Ona tili dars ishlanma ppt
Yordam kerakmi? Bizga bepul qo’ng’iroq qiling
Fan ona tili 3-sinf mavzu: So’z turkumlari Takrorlash Darsning maqsadi: Ta`limiy
II.Yangi mavzu bayoni “Kumush qish” mavzusida matn tuzish va yozish ushbu matndan so`z turkumlarini so`roqlar yordamida topish Qish keldi. Dala vabog`lar oppoq qor bilan qoplandi. Havo sovuq bo`ldi. Suv muzladi. Tarnovlarda sumalaklar shokilasi ko`zni qamashtirdi. Tepalikda bolalar mazza qilib qorbo`ron o`ynamoqda, chanada uchmoqda va qorbola yasshmoqda. Havo sof. Izg`rin shamol esmoqda. Chiroyli va turli –tuman qor uch-qunlari yer bag`riga o`nab- o`ynab tushmoqda. -Sizga qish fasli yoqadimi? -Qish faslida nima sizga ko`proq yoqadi?
Mustahkamlash
- 1. Sifat deb nimaga aytiladi ,u qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
- 2.Harakatni bildirgan turkum qanday nomlanadi?
- 3.Son deb nimaga aytiladi?
- 4.Son so`z turkumining so`roqlarini ayting.
- 6.Ot deb nimaga aytiladi?
Dam olish daqiqasi
Kim? nima qiladi?
Fe`llarni o`qing, bu so`zlar qaysi shaxs-narsani harakatini bildirishini ayting.
… – sakrayapti, ma`rayapti
… – sayrayapti, uchyapti, yayrayapti.
… – yuguradi, kishnaydi.
Foydalanish uchun so`zlar: ot, to`rg`ay, echki, quyosh.
Nuqtalar o`rniga fe`llarga mos otlarni topib gaplar tuzing va gaplaringizni yozing
O`quvchilar qiyudagi rasmlardan foydalanib so`z birikmasi tuzishi kerak
1. Alifbo nima? –
harflarni tartib bilan yozilishi
2. Nechta sayyora bor? –
3. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarining muallifi kim?-
4. Birinchi globusni kim yaratgan? –
5. Yulduzlar ilmini o`rgangan Samarqand hukmdori-
6. Insonning birinchi eshitadigan qo`shig`i-
7. Odobning boshi nima? –
8. Harakatni bildirgan so`zlar qaysi so`z turkumiga kiradi? –
9. Sifat qaysi so`z turkumiga bog`lanib keladi? –
TEZKOR SAVOLLAR
O`QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH
UYGA VAZIFA
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
ona tili dars ishlanma ppt
“Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanmasi (slaydlar bilan)
Submitted by Nasim Sadikov on Tue, 12/29/2020 – 16:54
Ona tili fanidan 5-8 sinflar uchun “Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanma, slaydlar.
Format: docx, ppt
Fayllar soni: 4 ta
Fayl hajmi: 3,9 mb
Fayllar arxivda “ziplangan”
Language English
Ginnes
Facebook guruh:
Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov
Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.
Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar
Telegram: @sadikovuz
Ona tilidan dars ishlanma 3 sinf
Dushanbadan – Jumagacha – 08:00 dan 18:00 gacha
Yordam kerakmi? Bizga bepul qo’ng’iroq qiling
Tarbiya fani uchun taqdimotlar
- Tarbiya fani uchun barcha o’quv materiallar
№ | Dastur/ taqvim reja | Taqdimot | Dars ishlanma | Nazorat materiallari | Didaktik materiallar |
---|---|---|---|---|---|
1 | Tejamkorlik | Yuklab olish | Havola | Ma’lumot yo’q | Yuklab olish |
2 | Mahalla va qo‘ni-qo‘shnichilik | Yuklab olish | Havola | Ma’lumot yo’q | Yuklab olish |
3 | Qulog‘iga quloqchin taqqan “quloqsiz” bola | Yuklab olish | Havola | Ma’lumot yo’q | Yuklab olish |
4 | Inson odobi bilan go‘zal | Yuklab olish | Havola | Ma’lumot yo’q | Yuklab olish |
5 | Mehr-oqibat – insoniy fazilat | Yuklab olish | Havola | Ma’lumot yo’q | Yuklab olish |
«Ona tili va adabiyot» fani o’qituvchisi Idiyeva Mo’taram Badridinovnaning adabiyot fanidan «Xalq ertaklari» mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.
