Ona tili dars ishlanma 7-sinf

Ona tili dars ishlanma 7-sinf

Vaqt taqsimoti:

Dars ishlanma Ona tili dars konspekti Fan: Ona tili Sinf: 3-“A” Sana: 21. 05. 2020 Mavzu

a) ta`limiy maqsad: gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklar xaqida nazariy bilimlar berish.

b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

d) rivjlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni o`z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o`rgatish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: Bahs-munozara

Dars jihozi: darslik, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, kartochkalar.

Vaqt taqsimoti:

Tashkiliy qism:6 daqiqa

O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa

Yangi mavzu bayoni: 18 daqiqa

Mustahkamlash: 7 daqiqa

Baholash: 2 daqiqa

Dars yakuni : 2 daqiqa

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

salomlashish;

-o`quvchilar darsga tayyorgarligini aniqlash;

-sinf navbatchisi axborotini tinglash;

II. O`tgan mavzuni takrorlash:

Uy vazifasi tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`qituvchi “O`zing top” ta`limiy o`yinini o`tkazadi. Buning uchun doskaga qoidalar yozilgan vatmn ilinadi. Qoidalarning asosiy joyi tushurilib qoldirilgan bo`ladi. O`quvchilar doskaga chiqib ketma-ket qoidalarni to`ldiradilar.

  • Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap . deyiladi.
  • Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap . deyiladi.
  • Darak gap oxirida . pasayadi.
  • Biror narsa haqida so‘rash maqsadini bildirgan gap . deyiladi.
  • So‘roq gapning oxiriga . belgisi qo‘yiladi.
  • Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar . deyiladi.
  • Darak gapning oxiriga . qo‘yiladi.
  • Buyruq gapning oxiriga . qo‘yiladi
  • His-hayajon gapning oxiriga undov . qo‘yiladi.

O’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi. O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.

Darslik bilan ishlash.

104-mashq. Matnni o‘qing. Nechta gap borligini aniqlang.

Maktabimizda sinflararo sport musobaqalari boshlandi. G‘olib jamoamiz sovrin oldi. Maktab direktori jamoamizni tabrikladi. Sport kishini jismoniy chiniqtiradi. O‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanadilar.

105-mashq. Har bir gapni diqqat bilan o‘qing. Qaysi bo‘laklar gapning asosini tashkil etyapti? Qaysi bo‘laklar asosiy mazmunni to‘ldiryapti?

Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi. Oila daromadi ko‘paydi. Qishki dala ishlari boshlandi. Mirishkor dehqon dalaga yaxob 1 suvini berdi. Yaxob suvi yerning sho‘rini yuvadi. Urug‘ xatosiz unib chiqadi. Ekinlar tuproqdan yaxshi oziqlanadi.

Gap bo‘laklarini quyida ko‘rsatilgandek tahlil qiling.

Namuna: Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi.

xo‘jalig(i) yetishtirdi — gap asosi; fermer (xo‘jaligi), mo‘l hosil (yetishtirdi) — asosiy mazmunni to‘ldirgan bo‘laklar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzu mustahkamlash uchun o`qituvchi doskaga bir necha gaplarni yozadio`quvchilar gapni bosh va ikkinchi darajalai bo`laklarga (og`zaki) ajratadilar.

  1. Yaxshidan bog‘ qoladi.
  2. Sa’dulla ukasi bilan gulzorga kirdi.
  3. Gullar qiyg‘os ochilgan.
  4. Gullarni oyisiga berdilar.
  5. Ishchilar mashinalarni zavodda yasaydilar.
  6. Mashinalar ishni yengillashtiradi.
  7. Bolalar donxo‘rak yasadilar.
  8. Qushlar unda donlaydi.
  9. Yovvoyi kaptarlar bog‘da yashaydi.
  10. Kishilar ularga don beradilar.

O`quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.

Faol qatnashgan o`quvchilar namuna qilib ko`rsatiladi.

VI. Uyga vazifa.

Uyga 279-mashq vazifa qilib beriladi.

106-mashq. O‘qing. Gapning bosh bo‘laklari vazifasini bajarib kelgan so‘zlarni aniqlang. Yozing va bosh bo‘laklarning tagiga chizing.

1. Onam yopar shirmoy non. (Yusuf Shomansur) 2. Yomg‘ir maysalarni yashnatdi. 3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. 4. Ertalab uyimizga mehmon keldi. 5. Odam aqli kompyuterni yaratdi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

ona tili dars ishlanma 7-sinf

“Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanmasi (slaydlar bilan)

Submitted by Nasim Sadikov on Tue, 12/29/2020 – 16:54

Ona tili fanidan 5-8 sinflar uchun “Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanma, slaydlar.

