OLTIN OʻRDA

OLTIN OʻRDA

OLTIN OʻRDA, Joʻji ulusi — 13-a. ning 40-y. lari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomo-nidan asos solingan davlat. 1224-y. Joʻji ulusi Xorazm, Shim. Kavkazdan iborat edi. 1236—40 y. larda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga karam boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qooniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq sav-do markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon bosh-qargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan. Yana quyidagi mansab va amallar boʻlgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach (boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi (taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), koʻpirchi, kemachi, yomchi, ovchi.

Ensiklopediya.uz
OLTIN OʻRDA