Ona tili 5 sinf 170 mashq

Ona tili 5 sinf 170 mashq

⚡️ Unda Personal statement va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

Facebook

Matematik tafakkur – tayyor bo’lgan ilg’or darslikdagi eng muhim yangilik!

Tadqiqotlarga koʻra, hisob-kitobni yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchidan koʻra, matematik mushohada hamda mantiqiy fikrlash koʻnikmasiga ega oʻquvchi hayotda ko’proq muvaffaqiyat qozonar ekan. Bu ko’nikma orqali odam matematik bilimlarini hayotda qo’llaydi, turli vaziyat va muammolarga tez yechim topadi.

Shuni hisobga olib, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va milliy tajriba asosida tayyorlangan Milliy oʻquv dasturida ham o’quvchining matematik tafakkurini rivojlantirishga e’tiborni qaratilgan.

Shuningdek, ilg’or o’quv dasturi asosida yaratilgan 1-sinf Matematika darsligida ham ilk bor farzandlarimizni matematik mushohadaga chorlaydigan mashg’ulot va topshiriqlarga keng o’rin berildi.

· 6 комментариев · 22 репостов

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta’lim olishni istaysizmi?

“Personal statement” ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️ UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun “Maktab maslahatchisidan tavsiyalar” rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️ Unda Personal statement va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda “Motivation letter”ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.

Смотреть видео

Страница Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования была в прямом эфире.

Смотреть видео
10 комментариев 13 репостов

Страница Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования была в прямом эфире.

Nufuzli Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’tkazilayotgan o’quv mashg’ulotlari jarayonidan jonli reportaj

Смотреть видео
17 комментариев 5 репостов

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования

“ОИЛАДА ОБРЎЙИМ ОШИБ КЕТГАН” — Президент ва ўқитувчи суҳбатидан.

Қашқадарёлик инглиз тили фани ўқитувчиси Президентга 1000 доллар маош олиши ҳақида сўзлаб берди.

Смотреть видео
38 комментариев 22 репостов

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования

Sen meni iflos qilsang ham, men seni qadrlayman. Ishonaman sen ham meni qadrlaysan va ekologiyaga amal qilasan.

Atrof-muhitni saqla. Uni ozoda tutishga o’z hissangni qo’sh!

Береги окружающую среду. Внеси свой вклад в поддержании её чистоты!

Смотреть видео
5 репостов

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования

OYIGA 25 MILLION SO‘MGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN NAMANGANLIK O’QUVCHI

Namangan shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida maktab davridanoq kamida 2 ta til va bir kasb-hunarni mukammal egallashi yo‘nalishdagi ishlar samarasini yaqqol ko‘rish mumkin. 2900 nafardan ortiq o‘quvchi taʼlim olayotgan maktabda o‘g‘il-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtlari 20 dan ziyod kasb-hunar, fan, sport va sanʼat yo‘nalishidagi to‘garaklarda mazmunli tashkil etilmoqda.

10-sinf o‘quvchisi Akbarjon Isakaliyev 4 – 5 yildan buyon avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib keladi. Hozirda ushbu kasbni professional darajada mukammal egallagani bois oyiga 25 million so‘mgacha daromad topishga erishmoqda.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

Смотреть видео
Комментарии: 1 9 репостов

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakant lavozimlarini eʼlon qiladi

Institutning ikkita ilmiy bo‘limi, yaʼni Kasb-hunarga yo‘naltirish metodologiyasi ilmiy-tadqiqot bo‘limi va Taʼlim sifatini baholash ilmiy-tadqiqot bo‘limlariga mudirlikka vakant lavozimlar mavjud.

Bunda malaka talablari-oliy maʼlumot, fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori ilmiy darajalaridan biriga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ilmiy ishlari mavjudligi va taʼlim sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi ham lozim.

Oylik maoshi- 8 355 440 so‘m

Boshqa vakant lavozimlar va malaka talablari to‘g‘risida institutning rasmiy veb-saytida https://avloniy.uz/uz/about/vacancies havolasi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun tel: (71) 246-98-69
❕ Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy

Ona tili 5 sinf 170 mashq

Muallif: Usarboy Turmatov

Viloyat: Toshkent viloyati

Shahar yoki tuman: Yangiyo`l tumani

Maktab: 21-мактаб

Ko’rishlar soni: 71

Yuklab olishlar soni: 29

Baholagan o’qituvchilar soni : 0

Yuklab olish

Qo’llanma asosan 5-6- sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan, uning koʻpgina mashqlari 4 sinfdan boshlab qoʻllanilishi mumkin va barcha materiallarni oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilariga foydalidir; u darsda ishlash uchun ham, o’quvchining uyda mustaqil ishlashi uchun ham mo’ljallangan. Ushbu o’quv qo’llanmaning asosiy maqsadi maktab matematika kursini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun zarur komponentlar sifatida natural sonlar, oddiy kasrlar ustida amallar bajarish va o’nli kasrlar bilan hisoblash bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish, bolalar diqqatini va tezkor xotirasini rivojlantirishdir. Qo‘llanma ota-onalarga farzandining haqiqiy bilim darajasini tekshirish imkoniyatini beradi va unga matematika bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egallashga, hisob-kitoblarga tizimli tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Bunday mustahkam bazasiz maktab matematikasini o’rganish mumkin emas, Bu o’qituvchiga darsda ishlarni tashkil etish, yanada samarali va boy qilish, bolalarni og’zaki va yozma hisob-kitoblarga kundalik o’rgatishda yordam beradi. Qo‘llanma vazifalari o’quvchiga qisqa vaqt ichida katta hajmdagi hisob kitoblarni bajarishni taklif qilish imkonini beradi. Shunday qilib, nafaqat o’z hisoblash qobiliyatlari sayqallanadi, balki diqqat ham oshiradi, o’quvchining tezkor xotirasi rivojlanadi. Bunday mashg’ulotlar natijasida har bir bola tez va to’g’ri hisoblash va fikrlashni o’rganadi, o’z-o’zini tekshirishning turli usullarini o’zlashtiradi.

Baholash

Reyting: 0 ball

Qiziqarli malumotlar
Ona tili 5 sinf 170 mashq