchun dars ishlanma V.A.Mocart.dune-tan-olgan-bastakorlarning-operalari
Mavzu: “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.
Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.
Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O’z-o’zini nazorat qilish.
Mavzu: V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish va estetik his tuyg`ularini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda jahon musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Dars metodi: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Test”.
Dars jihozi: 5-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg`u asbobi, texnik vositalar (Audio SD disk yozuvlari), rag`barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning blok chizmasi:
b) davomat aniqlanadi,
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
1. Jamoa bo’lib kuylash: R.Abdullayev musiqasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`i jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.
2. O’qituvchining tushuntirishi.
Darsning borishi: O’quvchilar sinfga o’qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
- Orkestr deganda nimani tushunasiz?
- Qanday orkestr turlarini bilasiz?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestri necha guruhdan iborat?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`ular kiradi?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining mezrobli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Nog`ora, qayroq, safoil, doyra cholg`u asboblari o’zbek xalq cholg`ulari orkestrining qaysi guruhiga kiradi?
- O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
- Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
- Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topadi?
- Simfonik orkestrning yog`och damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Simfonik orkestrning mis damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
- Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
- Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
- Xor deganda nimani tushunasiz?
- Xorda qanday ovozlar bor?
- “Tenor” va “Bas” ovozlar kimlarga xos? “Soprano” va “Alt” ovozlar-chi?
- Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
- “Balet” deganda nimani tushunasiz?
- “Opera” deganda nimani tushunasiz?
- “Musiqali drama” janri haqida gapirib bering?
- O’zbek raqs san’atining rivojlanishiga xissa qo’shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
- “Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
- Qanday o’zbek baletlarini bilasiz?
- O’zbek kompozitorlarini ayting?
- J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
- Musiqali dramalarga misollar keltiring?
- Alteratsiya belgilarini sanab bering?
- Musiqada qanday intervallarni bilasiz?
- Musiqada qanday dinamik belgilar bor?
- Milliy raqs uslubidagi baletlarni ayting?
Har bir qatorga slaydda musiqa savodxonligi va utilgan mavzular yuzasidan rasmlar kursatiladi va qatorlarga qo’yidagi savollar beriladi.
1-qatorga “O’zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”
2-qatorga “Bular qanday belgilar. Bu belgilar nota chizig`ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”
3-qatorga “Bu cholg`ular qaysi orkestrda chalinadi va qaysi guruhlarga hos”
Har bir qatordagi o’quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.
Jamoa bo’lib kuylash: O’qituvchi xoxishiga ko’ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, R.Abdullayev musivasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`ining mualliflari qo’shiq haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Qo’shiq o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan kuylab berilib, jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi. (10 daqiqa)
Yangi mavzu: Opera san’ati paydo bo’lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar bu janrda qalam tebratib ko’rishgan. Turli tillarda operalar saxnalashtirilgan. Ulardan ayrimlari faqat bir marta saxnada qo’yilgan. Lekin kamdan-kam kompozitorlarning operalari. J.Verdining operalari kabi asrdan-asirga o’tib kelmoqda. V.A.Motsart, J.Beze, P.I.Chaykovskiy, N. Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan kompozitorlarning nomlari va ular yaratgan opera durdonalari butun dunyoga mashhurdir. “Klaster” fikrlarning tarmoqlanishi metodidan foydalanib opera durdonalari haqida tushuntiriladi.
V.A.Motsart 1756 yil 27-yanvarda Zalsburg shahrida tug`ilgan. U musiqaga juda yoshlagidan qiziqa boshladi. U 3 yoshida klavishda chalishni, 4 yoshida esa musiqa asarlarini yarata boshladi. 6 yoshidan konsertlarda ishtirok etadi. Uning myunxen, Vena, Parij, London va boshqa shaharlardagi ajoyib konsertlari hammani qoyil qoldirdi. 12 yoshida Motsart bir necha opera, simfoniya, konsert va boshqa musiqa asarlarining muallifi bo’lib tanilgan edi. Motsartni XVIII asr mujizasi deb atashdi.
V.A.Motsart 1791 yil 15 dekabrda 36 yoshida vafot etdi. O’zining qisqa hayoti davomida u 18 ta opera, 50 dan ortiq simfoniya, 40 ta konsert, ramanslar, ariyalar bir qancha cholg`u asarlarini yaratdi. Motsart mashaqqatli xayot kechirishiga qaramay, o’z asarlarida shodlik va baxtni kuylaydi.
Musiqa tinglash: Nota yozuvlari audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi.Tinglangan asar tahlil qilinadi. O’z fikrlarini bildirgan o’quvchilar quvnov notachalar bilan rag`barlantirib boriladi.
Dars yakuni: Testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O’qituvchi test yozilgan kartochkalarni har bir qatordagi o’quvchilarga tarqatadi, o’quvchilar ketma-ket javob berishadi.
- “Opera” deganda nima tushuniladi?
- a) musiqa va raqs xarakatlari orqali vovealar yaratish san’ati
- b) lebretto ya’ni sheriy-dramatik p’esa asasida yaratilgan asar
- d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
- V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
- a) “Aida”, “Ivan Susanin”
- b) “Sehrli nay”, “Figaroning uylanishi”
- d) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”
- “Qor qiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
- a) Rimskiy-Korsakov
- b) V.Motsart
- d) M.Glinka
- Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug`ri ko’rsatilgan?
- a) opera, lapar, kantata
- b) orkestr, kantata. syuita
- d) opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
- J.Bize yaratgan opera qaysi?
