ONA TILI DARSLARIDA LUG ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

ONA TILI DARSLARIDA LUG ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

*Ta’nayu malomat toshlari majruhu afgor ayladi. Habibiy.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
To‘rtinchi nashri
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2019
ONA TILI
http:eduportal.uz

2
Shartli qisqartmalar
A.Qod. — Abdulla Qodiriy
P.Q. — Pirimqul Qodirov
A.Q. — Abdulla Qahhor
R.F. — Rahmat Fayziy
A.O. — Abdulla Oriðov
S.A. — Said Ahmad
As.M. — Asqad Muxtor
S.Ayn. — Sadriddin Ayniy
E.V. — Erkin Vohidov
T.M. — Tohir Malik
H.O. — Hamid Olimjon
U. — Uyg‘un
H.N. — Hakim Nazir
X.T. — Xudoyberdi To‘xtaboyev
H.G‘. — Hamid G‘ulom
Y.Sh. — Yoqubjon Shukurov
H. — Hamza
O.Y. — Odil Yoqubov
O. — Oybek
O‘.H. — O‘tkir Hoshimov
Z — Zulfiya
G‘.G‘. — G‘afur G‘ulom
O.M. — Omon Muxtor
Sh. R. — Sharof Rashidov
P.T. — Parda Tursun
Shuh. — Shuhrat
Ñh.Ayt. — Chingiz Aytmatov
ISBN 978-9943-05-619-0
© M. Qodirov va boshq., 2019
© Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014
© Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi
UO‘K 811.512.133
KBK 81.2 O‘zb ya721
Mualliflar
Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova,
Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev
Mas’ul muharrirlar
G‘ofir Hamroyev – Respublika ta’lim markazi metodisti;
Dilnoza Berdiyeva – Kitob tumanidagi 1-IDUM îliy toifali ona tili va
adabiyot o‘qituvchisi
Taqrizchilar
Shodiyor To‘rayev – Qo‘shrabot tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi;
Dilafro‘z Hoshimova – Piskent tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi;
Mehrixon Abdurasulova – Yangiyo‘l shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi îliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
— savol va topshiriqlar
— eslatma
Shartli belgilar:
— uyga vazifa
— bilib oling
http:eduportal.uz

3
1-SENTABR – MUSTAQILLIK KUNI
KIRISH
1-dars
«SO‘ZDAN SO‘ZNING FARQI BOR. »
1-topshiriq.
Hikmatlarni o‘qing va mag‘zini chaqing.
1. Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tili-
mizdan, me’yordan ortiq so‘ylaganimizdan kelur. 2. Viqor
deb kibr va g‘ururdan, manmanlikdan o‘z fe’lini saqla-
moqqa aytilur. 3. Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni
o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida
intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa ham yasholmas
edilar. 4. Iffat deb gunoh va buzuq ishlardan saqlanmoqqa
aytilur. Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan
nafsimizni asrovchi narsa faqat iffatimizdir. 5. Hayo deb
ishda, so‘zda odobga rioya qilmoqni aytilur. Hayo dilni
ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’-
naviy nurning ziyosiga muhtojdir.
Abdulla Avloniy
Bilib oling
Tilni bilish so‘z boyligiga ega bo‘lish, so‘zning ma’-
no nozikliklarini anglash, ulardan to‘g‘ri, o‘rinli va
odob bilan foydalanishdir.
1-mashq.
Quyidagi izohlardan viqor, kibr, g‘urur, gunoh, iffat, harom-
xarish, hayo, odob, ma’naviy, ma’naviyat, ziyo so‘zlarining ma’nosini aniq-
lab lug‘at daftaringizga ko‘chiring: 1) vijdoni poklik, nomus; 2) mag‘rurona
va ulug‘vor ko‘rinish, salobat; 3) o‘zini hammadan yuqori his etish;
manmanlik, kekkayish hissi; 4) insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat
qilishi; izzat-nafs; 5) odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti-
harakat; ayb; 6) nopok, iste’molga yaramaydigan; 7) nojo‘ya, noma’qul xatti-
harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm; 8) bilim, ilm, ma’rifat; 9) axloqqa,
shaxsning ichki dunyosiga oid; 10) ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq,
tarbiya, xushmuomalalik.
Savol va topshiriqlar
1. Odobning qanday turlarini bilasiz?
http:eduportal.uz

