Ona tili dars
xo‘jalig(i) yetishtirdi — gap asosi; fermer (xo‘jaligi), mo‘l hosil (yetishtirdi) — asosiy mazmunni to‘ldirgan bo‘laklar.
Ona tili dars
Shu paytgacha «Ona tili» va «O‘qish» fanlari alohida o‘qitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan «Ona tili va o‘qish savodxonligi» deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi xabarida aytilmoqda.
O‘qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo‘lsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan, deyiladi xabarda.
O‘qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda o‘qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar bo‘ladi.
Shu paytgacha ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning grammatikasini o‘rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko‘proq urg‘u berilgan.
Ahamiyatli tomoni endi o‘qituvchilar uchun «O‘qituvchi kitobi», o‘quvchilar uchun esa «Mashq daftari» ham bo‘ladi.
Eski darsliklar til strukturasini o‘rgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan ko‘ra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor so‘z, uning ma’nolari, o‘rindoshlari, qo‘llanish o‘rinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.
Amaldagi darslikdan o‘rin olgan matnlarda bola yoshiga mos bo‘lishidan ko‘ra, didaktik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she’rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.
Darsliklardagi tushunarsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar darslikning orqa qismida maxsus lug‘atga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.
Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha bo‘lgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishni boshlagan bola ma’lum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.
Shuningdek, darslikda o‘quvchilarning eng og‘riqli muammosi bo‘lgan og‘zaki javob beriladigan, og‘zaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she’rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.
Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini to‘ldiradigan, o‘zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Dars ishlanma Ona tili dars konspekti Fan: Ona tili Sinf: 3-“A” Sana: 21. 05. 2020 Mavzu
a) ta`limiy maqsad: gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklar xaqida nazariy bilimlar berish.
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
d) rivjlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni o`z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o`rgatish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: Bahs-munozara
Dars jihozi: darslik, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, kartochkalar.
Vaqt taqsimoti:
Tashkiliy qism:6 daqiqa
O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni: 18 daqiqa
Mustahkamlash: 7 daqiqa
Baholash: 2 daqiqa
Dars yakuni : 2 daqiqa
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
–salomlashish;
-o`quvchilar darsga tayyorgarligini aniqlash;
-sinf navbatchisi axborotini tinglash;
II. O`tgan mavzuni takrorlash:
Uy vazifasi tekshiriladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`qituvchi “O`zing top” ta`limiy o`yinini o`tkazadi. Buning uchun doskaga qoidalar yozilgan vatmn ilinadi. Qoidalarning asosiy joyi tushurilib qoldirilgan bo`ladi. O`quvchilar doskaga chiqib ketma-ket qoidalarni to`ldiradilar.
- Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap . deyiladi.
- Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap . deyiladi.
- Darak gap oxirida . pasayadi.
- Biror narsa haqida so‘rash maqsadini bildirgan gap . deyiladi.
- So‘roq gapning oxiriga . belgisi qo‘yiladi.
- Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar . deyiladi.
- Darak gapning oxiriga . qo‘yiladi.
- Buyruq gapning oxiriga . qo‘yiladi
- His-hayajon gapning oxiriga undov . qo‘yiladi.
O’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi. O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
Darslik bilan ishlash.
104-mashq. Matnni o‘qing. Nechta gap borligini aniqlang.
Maktabimizda sinflararo sport musobaqalari boshlandi. G‘olib jamoamiz sovrin oldi. Maktab direktori jamoamizni tabrikladi. Sport kishini jismoniy chiniqtiradi. O‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanadilar.
105-mashq. Har bir gapni diqqat bilan o‘qing. Qaysi bo‘laklar gapning asosini tashkil etyapti? Qaysi bo‘laklar asosiy mazmunni to‘ldiryapti?
Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi. Oila daromadi ko‘paydi. Qishki dala ishlari boshlandi. Mirishkor dehqon dalaga yaxob 1 suvini berdi. Yaxob suvi yerning sho‘rini yuvadi. Urug‘ xatosiz unib chiqadi. Ekinlar tuproqdan yaxshi oziqlanadi.
Gap bo‘laklarini quyida ko‘rsatilgandek tahlil qiling.
Namuna: Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi.
xo‘jalig(i) yetishtirdi — gap asosi; fermer (xo‘jaligi), mo‘l hosil (yetishtirdi) — asosiy mazmunni to‘ldirgan bo‘laklar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu mustahkamlash uchun o`qituvchi doskaga bir necha gaplarni yozadio`quvchilar gapni bosh va ikkinchi darajalai bo`laklarga (og`zaki) ajratadilar.
- Yaxshidan bog‘ qoladi.
- Sa’dulla ukasi bilan gulzorga kirdi.
- Gullar qiyg‘os ochilgan.
- Gullarni oyisiga berdilar.
- Ishchilar mashinalarni zavodda yasaydilar.
- Mashinalar ishni yengillashtiradi.
- Bolalar donxo‘rak yasadilar.
- Qushlar unda donlaydi.
- Yovvoyi kaptarlar bog‘da yashaydi.
- Kishilar ularga don beradilar.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
Faol qatnashgan o`quvchilar namuna qilib ko`rsatiladi.
VI. Uyga vazifa.
Uyga 279-mashq vazifa qilib beriladi.
106-mashq. O‘qing. Gapning bosh bo‘laklari vazifasini bajarib kelgan so‘zlarni aniqlang. Yozing va bosh bo‘laklarning tagiga chizing.
1. Onam yopar shirmoy non. (Yusuf Shomansur) 2. Yomg‘ir maysalarni yashnatdi. 3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. 4. Ertalab uyimizga mehmon keldi. 5. Odam aqli kompyuterni yaratdi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Ona Tili Darslari – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Ona Tili Darslari в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Onlayn Ona Tili Darslari Fonetika 1 Dars длительностью 41.19 MB, размер файла 31 мин и 18 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
Ona Tili Darslari
Alex Word Music Сектор Газа 30 Лет
Паве Пепе Гемабоди Оригинал
Yöhan Official Covenant Sigil Of Hell
Клип Сварщик Парень Работящий
Кот Грузится Мем
Сирумем Сев Сев Ачеров Ахчкан
Legalize Nuclear Bombs Xcat
Nansi Sidorov Прочь Зодиак
Кора Кош Наргиз Азимова
Jojo Golden Wind
Freak Show Remix Tik Tok
Песня Лисички Детская
Copyright ©Gtxmusic.com 2023
All Rights Reserved
Почта для жалоб и предложений: [email protected]
Слушайте и скачивайте бесплатно mp3 музыку. Популярная и свежая музыка всегда доступна для скачивания бесплатно!
Qiziqarli malumotlar
Ona tili dars