- a) “Karmen”
- b) “Qor qiz”
- d) “Aida”
- P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
- a) Angliyalik
- b) Rossiyalik
- d) Avstriyalik
- P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
- a) “Sehrli nay”, “Aida”
- b) “Qor qiz”, “Otello”
- d) “Yevgeniy Onegin”, “Toppon xonim”
- Rimskiy-Korsakov yaratgan operalarni toping?
- a) “Sadko”, “Qor qiz”, “Shox Sulton xaqida ertak
- b) “”Sexrli nay”, “Buron”
- d) “Karmen”, “Rigoletto”
- “Balet” deganda nimani tushunasiz?
- a) ham kuylab, ham raqsga tushishni
- b) qo’shiq kuylashni
- d) Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’ati.
Faol qatnashgan o’quvchilarga rag`barlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o’quvchilar dars faoliyati davomida olishgan qizil, (5 ball), yashil (4 ball), ko’k (3 ball) notachalar umumlashtirilib, doskada yoziladi va darsda g`olib qator aniqlanadi. Quvnoq notalarni qulga kiritgan o’quvchilar rag`barlantirilib, kundalik daftarlariga baho qo’yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Sh.Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” qo’shig`ini yodlash.
Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!
Ona tili — millat ruhi
Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Til – inson qalbining ko’zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o’sha xalqning o’tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so’ziga ona so’zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda etkazishimiz lozim. Til insonning libosidir. Bu libosni qanday kiyish har bir insonning o’ziga bog’liq. Ba’zi insonlar oddiy libosni ham go’zal qilib, yarashtirib kiyadi. Ba’zi insonlarda esa har qanday go’zal libos o’z ko’rkini yo’qotadi. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Mana o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o’ttiz ikki yil to’ldi. Bu qisqa vaqt ichida tilimizda juda katta o’zgarishlar, yuksalishlar ro’y berdi. O’zbek tilining ikki tomli izohli lug’atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o’zligimizni anglatib turadigan so’zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O’zbek tilining izohli lug’ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy til ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o’tab kelmoqda. Ammo bu fikrga barchaning birdek amal qilmasligi tanamizdagi og’ir va yuqumli kasallikka o’xshab bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda: “O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat” ekanligini har bir inson qalbdan his qilmog’i darkor.
Hammamizga ma’lumki, dunyoda etti mingga yaqin til bor, ammo shularning ikki yuztasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida o’zbek tilining borligi esa tilimizning naqadar buyukligi, jozibadorligi, jahon hamjamiyatida ham o’zining munosib o’rniga ega ekanligini anglatadi. Ammo ana shu buyuklikning qadriga hamma birdek etyaptimi?
Nima uchun ko’cha harakatini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? Adibimiz Abdulla Qahhorning bergan bu savoli qachon o’z javobini topadi?
Rossiyalik tilshunos olima A. M. Kozlyanina: “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” ekanligini tan olib turgan bir paytda “o’zbekman”, deb yurganlar nima qilishyapti? Bu kabi og’riqli nuqtalarni sanasak, tilimizning ertasi hammamizni chuqur o’yga toldiradi.
“Tilimiz qaerda buzilyapti?” deya o’zingizga savol berib ko’ring va ko’chaga chiqing. Ishga yoki o’qishga borar ekansiz, yo’l-yo’lakay atrofda qurilgan bir-biridan go’zal binolar, ko’p qavatli uylarni ko’rib ko’zingiz quvnasa, ularga qo’yilgan tilimiz uchun yot bo’lgan nomlarni ko’rib, ta’bingiz xira tortadi. Bozorga borsangiz, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo’yilgan nomlarda ham o’zbekcha so’zlarni deyarli uchratmaysiz. Bunday nomlar orqali tadbirkorlar xaridorlarning diqqatini tortishmoqchimi yoki tilimiz shunchalik qashshoqmi?
Bugungi kunda nega ko’pchilik, ayniqsa, yoshlarimiz o’z nutqiga chet tillardagi turli so’zlarni qo’shib gapirishadi yoki o’sha tilni ham yaxshi bilishadimi? Yaxshi bilishsa-ku mayli, ammo… Tilimiz shunchalik qashshoqmi yoki bu ham madaniyatning bir belgisimi? Afsuski, mana shunday savollar bizni chuqur o’yga toldiradi. O’z ona tilini hurmat qilgan inson hech qachon tilni buzib gapirmaydi. Bugungi qo’shtirnoq ichidagi madaniyatli va zamonaviy yoshlar tilimizni qay darajada bilishar ekan? Ko’pgina chet ellarda o’zbek tilini o’rganishayotgan bir paytda tilning haqiqiy egalari uni buzib gapirishsa, qanchalik to’g’ri?
Ona tilini sevmagan, uning qadrini anglamagan inson yuragida el-u yurtga, Vataniga muhabbat ham bo’lmaydi. Biz tilimizni qanchalik asrasak, yuksaltirsak, rivojlanishiga hissa qo’shsak, o’zga millatlar ham bizning tilimizni hurmat qilishadi hamda uning dunyo hamjamiyati maydonidagi o’rnini va poydevorini shunchalik mustahkam qo’ygan bo’lamiz. Zero, “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotdir”, “Milliy tilni yo’qotmak, millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Yoqutoy JAMOLOVA,
O’zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari
agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod
maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,
Dildora SHODMONOVA,
ijod maktabi o’qituvchisi
Qiziqarli malumotlar
ONA TILI – MILLAT RUHI