Ona tili metodlar
-Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va
Рахманова X. . (2022). Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanish hamda ularning samaradorligi. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 263–264. извлечено от ://inlibrary/index.php/analysis-problem/article/view/12964
-
11
- Endnote/Zotero/Mendeley (RIS)
- BibTeX
Хуррият Рахманова, школа 79
Ключевые слова:
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar va metodlarni dars jarayonlarida tadbiq etish orqali, ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan
CHET TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY INNОVATSION TEXNOLOGIYALAR VA
METODLARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNING SAMARADORLIGI
Raxmanova Xurriyat Yusupovna
Payariq tumani 79-maktab o’qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat
hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar va metodlarni dars jarayonlarida
tadbiq etish orqali, ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar.
XXI asr zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan va har bir sohada o’z aksini topayotgan
davrdir. Ushbu globallashgan jamiyatda xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 19-may 2021-yildagi
“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi
bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ham “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining
ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali
pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida
ahamiyat qaratilgan. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet
tili darslarining o’qitilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan,
kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi,
chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa ramkalari tavsiyanomalari
(CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-
hunar maktablari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari,
yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili fani to’rt aspektga (o’qish, yozish, tinglab
tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.
Xorijiy tillarni o’qitishda ilg’or zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati beqiyos. Zero ta’lim
jarayonida texnologik vositalardan foydalanish chet tillarini o’rganishning har bir bo’limida bilimlarni
o’zlashtirish va mustahkamlashda beqiyos rol o’ynaydi. Masalan, tinglab tushunish ko’nikmasini
shakllantirishni kompyuter, player,CD disklarsiz amalga oshirish imkonsiz. Tinglab tushunish til
o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi,
grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi.
Bugungi globallashuv jarayonida internet hayotimizning har bir jabhasini qamrab olgan. Yosh avlod orasida
ijtimoiy tarmoqlardan, turli saytlardan chet tillarini o’rganishda oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish dolzarb
masalaga aylanib ulgurdi. Ayniqsainternet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish
imkoniyatidan foydalanib, gapirish ko’nikmasini rivojlantirish,e-mail orqali xat yozishish bilan yozish
mashqini takomillashtirish mumkin.
Dars jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, slaydlar
orqali darsni tashkil qilish, o’quvchilarni xorijiy til darsi boshlanishiga o’ziga jalb qiluvchi usullar (warm-up
activities)dan foydalanish, turli xil rangdagi ko’rgazmalardan foydalanish orqali darsni mazmunli tashkil
qilishga hamda o’quvchilarning mavzuni to’liq o’zlashtirishiga erishish mumkin.Shuningdek, maktablarda
dars jarayonlarini interfaol o’yinlar orqali tashkil qilish ham juda katta ijobiy natijalar berishi isbotlangan.
Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlash
imkoniyatlarini kashf etibgina qolmay, balkiularning diqqatni jamlash, muammoli vaziyatlardan chiqish
yo’llarni izlashko’nikmalarini ham rivojlantiradi. Chunki, o’yinlardan foydalanishning asosini o’quvchini
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli
faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish,
o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har
qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga
o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu
mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va o’zini erkinroq tutadi. Bu ayniqsa tabiatan uyatchang va jamoaga tez
qo’shila olmaydigan o’quvchilar bilan ishlashni osonlashtiradi. Ularning kirishimlilik qobiliyatlarini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir.
O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, pirovardida bilim va
ko’nikmalarini ham boyitib boradilar. Masalan o’quvchi ingliz tilidagi o’yinda qatnashish jarayonida o’ziga
bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi, men bu tilda gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza
olarkanman, deb motivatsiya oladi. [2]. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi
lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi. Chet tili darslariga
qo’yilgan eng muhim talablardan biri o’quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda
respublikamizdagi xorijiy til o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga
tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llashda hikoyaning
boshlanish qismi o’qib beriladi, yakuni qanday bo’lishi esa o’quvchilar, hukmiga havola qilinadi. Bu o’z
navbatida o’quvchilarning mustaqil firklash qobiliyatini rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi.
− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlarni o’rgatishningxorijiy tilni
o’qitishda o’rni beqiyos.Topishmoq yodlash orqali o’quvchilaning so’z boyligi oshib boradi, undan tashqari
xotirani mustahkamlashda ham topishmoqlarning ahamiyati juda katta.
− “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars mavzusini mustahkamlashga yordam beradi;
− “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil
o’yinlardan foydalanish, dars boshlanishidan oldin o’quvchilarni o’tiladigan mavzuga moslashtirishga
xizmat qiladi [3];
− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki
yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi;
− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi;
− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga
o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib
o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
− “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va
yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda
foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
− “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda,
talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid
rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma
talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi, barcha o’quvchilarga e’tibor berilishi
ta’minlaydiva vaqtni tejaydi [4].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos
afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik,
o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi .Xorijiy til darslarida innovatsion
texnologiyalar va usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlari
rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Darslarning noan’anaviy
usullarda, turli metodlarni qo’llagan holda tashkil qilinishi orqali zerikarli mashg’ulotlrning oldi olinadi. Bu
esa yosh avlod o’rtasida xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishning, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqning
ortishiga, darslarning esa samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Natijada o’quvchilaning darsga puxta
tayyorgarlik ko’rib kelishiga, o’zlashtirish samaradorligining jadal o’sishiga erishiladi.
Adabiyotlar:
Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф.
М. Муминова. — Текст: непосредственный // Молодойученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592.
— URL: ://moluch/archive/308/69404/ (датаобращения: 27.05.2022).
N. Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN
INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI
VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent:
“Sharq” nashriyoti, 2003
Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning
samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодойученый. — 2017.
— № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: ://moluch/archive/138/39058/
Библиографические ссылки
Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. M. Муминова. — Текст: непосредственный // Молодойученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592.
N. Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003
Отабоева, M. P. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / M. P. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодойученый. — 2017.
Ona tili metodlar
1.Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari
2.O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari
3.Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari
4.Bilim va malakalarni tekshirish darslari
5.Ona tili o’qitish metodlari
Tayanch tushunchalar
Dars tiplari, mustahkamlash, malaka hosil qilish, umumlashtirish, tekshirish, metod.
Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:
-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;
-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.
Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:
Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.
Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.
2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.
Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.
Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.
Ona tili o’qitish metodlari .Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:
1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:
1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;
2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.
O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.
Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi . Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
– O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;
– O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):
– bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.
Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.
Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi . Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.
2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.
3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.
4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.
Qayta xotirlashga asoslangan metodlar . Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.
Qisman izlanuvchanlik metodi . Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:
a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;
b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;
v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;
g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.
Izlanishga asoslangan metodlar . Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.
BoshIang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar
BoshIang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodiari va usullari ta’lim tizimining ukomillashuvi bilan bog’iiq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jara- von.ida qo’lianiladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mus- Uiqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va l:o‘p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ma’nodagi, ya’ni tur!i so‘z turkurniga kiradigan so’zlar aralash holda vozib qo‘yiladi.
So‘zlar : kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalarn, o‘qidi, yashil, binokor, o’nta, o’qituvchi, sakkiz.
O‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi:
-Birinchi so’z nimani biidiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?
-Bu so’zga qanday so‘roq beramiz?
-Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
-Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
-Qaysi so’zlar sanoqni biidiryapti?
-Bu so’zlarga qaysi so‘roqni beramiz?
-Qaysi so’zlar rangni biidiryapti?
-Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz?
So‘zIar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni topib, bir ustun qilib yozing.
-Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing.
-Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’igach, muammoli savol o’rtaga tashlanadi:
-Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti?
O’quvchilar „ma’nosiga ko‘ra” degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu muammoni hal qiladi:
-Bu so’zlar ma’nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. O’ylang, so’zlarni qaysi xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga ajratish mumkin?
Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangi-yangi mna’lumotlarni egallab bormoqdaiar. 3—4-sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning o’zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab qoladilar, o’ziashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jaravonida qo’lianiladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqii ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so’zlaringizni (ug’atdan tekshiring“, „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”. ”Rasmni kuzansig”. Unda tasvirlangan narsalarni aniqiang va ularning nomini yozing, kabi topshiriqlar beriiadi. Masalan, 88-mashqda ,,O’lkamda bahor” mavzusida sujetli rasm berilgan. O‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomiarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta, ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq naisa tasvirlangan: tog osinon. buiut, qor, tcruk, tol, o’rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala. o 7, gui, qo‘(, oyoq, quioq, kn’z, ha nm, yuz. og’iz, bannoq, bo‘yin, qorin, yuhka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o’quvchilarning c’tibor bilan kuzatishga — kuzatuvchaniikka o’rgatadi
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rus-tuzem mak- tablari va fatar o‘qitnvchilarinir,g faoiiyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, n’rganilgan grammatik tushunchnning yang; qirraiarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfoiogik va sintaktik tahlil shu metodning omalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bolib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot. sifat, fe’l, son kabi so‘z tur- kumiari o‘rgani!ayotganda ularga oid so’zlar beriiib, ular ishtirokida gap iitZish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tarriblashtirib matn tuzish, mazmunan tahiil qiiingnn rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon boladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvehilarni faoiiashtirish o’qituvchining o‘quvchi!arga beradigan savol va top- shiriqlariga, ishni tashkii etish shakllariga bogiiq bo’Sadi.
lnduksiya metodida o’quvchilar o’qituvchi tavsiva etgan til dalil- iarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida oquvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning mohiymini til dalnlari asosida ochadi.
Bu metodlariling samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari maz- muni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltiriiganiigiga, izchilligiga. faolivatni tashkii etish shakllariga. o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning rnuvaffaqiyati i qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bogiiq. Yo‘i-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatimi ishga solish kutiigan natijani bermaydi.
So‘nggi yiliar davomida ta’lim tizimiga an`anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo‘yicha yutuqlar qo`’lga kiritildi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
- Darsning umumiy tasnifi ayting
- Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni
- Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning vazifalari
- Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar
- Grammatik, so’z yasalishiga oid, imloviy materiallami o’rganish
- Analiz-sintez metodi savod o’rgatish jarayoniga qachondan boshlab foydalaniladi?
Tayanch so’zlar: lnduksiya, deduksiya, analiz-sintez, mustaqil ish, “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Bog’lanishli nutq”, an`anaviy metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiya.
14-mavzu: Fоnеtikа vа grаfikа аsоslаrini o‘rgаnish mеtоdikаsi
1.Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.
2. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi
3. Bo’g’in ustida ishlash.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
1.Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’
Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi):
Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:
– Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob.
Bo’g’in ustida ishlash. Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.
I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. Tovushlar va harflar xususiyatlari bilan tanishtirish
2. Unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
3. Jufti bor jarangli undoshlar’
4. Jufti bor jarangsiz undoshlar
5. Bo’g’in ustida ishlash
Tayanch so’zlar: Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli undoshlar, jufti bor jarangsiz undoshlar, bo’g’in, tutuq belgisi.
15-mavzu: Grаmmаtikа vа so‘z yasаlishigа оid tushunchаlаrni shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri.
PEJA:
1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar.
2. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni.
3. Til ustida ishlsh jarayoni bosqichlari
Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “olmosh” tushunchalarini; siktaksisdan “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo’lak”, “uyushiq bo’lak”, “undalma” kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan “o’zak”, “qo’shimcha”, “o’zakdosh so’zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldiga aniq keltirishi lozim.
1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar. Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko’rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq.
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe’l o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o’qimoq, olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p fe’llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rahmatova Shahlo Zubaydullayevnaning «Boshlang’ich sinflarning ona tili fani darslarida qo’llaniladigan interfaol metodlar» mavzusida tavsiyasi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limining samaradorligi `oqitish metodini to`g`ri tanlash, “Ona tili” fanining amaliy yo`nalishidan kelib chiqib, ta`lim jarayonida ko`proq o`quvchini o`ylashga, fikrlashga undovchi, o`quv topshiriqlarini ishga solish, o`quvchilarda bilish — o`rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish dars samaradorligini oshirib, ijobiy natija beradi..