4
2. «Odobni odobsizdan o‘rgan» maqolining mazmunini qanday tushunasiz?
3. Kibr va g‘ururning farqi nimada?
4. Kibrli kishi manman bo‘ladimi yoki mag‘rur?
5. Gerdayish kibrga kiradimi yoki g‘ururga?
2-mashq.
Kishilarda uchraydigan fazilat va nuqsonlarni ifodalovchi zid
ma’noli so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing.
Namuna:
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
t
a
l
i
z
a
F
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
t
a
l
i
z
a
F
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
t
a
l
i
z
a
F
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
t
a
l
i
z
a
F
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
t
a
l
i
z
a
F
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
n
o
s
q
u
N
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
n
o
s
q
u
N
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
n
o
s
q
u
N
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
n
o
s
q
u
N
r
a
l
z

o
s
i
h
c
v
o
l
a
d
o
f
i
i
n
n
o
s
q
u
N
b
o
v
a
S
h
o
n
u
G
r
a
t
m
a
K
n
a
m
n
a
M
Uyga vazifa
3-mashq.
«Odob – hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoq»
mavzusida radionutq tayyorlang.
4-mashq.
Sinfda lug‘at daftariga yozgan so‘zlaringizni ma’nolari bilan yod
oling.
2-dars
ADABIY NUTQ ME’YORLARI.
NUTQNING KO‘RINISHLARI
2-topshiriq.
Ìatnni o‘qing.
Til – fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning
eng asosiy vositasi. U o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shakl-
da bajaradi. Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy
nutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega.
Shevaning belgilab qo‘yilgan qonuniy me’yorlari yo‘q.
Adabiy nutq – xalq tilining ishlov berilgan, qat’iy qoi-
dalashtirilgan ko‘rinishi. U ko‘p shevali millatning yaxlit-
ligini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir so‘z va qo‘shim-
chaning adabiy nutqdagi talaffuzi va imlosi, tinish belgi-
larining qo‘llanishi, odatda, qoida sifatida qonun bilan
aniq belgilab qo‘yiladi. Zarur hollarda bu qoidalarga amal
qilmaslik qo‘pol xato, qonunni buzish sifatida baholanadi.
Og‘zaki adabiy nutqning ham, yozma adabiy nutqning ham
o‘z qoidalari bor. Har doim ham aytilgandek yozish, yozil-
gandek aytish to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Odatda, barcha rasmiy
yozishmalar, hujjatlar, o‘qitish va nashr ishlari, ommaviy
http:eduportal.uz

5
axborot vositalarining xabarlari adabiy nutqda beriladi.
Adabiy nutq me’yorlariga amal qilmaslik savodsizlik va
madaniyatsizlik emas, balki o‘z ona tiliga nisbatan hur-
matsizlikdir. «Ona tili» o‘quv predmeti o‘quvchilarni ana
shu adabiy nutq me’yorlari bilan qurollantiradi, ularning
so‘z boyligini oshirib, so‘z qo‘llash malakasini shakllan-
tiradi va yuksaltiradi. Faqat rasmiy holatlarda adabiy nutq
me’yorlariga rioya qilish talab etiladi. Esda tutish lozimki,
oila davrasida, o‘zaro suhbatlarda sheva nutqida so‘zlash
ayb emas. Madaniyatli kishi adabiy nutqqa ham, sheva
nutqiga ham o‘z o‘rnida rioya qiladi.
Adabiy nutqning turli qo‘llanish sohalari mavjud. Masa-
lan, og‘zaki so‘zlashuv sohasi, badiiy adabiyot sohasi,
axborot-targ‘ibot sohasi, ish yuritish sohasi, ilmiy soha.
Adabiy nutqning biror sohaga xoslangan bunday ko‘rinishi
adabiy nutq uslubi deyiladi.
So‘zlashuv uslubi – oilada, ko‘cha-ko‘yda fikr al-
mashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi. So‘zlashuv
uslubi, ko‘pincha, dialog shaklida bo‘ladi. So‘zlashuv
uslubida adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga qat’iy rioya
qilish talab etilmaydi. Ammo turli sheva vakillari suhbatida
adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga rioya qilish mada-
niyatlilik hisoblanadi.
Badiiy uslub – badiiy adabiyotga xos nutq turi. Unda
badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo‘ladi.
Publitsistik uslub – rasmiy axborot berishga, davrning
ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga mo‘ljallangan
ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-
jurnallar) uslubidir.
Ilmiy uslub – ilmiy asarlar, ilmiy jurnallar, darslik va
qo‘llanmalar yoziladigan uslub, unda ilmiy atamalardan
keng foydalaniladi, ko‘chma ma’noli til ifodalari nihoyat-
da kam ishlatiladi.
Rasmiy-idoraviy uslub – davlat qonunlari, Prezident
farmonlari, hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘oz-
lari, idoralararo yozishmalar yoziladigan uslub. Rasmiy-
idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq, mazmunli
quriladi, ko‘pincha, egasiz, kesimlari majhul nisbatda
bo‘ladi.
http:eduportal.uz

