OMBOR ZARARKUNANDALARI
OMBOR ZARARKUNANDALARI — don, chorvachilik mahsulotlari va b. ni zararlaydigan hasharotlar, jonivorlar. Omborlar, elevatorlar, tegirmonlar, makaron va konditer mahsulotlari f-kalari, odamlar yashaydigan binolar va b. joylarda tarqalgan; shuningdek, dala va gʻalla xirmonlarida ham uchraydi. Ombor zararkunandalarining koʻpchiligi hasharotlar sinfining qoʻngʻizlar (qattiq-qanotlilar), kapalaklar (tangaqanotlilar) turkumiga, shuningdek, oʻrgimchaksimonlar sinfining kanalar turkumiga mansub. Qushlar va sut emizuvchilar sinfi vakillari orasida ham Ombor zararkunandalari bor. O. z. butun Yer yuzida keng tar-qalgan. Ombor zararkunandalaridan ombor uzuntumshuq qoʻngʻizi (mitasi), guruch mitasi, kichik un mitasi, toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita, katta un mitasi, surinam un-xoʻri, gilam qoʻngʻizi, toʻq qoʻngʻir mita, mugʻombir trogoderma, qoʻngʻir terixoʻr, Mavritaniya qoʻngʻizi, kalta sargʻish unxoʻr, vetchina terixoʻri, don parvo-nasi, ombor kuyasi, don kuyasi, tegir-mon parvonasi, un parvonasi, janub ombor parvonasi, un kanasi, choʻziq kana, qoramtir kana, oddiy tukdor kana va b. koʻp tarqalgan boʻlib, katta zarar keltiradi. Bulardan kichik un mitasi (Tribolium confusum Duv.), toʻq qoʻngʻir mita (Alphitobius laevigatus F.), katta un mitasi (Tenebrio molitor L.), toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita (Tribolium castaneum Herbst.), kalta moʻylovli sargʻish unxoʻr (Cryptolestes ferrugineus Steph.), qoʻngʻir terixoʻr (Attagenus simulens Solski.), don parvonasi (Sphestia elutella Hb.), janub ombor parvonasi (Plodie interpunctella Hb.), ombor kuyasi (Tinea granella L.), don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv.), choʻziq kana (Tyrophagug putres centia Ouds.), un kanasi (Acarus siro L.), oddiy tukdor kana (Glycyphagus destructor Schrk.) va b. paxta, chigit, kun-jara, shulxa va b. maxsulotlarning xavfli zararkunandalaridir.
Ensiklopediya.uz
OMBOR ZARARKUNANDALARI