Ona tilidan tashkil etiladigan didaktik o`yinlar o`quvchini izlanishga, ijodiy faoliyat ko`rsatishga, o`rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta`limiy o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini namoyish etish, o`z fikr – mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu — zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo`lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, hushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar ko`pincha ta`limiy o`yinlar orqali tarkib toptiriladi.
Dars mashg`ulotlarida faqat bir xildagi o`yin — topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, balki ko`proq ijodiylikka undovchi o`yin – topshiriqlarga e`tiborni kuchaytirishga to`g`ri keladi. Zero, o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga, matn yaratishga o`rgatmasak, hozirgi zamon darsiga qo`yilgan muhim talab shaxsning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi.
1.“Tez top” o`yini. O`qituvchi o`quvchilarga xalq maqollaridan namunalar aytadi. O`quvchilar esa tushungan va izohlab bera olgan o`quvchilar o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.bunday maqollar qatorini davom ettiradi. Ulardan sanoq sonlarni aniqlaydilar hamda shu maqollarning ma`nolari ustida ish olib boradilar. Sonlarni o`z ichiga olgan maqollarni belgilangan miqdorga yetkazib, ularning ma`nosini izohlab beradilar.
Namuna: “Bir bolaga etti mahalla ota-ona”, “Sanamay sakkiz dema”, “Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi”, “Bir kalla — kalla, ikki kalla tilla”…
O`quvchilarning imlo savodxonligini oshirish maqsadida “To`g`ri yozgan g`olib bo`lar, yaxshi ilmu tolib bo`lar” o`yin – topshirig`idan foydalansa bo`ladi. Bu o`yinda o`qituvchi ma`lum bir sonlarni raqam bilan taxtaga yozadi va ularni imlo qoidasiga muvofiq yozishni talab etadi. Masalan, 1-2, 3-4, 5, 10 ta, 15 ta, 40, 55, 60 ta, 70-80 ta, 90, 100, v.h.
Raqamlar bilan ifodalangan sonlarni so`zlar orqali to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin sharti asosida g`oliblikni qo`lga kiritishlari mumkin.
Darsning noan`anaviy shakllaridan yana biri 2.“Topqirlar bellashuvi” darsidir. Bu darsni tashkil etish uchun sinf o`quvchilari avvalo ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar o`rganilgan 3-4 mavzu doirasida oldindan savol va topshiriqlar tuzadilar. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining bilim saviyasini hisobga olib, bu topshiriqlar bevosita o`qituvchi rahbarligida tuzilgani ma`qul. Bellashuvda birinchi guruh ikkinchi guruhga va ikkinchi guruh birinchi guruhga savol va topshiriqlar beradi. O`qituvchi qaytarilgan javoblarni tahlil qiladi va har bir guruhga ballarini e`lon qiladi. Ko`p ball to`plagan guruh o`yin g`olibi sanaladi.
“Topqirlar bellashuvi” darsini har xil shakllarda o`tkazish mumkin”, Masalan, “So`zlar olamiga sayohat”, “Gaplar olamiga sayohat”, “To`siqlarni yengib o`taman” v.h. kabi.
3.“Belgilarini izohlang” o`yini. O`yinni o`tkazishda o`quvchilar uch guruhga ajratiladi. 1-guruh qovunning rang — tusini, 2-guruh esa shakl- hajmini, 3-guruh uning maza — ta`mini bildiruvchi sifatlarni topishadi.
1-guruh: ko`k, oq sariq, sarg`ish
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq.
3-guruh: Shirin, mazali, to`yimli
O`qituvchi qovunning rasmini taxtaga ilib qo`yadi-da, 1–guruhdan maza – ta`mini ifodalovchi, 2- guruhdan rang – tusni, 3–guruhdan shakli –hajmni bildiruvchi sifatlarni aniqlashni topshiradi. Shu uyaga kiruvchi barcha so`zlarni yozib chiqqan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladi.