6
3-topshiriq.
Matnlarni o‘qing. Ularning har biri adabiy nutqning qaysi
uslubiga xosligini aniqlang.
1. Ma’lumotnoma Murodjon Yo‘ldoshevga uning O‘z-
bekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi ha-
qida berildi.
2. Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki
atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uch-
ramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi.
3. G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas,
aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib-
charchab, sillang qurigan holda kirib kelding.
5-mashq.
Yuqoridagi ilmiy matn mazmunini jadval ko‘rinishida ifodalang.
Savol va topshiriqlar
1. Adabiy nutqning qanday me’yorlari bor?
2. Nega adabiy nutq uslublarga bo‘linadi?
3. Qaysi uslubda adabiy nutq me’yorlariga qat’iy rioya qilinmaydi?
4. Oila a’zolari shevada suhbatlashishmoqda. Ulardan faqat bittasi, shevada
erkin gaplasha olsa-da, adabiy nutqda so‘zlamoqda. Bu to‘g‘rimi? Nega?
5. Adabiy nutqni yaratishga qanday ehtiyoj sabab bo‘ladi?
Uyga vazifa
6-mashq.
Quyidagi izohlardan uslub, malaka, sheva, targ‘ibot, adabiy
so‘zlarining ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring và uni
og‘zaki bayon qilishga tayyorlaning: 1) biror g‘oya, ta’limot va shu kabilarni
yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar; 2) til unsurlarining
ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan
tizimi; 3) badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid; 4) bilim va kasbni,
ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; mahorat; 5) umumxalq
tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til.
1-BO‘LIM
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
3-dars
MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARI
7-mashq.
Berilgan so‘zlarni qanday so‘roqqa javob bo‘lishiga ko‘ra
jadvalga joylashtiring.
Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq,
har kim, chopmoq, chiroy, uchala, foydalanmoq, uyqu,
chiroyli, bugun, hamma, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq,
http:eduportal.uz

7
shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo,
oltov.
l

e
F l

e
F l

e
F l

e
F l

e
F
t
Ot
Ot
Ot
Ot
O
t
a
f
i
S
t
a
f
i
S
t
a
f
i
S
t
a
f
i
S
t
a
f
i
S
n
o
S n
o
S n
o
S n
o
S n
o
S
h
s
i
v
a
R
h
s
i
v
a
R
h
s
i
v
a
R
h
s
i
v
a
R
h
s
i
v
a
R
h
s
o
m
l
O
h
s
o
m
l
O
h
s
o
m
l
O
h
s
o
m
l
O
h
s
o
m
l
O
4-topshiriq.
Yuqoridagi so‘zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga
joylashtiring.
8-mashq.
Jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirib, og‘zaki bayon qiling.
9-mashq.
Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ajratib ko‘r-
satilgan so‘zlarning so‘rog‘ini aniqlang.
SHARAFLI BURCH
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda
uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston
oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar qolganda
mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom
etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan
ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin
yana otlariga minib, yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurish-
gandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqin-
lashganda otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Na-
voiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozim-
laridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
– Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk
padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yoni-
dan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnod-
dir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik –
tiriklikdagi o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini
e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek
to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini
peshlab boribdilar.
Qudrat Hikmat
http:eduportal.uz

