«Omikron» shtammi haqida JSST ma’lumotlari.
«Omikron» shtammi haqida JSST ma’lumotlari. Kuzatishda davom etamiz…«Omikron» shtammi haqida JSST ma’lumotlari.
DO`STLARGA ULASHING:
⠀
2021 yil 26 noyabr kuni JSST tomonidan «Omikron» nomli B.1.1.529 koronavirus shtammi ro‘yxatga olindi. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan, ayni damgacha olingan ma’lumotlarni taqdim etamiz:
⠀
«Omikron» boshqa shtammlarga qaraganda tezroq yoki sekinroq tarqalishi hozircha ma’lum emas. Janubiy Afrikada kasallik yuqishi holatlari ortdi, ammo bu yangi shtammga bog‘liqligini aniqlash uchun olimlar tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.
⠀
Infeksiya kasallikning yanada og‘irroq kechishiga sabab bo‘lishi hanuz noma’lum. «Omikron» shtammi keltirib chiqaradigan alomatlarning boshqa variantlarga nisbatan farqi haqida ham ma’lumotlar yo‘q. COVID-19’ning barcha turlari og‘ir holatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
⠀
Dastlabki ma’lumotlar «Omikron» shtammi tufayli qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatib turibdi. Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar yaqin haftalar ichida taqdim etiladi.
⠀
PZR-testlar infeksiyani, jumladan, «Omikron» shtammini ham aniqlaydi. JSSTning ta’kidlashicha, kasallik og‘ir kechishi va o‘limga olib borish holatlarini kamaytirishda vaksinalar hanuzgacha hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
⠀
JSST yangi shtamm bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni olish, uning tarqalishiga qarshi strategiya ishlab chiqish va davo usulini imkon qadar tezroq topish uchun turli davlatlardagi ko‘p sonli tadqiqotchilar ishini muvofiqlashtirishda davom etmoqda
«Omikron» shtammi haqida JSST ma’lumotlari.