Format: docx, ppt

Fayllar soni: 4 ta

Fayl hajmi: 3,9 mb

Fayllar arxivda “ziplangan”

Language English

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

2-sinf ona tili fanidan “Sifat yasovchi qo’shimchalar” mavzusida dars ishlanma

1. Sifat yasovchi qo’shimchalar. 2. Sifatlarning yozilishi. 3. 315-316-317-118-mashqlar. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ‘Ha yo’q” o’yinidan foydalaniladi. 1.Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Ha 2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar qanday?, qancha? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Yo’q. 3.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima qildi? so’rog’iga javob boladimi? Javob: Ha. 4. –ser, be-, -kor sifat yasovchi qo’shimchalarmi? Javob: Yo’q IV. Yangi mavzu bayoni:

  • bunday sifatlar chziqcha bilan yoziladi:to’ppa-to’g’r,
  • qo’shib yoziladi: oppoq, qopqora
  • ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti

V. Mavzuni mustahkamlash: topishmoqlar yod olib, sifatlarni o’zi bo’langan so’z bilan qo’shib yozing. 1.Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo’lar oziq (Sabzi) 2. Pishsa bemaza, pishmasa mazali (Bodring) 3. Uni pishirsang bo’lar shirin osh, pishirmasang bo’lar qip-qizil tosh. (pamidor)

Namuna: oltin qoziq, Tezkor savol-javob: 1. Qanday? , qanaqa? sorog’iga javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi va qaysi so’z turkumiga kiradi? Javob: sifat 2. Maza-ta’m va shaklni bildirgan sifatlarga misol ayting. Javob: nordon, shirin, achchiq; qiyshiq, yumaloq, cho’zinchoq. 3. Belgini kuchaytirib yoki ozaytirib ko’rsatadigan sifatlar qanday yoziladi va ularga misollar ayting. Javob: chziqcha bilan yoziladi: to’ppa-to’g’r , qo’shib yoziladi: oppoq, ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti 4. Sifat yasovchi qo’shimchalar so’zlarga birikishiga qarab qanday qo’shimchalar turiga kiradi? Javob: sifat yasovchi qo’shimchalar qoshilishiga ko’ra old: serhosil, bemaza, hamda so’zlar oxirida: mazali, ishchan , guldor kabi turlarga bo’linadi. Test . 1.Sifat yasovchi qo’shimchalar berilga javobni tanlang. A) -ser, be-, -siz, -li, -chan, -dor, -q B) -kor, -da,-moq C) -chan, -dor, -q,- dan ,-da D) -ser, be-, -siz, -im, imiz 2. Xil-xususiyatni bildirgan sifatlar berilgan javobni toping. A) yoqimli, xushmuomila B) qalin, nordan C) qiyshiq, baland D) mulayim, havorang 3. Qo’shib yoziladigan sifatlarni ko’rsating. A) oppoq, to’q qizil B) qipqizil, ko’m-ko’k C) oppoq D) to’papa-to’g’ri, och pushti 4. So’zlarga oldidan qo’shilgan sifat yasovchi qo’shimchalar berilgan javobni tanlang. A) serhosil, mazali B) beozor, sergul C) ishchan, guldor D)serunum, mazasiz 5. Belgini kuchaytirib ifodalaydigan sifat berigan javobni ko’rsating. A) yam-yashil, qip-qizil B) oppoq, och pushti C) dum-dumaloq, bemaza D) tip-tiniq, quvnoq

VI. Uyga vazifa mavzuni o’qish va 129-betdagi 319-mashqni bajarish.

OZBEK TILI FANIDAN BIR SOATLI DARS ISHLANMASI MAVZU

O’ZBEK TILI FANIDAN BIR SOATLI DARS ISHLANMASI MAVZU: SALOMATLIK – TUMAN BOYLIK ( 6 – SINF) CHirchiq shahar 9 – umumta’lim maktabining Davlat tili o’qituvchisi Yuldasheva M. K.

DARSNING MAQSADLARI • Ta’limiy maqsad. O’quvchilarga haqida, to’g’risida ko’makchilari haqida ma’lumot berish, ularni nutqda qo’llash ko’makchilarini hosil qilish. • Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilarga salomatliktuman boylik ekanligini uqtirish, sog’lom turmush tarzi kechirishga undash. • Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini, o’z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish

SAVOL-JAVOB MASHQI • Siz sportning qaysi turi bilan shug’ullanasiz? • Respublikamizda sportga qanday e’tibor qaratilgan? • Yoshlar o’rtasida qanday sport bellashuvlari o’tkaziladi? • Siz qaysi bellashuvlarda ishtirok etgansiz?