8
10-mashq.
Matndagi ajratilgan so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing.
Quyidagi izohlardan ularga mosini tanlang:
1) eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand; 2) cheksiz hurmatga
loyiq ota; 3) olim va fozil kishi; 4) o‘tmishda amaldorlar xizmatida bo‘lgan
kishi; 5) mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi; 6) asboblar tig‘i,
damini tiklamoq; aql-idrokni o‘stirmoq.
11-mashq.
«Îta-ona hurmati – muqaddas burch» mavzusida chiroyli og‘zaki
nutq tayyorlab, ifodali bayon eting.
Savol va topshiriqlar
1. Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi?
2. Gap bo‘lagi bo‘lib keladigan so‘zlar-chi?
3. So‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlarni nima deb nomlaymiz?
4. Quyidagi so‘zlarni ikki guruhga ajrating: 1) ma’nosi aniq; 2) ma’nosi
noaniq: bormoq, nima, bu, ortiq, o‘shanday, kitob, sariq, barcha, ular.
5. Ànvar va Jahongir – o‘rtoqlarim. Ular bilan birga dam oldik. Ular
so‘zining aynan shu gapdagi ma’nosi aniqmi yoki noaniq? Bu nima evaziga
sodir bo‘ldi?
6. Nuqtalar o‘rniga mos so‘z qo‘ying: . gan . lar . magandan . roq . adi.
Bu so‘zlarni tanlashingizga nima asos bo‘ldi?
7. Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi gapidagi yaxshi so‘zlari qaysi belgisi asosida
farqlanadi?
Uyga vazifa
12-mashq.
Yozgi ta’tildan olgan taassurotlaringiz haqida matn tuzing.
Undagi mustaqil so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirib ko‘ring.
Qanday farqlarni sezdingiz?
Eslatma
Mustaqil so‘z lug‘aviy ma’no anglatadi, so‘roqqa
javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi vazifasida keladi.
4-dars
YORDAMCHI SO‘ZLAR
13-mashq.
Quyidagi yordamchi so‘zlarni jadvaldagi o‘z xonasiga joy-
lashtiring.
Nahotki, basharti, qadar, agar, axir, go‘yo, boshqa,
hatto, sari, chunki, xuddi, keyin, balki, faqat, orqali.
http:eduportal.uz

9
14-mashq.
Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga mos yordamchi so‘zlarni
qo‘ying.
1. Yig‘ilgan xaloyiq suron . yangi shahar . qo‘zg‘aldi.
(O.) 2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, . javob
kelmadi. (H.G‘.) 3. Bilasiz. siz va biz bir ariqdan suv
ichamiz-. . (O.) 4. Hali xabaring yo‘q. Asrora opam
kasalxonadalar-. (S.A.) 5. Nahot sen uning talanti .
shon-shuhrati . turmushga chiqqan bo‘lsang? (O.Y.)
6. Shuni unutma. tarbiyaning otasi – mehnat. (H.N.)
7. Otlar . ovchidan qochgan kiyiklar . qo‘sh oyoqlab
shamoldek uchib bormoqda. (Y.Sh.)
15-mashq.
1. Gaplardagi xaloyiq, bir ariqdan suv ichmoq, iste’dod so‘z va
iboralarining ma’nosini quyida berilgan izohlardan aniqlang. Lug‘at
daftaringizga ko‘chirib, ma’nosini eslab qoling.
1) odamlar, jamoa; 2) yonma-yon, qo‘shni bo‘lib yasha-
moq; 3) yuqori darajali tug‘ma qobiliyat.
2. Berilgan izohlar asosida qobiliyat – iste’dod so‘zlarining ma’nosini
aniqlang:
1) tug‘ma uquv; 2) yuqori darajadagi tug‘ma iste’dod.
16-mashq.
Rasmni kuzating. Unda qaysi fasl va nimalar tasvirlangan?
«O‘zbekistonda kuz» mavzusida matn tuzing. Unda qo‘shimchalarni
yordamchi so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama)lar bilan almashtirishga
harakat qiling. Gap mazmuni hamda so‘zlar ma’nosida qanday o‘zgarish
yuz berganini aniqlang va tushuntiring.
i
h
c
k
a
m

