OLTINSARIN

OLTINSARIN

OLTINSARIN Ibray (1841.20.10 – 1889.17.7) — qozoq yozuvchisi va maʼrifatparvari, milliy badiiy nayerning asoschilaridan. Orenburg sh. dagi rus maktabida oʻqigan (1850 — 57). 1860—69 y. lar Toʻrgʻaydagi rus-qozoq maktabida oʻqituvchi, 1879-y. dan Toʻrgʻay viloyatidagi qozoq maktablari inspektori. Oltinsarinning tashabbusi bilan qozoq bolalari uchun 7 ta boshlangʻich volost maktabi, 4 ta 2 yillik maktab, 1 ta hunar bilim yurti va qozoq oʻqituvchilari uchun maktab ochilgan (1883-y. Orsk sh.). O. shu maktablar uchun ilk dareliklar, majmualar («Qirgʻiz xrestomatiyasi», 1879) yozgan. «Daryo», «Yoz», «Kel bolalar, oʻqiylik!» singari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhidagi sheʼrlari, «Qipchoq Saidqul», «Boy bolalari bilan Husan» sin-gari axloq-odobga oid kitoblari ilk marotaba ana shu majmualarga kiritilgan. Qozoq folkloriga oid bir qancha asar toʻplagan va nashr ettirgan («Luq-moni Hakim», «Yolgʻonning zarari», «Saxiy», «Izbosti biy» balladalari, «Qora botir», «Kal bola» ertaklari, «Qoʻblandi» eposi va b.).

Ensiklopediya.uz
OLTINSARIN