Sana : 8.10 2018-yil
Sinf: 5-“B”
Fan: adabiyot
Mavzu: Xalq ertaklari
Darsning maqsadi:
A. O’quvchilarga xalq ertaklari haqida tushuncha berish.
F.K2 Xalq og’zaki ijodi asarlarini tahlil qila olishi, janrlarni ajrata olish kompetensiyalarini shakllantirish
B. O’quvchilarni o’zbek xalqiga xos madaniyat, odob-axloq qoidalariga mos tarbiyalash.
TK4 Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish kompetensiya elementlarini shakllantirish
C. O’quvchilarning og’zaki nutqi va tafakkurini rivojlantirish
TK 3 sinfda, maktabda, oilada , jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zining burchini bilish , unga rioya qilish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish
Dars uslubi: noan’anaviy
Dars usuli: tezkor savollar, “Pantomimo”,”Klaster” o’yinlari
Darsning jihozi: tarqatmalar, mavzuga oid ko’rgazmalar, didaktik rasmlar,
AKT vositalari
Darsning texnologik xaritasi:
7. Tashkiliy qism 5min
8. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10min
9. Yangi mavzu bayoni 15min
10. Yangi mavzuni mustahkamlash 10min
11. O’quvchilarni baholash 3min
12. Uyga vazifa 2min
Darsning borishi:
5. Tashkiliy qism: salomlashish , navbatchi axboroti tinglanadi. Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim zamonda emas, bugungi kunda istiqlol nashidasini surib yurgan baxtiyor bolajonlar bor ekan. Ular 10-maktabning 5-“B” sinfida tahsil olar ekan. Hozir ular adabiyot darsini o’tayotgan ekan. Xo’sh navbatchi janoblari bu ertakgimizda necha kishi ishtirok etayotgann ekanligigni aytingchi?
Darsimiz -ona tili . Darsning shiori:
O’qib, uqib, o’rganib
Ilmimiz boyitamiz
Darsning maqsadi:
Maqsadimiz-bahordek
Bo’lsin qalblar beg’ubor,
Eng yuksak marralarga
Biz bo’laylik sazovor.
Kunning muhim siyosiy xabarlari, oyning muhim sanalari haqida suhbatlashamiz.Yil nomlanish, Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumotlar aytiladi. Fan oyligi haqida fikrlar she’rlar aytiladi. O’quvchilarga beriladigan savollar:
1.Yilimiz qanday nomlandi?
J: Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va ilg’or texnologiyalarni qo’llab –quvvatlash yili
6. Harakatlar strategiyasida nechta ustuvor yo’nalish o’z ifodasini topgan?
J: 5 ta
7. Ijtimoiy sohani rivojlantirish nechanchi yo’nalish etib belgilangan?
J: 4- yo’nalish
8. Oktabr oyligi butun Respublikamiz bo’ylab qaysi fan oyligi sifatida keng nishonlanadi?
J: ona tili va adabiyot fan oyligi
O’qituvchi: Ona tilimizni madh etuvchi she’rlardan , rivoyatlardan bilamizmi?
Ona tilim
Po’lat Mo’min
O’rgilayin,ona tilim, o’zginangdan.
Tillarimga bol keladir so’zginangdan.
Tilim, yana bo’lavergin burro-burro.
Oh, naqadar ohangdorsan, yana a’lo.
Til haqida
Alixonto’ra Sog’uniy
Asar yozding ersa ona tilida yoz
Yo’q esa aning yozgani buzgani.
Taralmish butun yer yuza ilmu fan
To’liq til kerakdir ani bilgani.
To’liq til qarindosh ona til erur
Bo’lurmu kishi andin ayrilgan
Kishi o’z tilini yaxshi bilmasa gar
Bilingki, har ishdan keyin qolgani.