o
K
i
h
c
k
a
m

o
K
i
h
c
k
a
m

o
K
i
h
c
k
a
m

o
K
i
h
c
k
a
m

o
K
i
h
c
v
o
l

g
o
B
i
h
c
v
o
l

g
o
B

ONA TILI DARSLARIDA LUG’ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

mumtoz matn / axborotlashgan jamiyat / malolat / afgor / shavq / mato / g’avvos / ko’shish / solik. / classical text / informative society / malalat / afgor / shavq / fabric / diver / kushish / salik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karomatov Akbar Abramat Oʻgʻli

O‘qituvchilarning o’quvchilarda mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirishlari uchun tahliliy-uslubiy materaillar va o‘qituvchilar uchun “Matn va lug’atlar bilan ishlash” mavzularini o’quv jarayonida keng ko’lamda tadbiq etolishlari uchun namunaviy-uslubiy dars tahlili haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Karomatov Akbar Abramat Oʻgʻli

KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA OMONIMLIK HODISASI TADQIQI
ONA TILI TA’LIMIDA LUG’AT BILAN ISHLASH MASALALARI
TA’LIMIY LUG‘AT YARATISH TAMOYILLARI
2-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” darslari samaradorligini oshirish
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHLARINING LUG`ATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING WITH DICTIONARIES IN NATIVE LANGUAGE LESSONS (BASED ON LESSONS 25-26 OF THE 8TH GRADE MOTHER TONGUE TEXTBOOK)

Analytical and methodological materials for teachers to develop students’ skills in working with classical texts and dictionaries, and for teachers to widely use the topic “Working with texts and dictionaries” in the learning process on the analysis of the samplemethodical course for.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA LUG’ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA)»

ONA TILIDARSLARIDA LUG’ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Karomatov Akbar Abramat o’g’li

CHDPI Gumanitar fanlar fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635508

Annotatsiya. O’qituvchilarning o’quvchilarda mumtoz matn va lug’atlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirishlari uchun tahliliy-uslubiy materaillar va o’qituvchilar uchun “Matn va lug’atlar bilan ishlash” mavzularini o’quv jarayonida keng ko’lamda tadbiq etolishlari uchun namunaviy-uslubiy dars tahlili haqida.

Kalit so’zlar: mumtoz matn, axborotlashgan jamiyat, malolat, afgor, shavq, mato, g’avvos, ko’shish, solik.

РАБОТА СО СЛОВАРЯМИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА (ПО МАТЕРИАЛАМ УРОКОВ 25-26 УЧЕБНИКА РОДНОГО ЯЗЫКА ДЛЯ 8

Аннотация. Аналитико-методические материалы для учителей по формированию у учащихся навыков работы с классическими текстами и словарями, а также для учителей по широкому применению темы «Работа с текстами и словарями» в учебном процессе по анализу примерно-методического курса за.

Ключевые слова: классический текст, информационное общество, малалат, афгор, шавк, ткань, водолаз, доп, налог.

WORKING WITH DICTIONARIES IN NATIVE LANGUAGE LESSONS (BASED ON LESSONS 25-26 OF THE 8TH GRADE MOTHER TONGUE TEXTBOOK)

Abstract. Analytical and methodological materials for teachers to develop students’ skills in working with classical texts and dictionaries, and for teachers to widely use the topic “Working with texts and dictionaries” in the learning process on the analysis of the sample-methodical course for.

