Ona tili dars ishlanma 7 sinf
Darsning mavzusi: Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi
« Может, я встречу тебя в подземелье? 4 » (4 сезон) смотреть онлайн
Описание сюжета «Может, я встречу тебя в подземелье? 4»
Огромный город под названием Орарио таит в себе много тайн. Искатели приключений знают, что под землей располагаются удивительные и в тоже время опасные лабиринты, из которых порой слишком трудно найти обратный выход. Запутанные пути между собой так и манят бесстрашных воинов, мечтающих испытать свои силы и ловкость, но не каждый сможет вернуться обратно, и назвать себя настоящим победителем. В то время как по чудесным, ухоженным улицам гуляют горожане, в подземелье творится настоящая борьба за жизнь, авантюристы со всего мира пытаются удовлетворить свои потребности в повышенном адреналине от эмоциональных событий.
В увлекательное путешествие отправляется Белл Крэнел, в душе он настоящий авантюрист, постоянно ищущий опасных приключений. Он жаждет встретиться с необычными трудностями, в которых станет победителем. Ему судьба уготовила интересную историю жизни, в этом приключение ему посчастливится встретиться с прекрасной богиней Гестией. Божественная сущность в поисках последователей, ей нужны те, кто будут предано служить ей, выполняя ее просьбы. В лабиринте парня будут преследовать встречи с красавицами, его сердце зачарует обворожительная воительница Айза, обладающая бесстрашием, силой, умом и ловкостью.
Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi
(Sifatning ma’no guruhlarining nomiga asosan o’quvchilar jamoasini 6 ta: “Xususiyat bildiruvchi sifatlar”, “Rang-tus bildiruvchi sifatlar”, “Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar”, “Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar”, “Hid bildiruvchi sifatlar”, “Makon-zamon sifatlari” guruhlariga bo’lib olamiz.
O’quvchilaning har bir to’g’ri javobi jamoaga “Oltin yulduzcha”ni olib keladi.)
1-topshiriq. O’quvchilarning har biriga 1 tadan 30 ta savol beriladi (5 daqiqa)
- Sifat so’z turkumi deb nimaga aytiladi?
- Sifat qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
- Sifat qaysi gap bolagi vazifasida keladi?
- Tub sifatga misol keltiring
- Yasam sifat deb nimaga aytiladi?
- Sifatning tuzilishiga ko’ra turlari?
- Qo’shma sifat deb ninaga aytiladi?
- Sifat+ot qolipi asosida qo’shma sifat hosil qiling
- Ot+sevar qolipi asosida qo’shma sifat hosil qiling
- Juft sifatga misol keltiring
- Sifatning nechta daraja shakli bor?
- Barcha darajalar uchun asos vazifasini bajaruvchi daraja shakli?
- –roq qo’shimchasi yordamida hosil bo’luvchi daraja shakli?
- “Bus-butun” sifati qaysi daraja shaklini hosil qilgan?
- Belgining me’yordan biroz kam ekanligini bildiruvchi daraja shakli?
- Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi daraja shakli?
- Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiruvchi daraja shakli?
- “Devoriy” so’zini darajalab bering.
- “Chiroyli” so’zining orttirma darajadagi shakli?
- Daraja ko’rsatkichiga ega bo’lmagan sifatlar?
- Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, (i)sh qo’shimchalari yordamida qaysi daraja shakli hosil qilinadi?
- Ozaytirma daraja shakli qaysi so’zlar yordamida hosil qilinadi?
- Sifat yasovchi qo’shimchalarni ayting
- O’xshashlik belgisini bildiruvchi sifat yasovchi qo’shimcha?
- “Ilmiy” tub sifatmi yoki yasama?
- Sifat bog’lanib kelgan ot gapda ba’zan tushib qoladi, natijada … fikrni davom ettiring.
- Sifatning nechta ma’no guruhi bor?
- “Kuzgi” so’zi sifatning qaysi ma’no guruhiga misol bo’la oladi?
- “To’g’ri o’zadi, egri to’zadi” ushbu gapdagi otlashgan sifatni aniqlang
- “Chiroyli” so’zi ingliz tilida qanday aytiladi?
2-topshiriq. O’qituvchi tomonidan yoddan 4 misra she’r aytiladi. O’quvchilar esa ushbu she’rda qatnashgan sifatlarni aniqlaydilar. Har bir guruh javobini yozma ravishda bayon qiladi. She’r 2 marta takrorlanadi. (5 daqiqa)
O’qituvchi: Vatan nima o’zi? Vatan sen va men!
Vatan ona-tuproq, yer, butun zamin.
Vatan balqi qasr yo oddiy kulba,
Vatan yoniq yurak, ko’ngilga taskin!