Til haqida she’rlardan, maqollardan, hikmatli so’zlardan tinglaymiz.
O’quvchilarni ikki guruhga bo’lib olamiz:
1-guruh: Donolar
2-guruh: Zukkolar
Har bir guruh o’z guruhiga berilgan savolga javob berishi lozim.
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzu: “Susambil” ertagi timsollari tahlili.
O’tgan mavzu takrori-
Bugunning poydevori.
Savollarga javob ber,
Topshiriqni tez bajar.
O’tilgan mavzu yuzasidan tezkor savollar: “Takrorlash –bilimlarning onasi” deb nomlaymiz.
1. “Uch og’a-ini botirlar ertagi” da ota farzandlariga qanday nasihat qiladi?
2. “Susambil” ertagida bo’rilar azroil deb ta’riflagan jonivor nima?
3. Ertak qaysi adabiy turga kiradi?
4. Maqol, matal, topishmoq qaysi adabiy turga mansub?
5. “Susambil” ertagida xo’jayini tomonidan o’t o’rnida mayiz , suv o’rnida sharbat bilan siylangan hayvon qaysi ?
6. Hayvonlar qanday qilib Susambilga erishdilar?
7. Uch og’a-ini botirlar ertagida Kenja botir podshoga qanday hikoyat aytib berdi?
8. Botirlar nima uchun saroyda qolmay yurtlariga qaytdi?
Guruhlarning javoblari tarqatmalar orqali baholanib boriladi. Uyga vazifa bajarilishi nazorat qilinadi?
3. Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu — yangi ma’no
Har jumlada ming ma’no.
Azal-azaldan bizning ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar. Ertak, maqol, topishmoq kabi xalq og’zaki ijodi janrlarni bolani tarbiyalovchi vosita deb bilganlar. Uning aqliy salohiyatini, tafakkurini rivojlantirishning eng sodda va to’g’ri yo’li ertak aytib berib, xulosasini so’rab, shu asosida yaxshilikka yo’llangan. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” deydi dono xalqimiz.Ertaklarning hammasi yaxshilik bilan yakunlanadi. Qahramonlar asar oxirida murod maqsadlariga yetadilar. U yosh avlodga insonparvarlikni, vatanga muhabbatni, rostgo’ylik va halollikni,xushmuomala va kamtarlikni o’rgatadi.
Ertak aytuvchilarni qadimda “ertakchi”, “matalchi” deb atashgan. Ertak atamasi Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk.” asarida birinchi bo’lib qo’llangan. Ertak-hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib , xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalardir.Ertaklarda xayoliy hodisalarga ko’proq urg’u beriladi. Bu esa adabiyotda mubolag’a san’ati deyiladi. Mubolag’a arabcha lof urish bo’rttirish degan ma’noni bildiradi. M: yalmog’iz obrazi salomi bo’lmagan kishini ikki yamlab bir yutmoqchi bo’ladi.
Ertaklar mavzusiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
1. Sehrli ertaklar
2. Maishiy ertaklar
3. Majoziy ertaklar
4. Hajviy ertaklar
Sehrli ertaklar dev, pari, yalmog’iz , sehr-u jodu aralashgan ertaklardir. Unga “Yalmog’iz”, “Devbachcha”, “Urto’qmoq”, “Ochildasturxon”….
Maishiy ertaklarga hayotiy voqealar , insonlar o’rtasida bo’lib voqealar hayotga yaqin bo’ladi. “Zumrad va Qimmat”,”Oygul bilan Baxtiyor”, Uch og’a-ini botirlar….