Keywords: classical text, informative society, malalat, afgor, shavq, fabric, diver, kushish,

XXI asrda har bir til o’z jozibasi, tasviriy ifodadalashda aniqligini, ramziylik, tarixiylik, ma’lum uslub ifodasida koloritning kuchini yo’qotmasligi uchun axborotlashgan jamiyatning negiziga tobora chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda. Bunday harakatlardan eng samaralsi, albatta ta’lim sohasida milliy tilning batafsil va puxta o’tilishidir. Bunday jarayonlarda mumtoz va zamonaviy lug’atlar o’rtasida aloqani yo’lga qo’yish milliy tilning va jamiyat mulaqot madaniyatining bir necha davrlarga milliy til madaniyati, e’tiqodi va boyligi bilan o’sib borishiga zamindir. Bu jabhada esa ta’lim sohasida turli unumli metod va ta’limiy o’yinlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O’qituvchilarning o’rni beqiyos bo’lib, o’quvchiga mumtoz so’z va izoh talab qiluvchi so’zlarning semalari batafsil va tushunarli berilishi lozim. Bu o’rinda “O’zbek tili izohli lug’ati” va turli mumtoz adabiyotlar izohli lug’atlaridan boxabar bo’lishlari talab etiladi. “Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash” mavzusi dars soatlarini quyida keltirilgan materiallar va uslubiy

qo’llanmalar asos va ko’rinishida o’tishlari maqsadga muvofiqdir. Avvalo berilgan Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” kitobidan olingan “Talab vodiysi” parchasining nasriy bayonini o’quvchilarga tanishtirish, tahlil va tavsifini to’laqonli berib o’tish bilan boshlash lozim. 65-mashq. Matnni ifodali o’qing.

Chun talab vo/diysig’a qo’y/sang qadam, Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam.

Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur, Har nafas ming/ sa’b holat/ yuzlanur.

Istamak ran/ji ko’ngulni/ zor etar, Topmomog’liq/ ruhni af/gor etar.

Jonni kuydur/mak bolub mah/rumliq, Vaslining mi’/odi noma’/lumliq.

Ranj-u ko’shish/ sanchibon jis/mingg’a nesh, Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh.

Istabon top/may duri no/yobni, Mundadur tar/k aylamak as/bobni.

Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band, Tort takbi/ri fano ur/moq baland. (Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”)

(Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatiga qaralsin, 1, 38-39-betlar).

Talab vodiysining sifati

T al ab vodiys i g ‘a q ad am qo’ y sang, oldingga har dam yuz ming dard-u alam duch keladi.

Har lahza unda yuz mal ollik, har nafas yuz ming o’zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi ko’ngulni zor etadi, lekin topa olmasl i k ruhni abgor etadi. Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga va’dasi muddati- noma’lumlik bo’ladi. Mashaqqat va kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob durni qo’lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olm aysan . Buning uchun dunyo asbob-uskunalarini tark etmoq zarurdir.

Solik o’ z yo’lida g’ov bo’ladigan mol-u mulk va boshqa narsalardan voz kechib, foniylikning to’rt ” ALLOHU AKBAR”ini bal and ovozda aytmog’i kerak. (2, 157-bet).

“Talab vodiysi”dan olingan parcha tavsifidan so’ng esa ajratilgan so’zlarning ma’nolariga to’xtalgan holda, uni batafsil yoritish zarur. Bu mavzuning asosiy maqsadi bo’lgan g’oyani o’z ichiga oladi.

MALOLAT — [a. – zerikish; tashvish, g’ashlik] Ko’ngilg’ashligi, diltanglik.

* Amir Dushanbega kelgach.. uning – [Abdulhofizning] yosh qizini oldirib keldi, Temurshoh qizining o’lgani sababli ko’nglida paydo bo’lgan malolatni bartaraf qildi. S. Ayniy, Doxunda.

AFGOR — yaralangan, majruh] kt.

1) Jarohat olgan, majruh.

2)Ezilgan. Qullik zanjirida afgor bo’lganlar.. G’. G’ulom.

*Chori ota.. uzun, ser qadoq barmoqlari bilan chakkalarini ush lab, afgor bir holda cho’kib o’tirdi. S. Nu rov. G’

1)arvon. Afgor etmoq (yoki aylamoq) Afgor holga solmoq. Yengolmasa aqling gar, Hayoting afgor etar. Q. Muhammadiy.

