“Omicron”ning yangi turi topildi. U PZR testda aniqlanmaydi
Koronavirusning «omicron» shtammining PZR testlarida aniqlash qiyin bo`lgan turi topildi. Bu navni odatiy testda aniqlash qiyinligi uchun «ko`rinmas» deb atalmoqda.
Ta`kidlashicha, yangi variant mutasiyalar to`plami bo`yicha standart «omicron»ga o`xshash, biroq unda sinov orqali aniqlash imkonini beruvchi qism etishmaydi. Olimlarning aytishicha, tuzilishdagi farqlar tufayli yangi tur allaqachon ma`lum bo`lgan turdan farqli o`laroq tez tarqalishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislar B.1.1.529 deb nomlangan dastlabki «omicron»ni kichik turlarga bo`lishgan. Dastlab ma`lum bo`lgan nav BA.1, yangi «ko`rinmas» deb atalayotgani BA.2 deb nomlangan.
Ma`lumot uchun «omicron»ning bu yangi navi bilan kasallanish Janubiy Afrika mintaqasi, Avstraliya va Kanadada aniqlangan. Hozirda yangicha navni yuqtirgan bemorlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti «omicron» “delta» shtammiga qaraganda osonroq yuqishi mumkinligini ta`kidladi. JSSTning shoshilinch kasalliklar bo`limi rahbari, epidemiolog Mariya Van Kerxovening aytishicha, «omicron» koronavirusning engil shtammini keltirib chiqaradi. Shuningdek, hozirgacha bu shtamm bilan bog`liq o`lim qayd etilmagan.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
“Omicron”ning yangi turi topildi. U PZR testda aniqlanmaydi