4. “Nima yaxshi-yu, nima yomon” o`yini. Bu o`yin talabiga ko`ra o`quvchilar o`z tengdoshlaridagi yaxshi va yomon xususiyatlarini aniqlashlari, qanday o`quvchilar odobli, qanday o`quvchilar odobsiz ekanliklarini aytish topshiriladi.
Namuna: yaxshi xuxusiyatlar–aqlli, odobli, zehnli, shirinsuxan , xushmuomala, bilimli, bilimdon, dono, kamtar, farosatli.
Yomon xususiyatlar: aqlsiz, beodob, yolg`onchi, aldoqchi, dangasa, yalqov, ishyoqmas, berahm.
5.“Juftini tanlang” o`yini. Bu o`yinda o`qituvchi juft sifatlarning birinchi qismini aytib boraveradi, o`quvchilar esa uning har ikkala qismini daftarlariga yozib boradi. Berilgan sifatlarning juftini to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladilar.
Namuna: mayda — chuyda, yaxshi — yomon, past – baland, uzoq — yaqin, shirin — achchiq, oq-qora, v.h.
6.“Qanday sonni qo`yamiz” o`yini. Bu o`yinda so`z birikmalaridagi nuqtalar o`rnini son bilan to`ldirish topshiriladi va belgilangan vaqtda uni to`g`ri bajargan o`quvchilar guruhi g`olib sanaladilar. Tavsiya etilgan so`z birikmalari : o`quvchi, … maktab, … daraxt, … xona, … tramvay, … ko`cha, … un, … beda, … tuproq.
Namuna: 3 ta o`quvchi, 1-maktab, 4 ta daraxt, 12 –xona, 11-tramvay, 7- ko`cha, bir qop un, bir bog` beda, bir siqim tuproq.
7.“Qo`yilgan savollarga to`g`ri javob top” o`yini. O`zbekiston qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh? O`zbekistondagi qaysi shaharlarning nomlarini bilasiz?, O`zbekistonda qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?, O`zbekistonning qaysi mevalari olamga mashhur savollariga to`g`ri javob bergan o`quvchilar bellashuv g`olibi bo`ladi.
O`qituvchi dars davomida “O`z qishlog`ing (Shahring) nomini sharhlay olasanmi?” o`yin — topshirig`idan foydalanib, atoqli otlar imlosi ustida ishlash mumkin. Buning uchun o`qituvchi oldin bu mavzuni o`quvchilarga vazifa qilib beradi va ota – otangiz, bobo – momolaringdan “O`z qishlog`ingiz (Shahringiz) tarixi” haqida ma`lumotlar to`plab keling deb topshiriladi.
8.“O`rmonda va hovlida” o`yini. O`qituvchi o`yin haqida o`qivchilarga izoh beradi: O`rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari haqida o`ylang hamda ularni ikki ustunga alohida ajratib yozib chiqing deyiladi. O`quvchilar yozadilar:
O`rmonda: Hovlida:
Bo`ri Qo`y
Tulki Ot
Sher Sigir
Ayiq Echki
Qaysi o`quvchi yoki o`quvchilar guruhi belgilangan vaqtda ko`p hayvon nomini yozsa o`yin g`olibi sanaladi.
Ta`limning samaradorligini ko`p jihatdan tafakkurning rivojlanganlik darajasiga bog`liq. “Tafakkur – deb qayd qiladi psixolog M.T. Davletshin, — kishi aqliy faoliyatining yuksak formasi bo`lib, real borliqning bilvosita va umumlashgan intiqosi, borliqdagi buyumlar hamda hodisalar o`rtasidagi aloqa – munosabatlar va ularning umumiy xossalarining aks etish jarayonidir”. Shunday ekan , har bir darsda turli o’yinlar tashkil etilib borilsa , o’quvchilarning darsga qiziqishi ortadi, o’tilgan mavzu yodida saqlanib qoladi.
Qiziqarli malumotlar
Ona tili metodlar