*Ta’nayu malomat toshlari majruhu afgor ayladi. Habibiy.

KO’SHISH – [f. – harakat, urinish; intilish; ovoragarchilik, tashvish] – ko ‘shish qilmoq (yoki ko ‘rsatmoq) – kam qo’ll.

*Harakat qilmoq; intilmoq, chalishmoq.

*Lekin biz deymizki, turmushimizda bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bema’ni ishlarni yo’qotaylik, dini islomning ravnaqiga ko’shish qilaylik. Oybek, Tanlangan asarlar.

*Sal o’tmay angladiki.. bu chaqqon davlatlar shunchaki Buxoroga qayishganlari.. «insoniyatningmanfaatdorligi» uchun unga ko’shish ko’rsatishmayapti. Sh. Xolmirzaev, QU ko’prik.

* Bolam, dardni kasal odam bilsa, o’ziyam tuzalishiga ko’shish ko’rsatar ekan. Sh. Xolmirzaev, Saylanma.

SOLIK — [a. – yo’lchi, yo’ldan yuruvchi; ochiq, bo’sh yo’l;

*sufiylikda uchinchi bosqichga yetishgan zohid]

*Tasavvufda: suluk (tariqat)ni ixtiyor qilgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan murid

TAKBIR – [a. • – kengaytirish, kuchaytirish; ulug’lash, maqtash; xudoni ulug’lab, «Allohu akbar» iborasini aytish]

*din. Allohni ulug’lash bilan bog’liq ibora («Allohu akbar» – Alloh buyukdir)ni talaffuz etish, tilga olish.

* Xatib domla.. oq bo’yra ustidagi tobut yoniga boradi va sallasining peshini tushirib, takbir uchun qo’l ko’taradi. A. Qodiriy, Obid ketmon.

* Samad bo’qoq indamay, chetga burilib ketdi. Shukur so’fi shom namozi uchun takbir tushira boshladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

(3, Foydalanilgan adabiyotlarga qaralsin).

66-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so’zlarning ma’nosini aniqlab, lug’at daftaringizga ko’chiring va yodlang:

a)Malolat 1) malol kelish; og’rinish;

b)sa’b 9) qiyin, ogir.

s)afgor 2) xor bo’lish, ezg’in holatga tushish;

d)mi’od 3) muddat, ijro vaqti;

e)ko’shish 4) sa’y-harakat;

f)nesh 5) nish, tig’;

g)resh 6) yara, j arohat;

h)solik 8) Komillik sari harakat qilayotgan kishi;

j)Takbiri fano 7) O’tkinchi dunyo uchun haqni ulug’lash;

(4,(a)219-bet,2-jild; (g)620-bet, 2-jild; (f) 454-bet, 2-jild; (d)307-bet, 2-jild; (e)158-bet, 2-jildan). 27-topshiriq. Matnni ifodali o’qing.

(Nasriy bayonining davomi)

Bu yo’lda unga bo’lgan ishtiyoqdan boshqa hamma narsani tashlab, o’zni maqsad manzili tomon

boshlashi lozim. Agar olam matosidan biron ashyo qolmasa, senda u dam o’zgacha sifatlar paydo bo’ladi. U xazinadan vayroningga obodlik kelib, zoti nuridan joningga yorug’lik yetishadi. Bu yorug’lik sendagi shavq o’tini tobora alangalatib, talab ongni uchqur qiladi.

Bunda o’zingda bir talab o’rnida yuz talab topasan. Bu payt tog’lar sening ko’zingga

Kim talab raxshin sabukxez aylagay. oddiy daladek bo’lib ko’rinadi. Joningga talab rohati

Joning a yetkay talabning rohati, Qolmagay ranj-u taabning shiddati. yetadi, mashaqqat chekish shiddati sendan forig bo’ladi. Ko’ngling dur topishga qanchalik muhabbat qo’ysa, sen uchun g’avvoslik qilish shunchalik oson bo’ladi. (6, 157-bet)

Durg a topqon soyi ko nglung xosliq,

Bo ‘lg ‘oy osonroq sanga g^avvosliq.

