Omfolit — chaqaloq kindigini noto‘g‘ri parvarishlash oqibati
Omfolit — chaqaloq kindigini noto‘g‘ri parvarishlash oqibati
DO`STLARGA ULASHING:
📜Omfolit — chaqaloq kindigini noto‘g‘ri parvarishlash oqibati
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni neonatolog shifokor ilk bora tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi hamda uni birinchi marta gigiyenik parvarish qiladi. Mittivoyning kindigidagi tomir urishi to‘xtashi bilan barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda unga spirt bilan ishlov berilib, rezina halqa yordamida qattiq qisiladi.
✅Omfalit qanday kasallik?
Omfalit – kindik yarasi sohasidagi teri va uning ostidagi yog‘ qavatining yallig‘lanishidir. Bunday dardga chalinishga ko‘proq chala tug‘ilgan chaqaloqlar, muddatidan o‘tib tug‘ilgan go‘daklar, homila ichi infeksiyasi mavjud bo‘lgan holatlarda moyillik kuchli bo‘ladi. Yana boshidan kislorod yetishmovchiligi kabi salbiy holatni o‘tkazgan mittivoylar ham xavfli guruhga kiritiladi.✅Kasallik qo‘zg‘atuvchisi-stafilokokk, streptokokk, 30 foiz holatlarda ichak tayoqchasi va klebsiyella kabi mikroorganizmlar hisoblanadi. Birlamchi omfalit – bevosita kindik yarasiga infeksiya tushishi va ikkilamchi tug‘ma nuqsonlar oqibatida virus tushishi hisobiga rivojlanadi.
✅Kataral omfalit
Kataral omfalit – kasallikning eng ko‘p uchraydigan turi. Kindik yarasining butunlay bitishi me’yorda tug‘riqdan so‘ng 12-14 kuni kuzatilsa, bu kasallikda yaradan seroz, seroz – gemorragik, ba’zan seroz – yiringli suyuqlik ajralib turadi. Yara po‘stlog‘i tushadi. Ammo unda bitish jarayoni boshlanmaydi. Terida qizarish va shish kuzatiladi. Kindik yarasining namlanishi 2 hafta va undan uzoq davom etsa granulyasion to‘qimaning haddan tashqari o‘sib ketishi – kindik fungusining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bolaning umumiy ahvoli kataral omfalitda deyarli o‘zgarmaydi. Ba’zan unda tana haroratining biroz ko‘tarilishi kuzatiladi.✅Flegmonoz omfalit
Flegmonoz omfalitda – yallig‘lanish jarayoni atrof to‘qimalarga tarqab ketadi. Bu kataral omfalitning uzoq davom etishidan kelib chiqadi. Bolaning umumiy ahvoli og‘irlashadi, uning tana harorati 38 C darajaga ko‘tariladi. Go‘dak lanj bo‘lib, uning emishi sustlashadi. Uyqusi notinch bo‘ladi. Tana vazning ortishi kamayadi. Chaqaloqning ozib ketishi, immunitetining pasayishi flegmonoz omfalitning zudlik bilan nekrotik (yaraning chirishi) turiga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi.
Omfolit — chaqaloq kindigini noto‘g‘ri parvarishlash oqibati