2016 -yil Sog’lom ona, sog’lom bola yili • “ Oila sog’lom ekan- jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” ( I. A. Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “asaridan. )

“ Haqida, to’g’risida ko’makchilarining qo’llanishi”. • Yangi axborot berishda haqida, to’g’risida yordamchi so’zlaridan foydalaniladi. Bunday so’zlar ko’makchilar deb atalib, ular o’zi bog’langan so’z bilan birga bitta savolga javob beradi. • Masalan: Salomatlik haqida so’zlashmoq – nima haqida so’zlashmoq? • Kitob to’g’risida gapirmoq – nima to’g’risida gapirmoq?

Lug’at ishini bajarish. • • Qaddi- qomat- телосложен Semirmoq – полнеть, толстеть Xushbichim – стройный Bukchaymoq – гнуться ravon – ровный yugurish – буг piyoda – пешком muntazam- постоянно

Salomatlik haqida maqollar. • Sihat tilasang, ko’p yema, izzat tilasang, ko’p dema. • Salomatlik – tuman boylik. • Sarimsoq, sarimsoq yeganning tani sog’. • Boylikning boshi – sog’lik. • Tozalik – sog’lik garovi. • El sog’ligi – yurt boyligi.

. Mashq va topshiriq bajarish. • 1. Sog’lom bo’lish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. • 2. Ayniqsa, qollarning toza bo’lishiga ahamiyat berish kerak. • 3. ovqatdan oldin , uy hayvonlariga qaragandan so’ng qo’llarni sovunlab yuvish lozim. • 4. Tirnoqlarni olish va ularni aslo kemirmaslik kerak.

TEST SAVOLLARI • • • 1. Vatan himoyachilari kuni qachon nishonlanadi? A) 1 – yanvar B) 14 -yanvar C) 9 – fevral D) 9 -mayda 2. Birinchi Olimpiya o’yinlari qayerda bo’lib o’tgan? A) Italiyada B) Ispaniyada C) Germaniyada D) Yunonistonda 3. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying. Sport……. . garovi. A) Ozodalik B) Tinchlik C) Salomatlik D) Ozodlik 4. Daraja – miqdor ravishlarini aniqlang. A) Unda – bunda B) Birma – bir C) Hali –beri D) Nihoyatda, sal 5. Ko’makchilarni toping? A) Juda , ko’p B) haqida, to’g’risida C) birma-bir D) undabunda

Uyga vazifa • 3 – topshiriq “ Ibn Sino bobo – ulashar davo” she’rini yod olish.

Dars ishlanma ona tili 7 sinf

Ona tili 5-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash
Tovushlar tasnifi
Muallif:REPETITOR SERVIS

Qo’shib ajratib yozish imlosi. Bosh harflar imlosi. Chiziqcha bilan yozish imlosi
Muallif:REPETITOR SERVIS

Son so’z turkumi
Muallif:Yondaftar
Urg’u va uning turlari
Muallif:Yondaftar
“Sifat – so‘z turkumi”
Muallif:Yondaftar

Ona tili 6-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash
Yozuvda aks etmaydigan fonetik hodisalar
Muallif:REPETITOR SERVIS
XUSUSIYAT,HAJM-O’LCHOV,MAKON-ZAMON SIFATLARI
Muallif:Yondaftar

Ona tili 7-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash
ONA TILI. Fe’lning vazifa shakllari. Sof fe’l va sifatdoshning ifodalanishi
Muallif:REPETITOR SERVIS
So’z turkumlari
Muallif:Yondaftar

Ona tili 8-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash

Ona tili 9-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash
ONA TILI. Orfografiya. Imlo qoidalari. Unlilar imlosi
Muallif:REPETITOR SERVIS
Fe’lning munosabat shakllari. Zamon, shaxs-son, mayl
Muallif:REPETITOR SERVIS
Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish.
Muallif:Yondaftar

Ona tili 10-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash
ONA TILI. Leksikalogiya.So’z va leksika. Ko’chma ma’no turlari
Muallif:REPETITOR SERVIS
Hozirgi o’zbek adabiy tili fan sifatida.
Muallif:REPETITOR SERVIS

Ona tili 11-sinf ×

Ona tili kitobni Yuklash

Ona tili Kurs + ×

Qiziqarli malumotlar
Ona tili dars ishlanma 7-sinf