Majoziy ertaklarda qahramonlar hayvonlardan iborat bo’ladi. Bu obrazlar insonlardek gapiradi, o’ylaydi, hrakatlanib yaxshi hayotga intiladi. Ularga “Bo’ri bilan laylak”, “Bo’ri bilan tulki” , “Ayiqpolvon ”. Bu ertaklarda tulki munofiqlik ramzi, bo’ri laqmalik, qonxo’rlik ramzi, chumoli esa mehnatsevarlik timsoli sifatida tasvirlanadi.O’zbek xalq og’zaki ijodi tarixida ertakni badiiy asar darajasiga ko’targan, bugungi kungacha yetib kelishiga o’z hissasini qo’shgan ijodkorlardan Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoberdi o’gli, Haydar baychi o’g’li, Nurali Nurmat o’g’li, Hasanboy Rasul o’g’li kabi ertakchilarning hissalari katta bo’ldi.
Jahon xalqlari ertaklari ham bizning ertaklardan qolishmaydi. Ular ham bizga o’sha xalq urf-odatlari an’analaridan darak beradi. Jahon va o’zbek yozma ertakchiligi ham alohida tarixga ega . Jahon ertakchilaridan Aka-uka Grimmlar, Hans Kristian Andersen, Sharl Perro ertaklarini o’qiganmiz, ular asosida ishlangan multfilmlar kinofilmlarni ko’rganmiz.
O’zbek yozma ertakchiligida A. Fitrat, A.Avloniy, Hamid Olimjon, Sulton Jo’ra, Shukur Sa’dulla , X. To’xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, O’. Imonberdiyev kabi ijodkorlar ertakchilik an’anasini davom ettirdilar. Ertak insonga zavq-shavq bag’ishlovchi ma’naviy ozuqadir. Shukur Sa’dullaning ”Ayyor chumchuq”, “No’xat polvon” “Laqma it”, “Yoriltosh”, “Kashal polvon”, Sulton Jo’raning “Zangori gilam” ertaklari
4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Bilim bo’lsin mustahkam,
Fikrlarni etgin jam.
Bo’sh o’tirma bosh qotir,
Topgin uning javobin.
Klaster usulida ertak turlariga o’zlari o’qigan ertaklarining nomini yozishlari kerak.
Dam olish daqiqasi daqiqasida “Pantomimo” o’yinini o’tkaish. Bunda har bir guruhdan ikkitadan o’quvchi chiqib, tarqatmalarni tanlaydi unda nomi yozilgan qahramonni ijro etib beriadi . Qarshi guruh uni qaysi obraz ekanligini topishi lozim bo’ladi.
Podsho, xo’roz kalamush ,ari eshak , ho’kiz
Ertaklar yuzasidan savollar:
1.Ertak atamasi Buxoroda qanday atalgan?
2. Ertak atamasi Xorazmda qanday atalgan?
3 Ertak atamasi Toshkentda qanday atalgan?
4.”Uch oga-ini botirlar” ertagi qanday ertak hisoblanadi?
5.Ertakda ota o’g’illariga qanday otlarni tayyorlab qo’yganligini aytadi?
6. “Dunyoni tanimay dunyo kishisi bo’lmaysiz” Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
7.Susambil ertagida bo’rilar “so’fi ” deb kimni aytishadi?
8. Susambil haqidagi xabarni kim birinchi bo’lib aytadi?
9.Bo’rilar Susambil uchun bo’lgan jangda yengilgach qayerga qochib ketadi?
Lug’at so’zlar xalachop- uchli tayoqcha so’yil-uzun yo’g’on kaltak
5 O’quvchilarni baholash.
Baholarni jamlaylik,
Olamni yashnataylik.
Bugungi mavzu hammaga tushunarli bo’ldimi? Tushunarli bo’lgan bo’lsa darsimizning eng faol terimchilarini baholab olamiz.
Yig’ilgan tarqatmalar asosida o’quvchilarni baholaymiz. Terimchi o’quvchimiz kim bo’ldi ekan? Keling birgalikda aniqlab olamiz. Tarqatma orqali o’quvchilarning qancha paxta terganliklari aniqlanib, bahoga tenglashtiriladi. 30 kg paxta terganga “5” , 20 kg ga “4”, 10kg ga “3” baho qo’yiladi.
4. Uyga vazifa
Uy ishini eslab qol,
Topshiriqni bilib ol! “Mening sevimli ertagim” mavzusida uy inshosi yozish
Qiziqarli malumotlar
Ona tili dars ishlanma ppt