(Alisher Navoiy, “Lison ut-

Yuqorida berilgan parchaning mazmun va mohiyatini lug’atlar asosida nasriy shakilga keltirib, ularni o’quvchilar bilan birga tahlil qilish. Ularda keltirilgan so’zlarni esa lug’at sifatida o’quvchilarga yozdirish lozim. Bundan so’ng esa o’quvchilar bilan birga quyidagi mashiqni savol berish va sinfdan javob olish shaklida bajarish mumkin.

69-topshiriq. Quyidagi izohlardan ajratilgan so’zlarning ma’nosini aniqlab, lug’at daftaringizga ko’chiring va yodlang:

1) suv tagida harakat qilish, suzish; G’avvosliq

2) sayin, sari; Soyi

3) mashaqqat, mushkullik; Tab

4) zavqli harakat; Shavq

5) ot, ulov Raxsh

6) davlat, boylik; Ganj

7) yengil, chaqqon. Sabukxez

SHAVQ a. – histuyg’u, ehtiros; kuchli orzu, havas, istak

1 kt. Kuchli havas, intilish; qiziqish, ishtiyoq. Bu g’azalda.. yosh yigitning hissi, shavqi, nash’asi yangradi. Oybek, Navoiy.

*Bu tiladabiyot muallimi ta’lim va tarbiya ishini sevar, yuragida tobora kuchaygan bir shavq bilan maktabda ishlar edi. Oybek, Nur qidirib.

2 Shunday intilish, qiziqish tufayli yuzaga kelgan ko’tarinki ruhiy holat; zavq.

*Shavqqa to’lib kuylamoq. Guli: G’azalkim, so’zlagay ishqdin, safodin. G’azaldin bu kabi shavq olmagan kim Uyg’un va I. Sulton, Alisher Navoiy.

*Garmonchi ham shavqidan beixtiyor o’rtaga tushib, o’yin ayni doliguliga kelganda, maydon gumburlab ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas.

G’A VVOS – a. – suv tagiga tushuvchi, tez-tez sho’ng’uvchi]

1). Suvga sho’ng’uvchi, suv ostida dur izlovchi shaxs.

* Yetar maqsadga mehnat birla mehnatkash qilib jur’at. Topar g’avvos bo’lib daryoi mehnatdan duri rohat. Habibiy.

2). Suv o’tkazmaydigan maxsus kiyimda suv osti ishlarini bajaruvchi shaxs. Kemaning yukini g’avvoslar necha asrlardan keyin -yaqindagina suvyuzasiga chiqardilar. H. Karimov, San’at sehri.

MATO – [a. – mol, ashyo; yuk]

1 Gazlama, material, materiya. Paxta ipdan to’qilgan mato. Bunday bo’yoq bilan bo’yalgan mato o’ngib ketmaydi. «Fan va turmush».

2 Mol, buyum, narsa.

* -Yo qudratingdan, ishonmaydi-ya! – dedi Turobjon – [xotiniga] keltirgan matoni titkilab, mana, chaynab ko ‘r! A. Qahhor, Anor.

GANJ – [f. – Xazina, kon, boylik]

1). Kt. Oltin, kumush, javohir, xazina.

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

(7, foydalanilgan adabiyotlarga qaralsin).

Yuqorida keltirilgan barcha manba va metodlardan o’qituvchilarning foydalanishi va

darslarning shu uslublar asosida puxta tayyorlashlari va ularning o’tilishi o’quvchilarda

“Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash” dars soatidan keng ko’lamli bilimlarga ega

bo’lishlariga yo’l ochadi.

1. Ona tili (Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik) O’zXTaV. Toshkent – 2019.

2. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O’zRESda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent – 2020.

3. O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti – 2006.

4. O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti – 2006.

5. Ona tili (Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfI uchun darslik) O’zXTaV. Toshkent – 2019.

6. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O’zRESda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent – 2020.

7. O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti – 2006.

Qiziqarli malumotlar
ONA TILI DARSLARIDA LUG ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»