Javob: butun, balqi, oddiy, yoniq
3-topshiriq. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi yozuv taxtasi oldiga taklif qilinadi. O’quvchilar gapda ishtirok etgan sifatlarning daraja shaklini aniqlaydi. (7 daqiqa)
- Oftob balandroq ko’tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog’larda ham havo ochilib ketdi.
- Cho’qqilar avvalgidan ham ozroq va silliqroq ko’rinadi.
- Oyko’l qishlog’ida na ko’l bor, na kattaroq ariq.
- Oqlangan maktab binosi oydinda ko’kishroq ko’rinadi.
- Kuy ta’sirida tog’lar avvalgidan azizroq va ulug’vorroq ko’rininb ketdi.
- O’zbekiston – juda go’zal va maftunkor diyor.
4-topshiriq. Savatchadagi kubiklarning 6 ta yog’iga 6 xil surat yopishtirilgan. O’quvchilar guruhlarining nomidan kelib chiqib, suratlarga mos birikmalar hosil qilishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi taklif etiladi. (5 daqiqa)
- “Xususiyat bildiruvchi sifatlar “ guruhi (ot, o’quvchi, soat, ona, daraxt, ko’ylak)
- Chopog’on ot
- A’lochi o’quvchi
- Oltin soat
- Mehribon ona
- Mevali daraxt
- Yangi ko’ylak
- “Rang-tus bildiruvchi sifatlar” guruhi (olma, qalam, barg, paxta, gul, quyosh)
- Qizil olma
- Qora qalam
- Yashil barg
- Oq paxta
- Pushti gul
- Qizg’ish quyosh
- “Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar” guruhi (suv, nok, qalampir, olcha, bodring, anor )
- Chuchuk suv
- Shirin nok
- Achchiq qalampir
- Nordon olcha
- Sho’r bodring
- Taxir anor
- “Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar” guruhi (uy, Narvon, yo’l, bino, bola, ko’cha)
- Keng uy
- Uzun narvon
- Qisqa yo’l
- Baland bino
- Kichkina bola
- Tor ko’cha
- “Hid bildiruvchi sifatlar” guruhi (rayhon, botqoq, qo’ng’iz, atir, sarimsoq, balchiq)
- Xushbo’y rayhon
- Badbo’y botqoq
- Sassiq qo’ng’iz
- Xushbo’y atir
- Sassiq sarimsoq
- Badbo’y balchiq
- “Makon-zamon bildiruvchi sifatlar” guruhi (uy, kiyim,yozuv, mevalar, gullar, olma)
- Qishki uy
- Yozgi kiyim
- Qadimgi yozuv
- Kuzgi mevalar
- Bahorgi gullar
- Kechki olma
5-topshiriq. Sxema-boshqotirma. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi yozuv taxtasi yoniga chiqariladi va sxema ichidagi bo’sh joylarni sifat so’z turkumidagi so’zlar bilan to’diradilar. (5 daqiqa)
6-topshiriq. Guruhlar otlashgan sifat ishtirok etgan maqollardan aytadilar. Maqol aytishdan to’xtagan guruh o’z-o’zidan yutqazadi. (5 daqiqa)
- To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
- Yaxshi yurt tuzadi, yomon yurt buzadi.
- Yomonning bog’i ko’karmas.
- Dono o’ylab gapirar, nodon o’ynab.
- Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’.
- Dangasaning bahonasi ko’p.
Darsni mustahkamlash maqsadida muammoli savol e’lon qilaman:
Sifat va sifatdoshning farqini tushuntirib bering.(3 daqiqa)
Dars yakuni:(3 daqiqa) “Oltin yulduzcha”lar hisoblanib, g’olib jamoa aniqlanadi.
Uyga vazifa: (2 daqiqa) Sifat so’z turkumini qatnashtirib “Men sevgan kitob” mavzusida matn yaratish.
- 6-sinf ona tili darsligi 2017
- “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” kitobi 2016
- Oripov “Saylanma” she’riy to’plam
- “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2016, 2017
18-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Usmonova Dildora Ro’ziqulovnaning
ona tili fanidan tayyorlagan
bir soatlik dars ishlanmasi
Ishtirokchining ismi, sharifi, otasining ismi: Usmonova Dildora Ro’ziqulovna
Ish joyi: Navoiy viloyati Uchquduq tuman 18-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Lavozimi: ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Fan nomi: ona tili
O’quvchi soni: 30 nafar
Darsning mavzusi: Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi
Sifat so’z turkumini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning sifat so’z turkumi yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, sifat so’z turkumiga oid so’zlarni nutq jarayonida o’rinli qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat
Qiziqarli malumotlar
Ona tili dars ishlanma 7-sinf