OLMAOTA VILOYATI
OLMAOTA VILOYATI — Qozogʻistonning jan.-shar-qidagi viloyat. 1932-y. 10-martda tashkil qilingan. Mayd. 104,7 ming km2. Aholisi 1614,8 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar. shuningdek, rus, ukrain, uygʻur, koreys va b. ham yashaydi. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Olmaota sh. Viloyat jan. da Shim. Tyanshan togʻlari, shim.-gʻarbda Balxash koʻli va shim.-sharkda Ili daryosi oraligʻida joylashgan. Sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Olmaota viloyati hududining shim. qismi Jan. Yettisuv tekisligi yoki Balxash boʻyi tekisligi (bal. 300—500 m)dan iborat. Jan. qis-mini Ketmon, Orqa Ili Olatovi va Kungay Olatovning shim. etaklari (bal. 5000 m) egallagan. Olmaota viloyati shim. qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9 dan —10° gacha), yozi issiq (iyulning oʻrta-cha t-rasi 24°). Yillik yogʻin 100 mm dan (choʻdda) 1000 mm gacha (togʻlarda). Vegetatsiya davri 205—225 kun. Viloyatning shim. va shim.-gʻarbida oqar suvlar de-yarli yoʻq. Birgina Ili daryosi oqadi. Jan. togʻ oldi qismlarida oqar suvlar koʻproq. Koʻpchilik daryolar togʻlardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bor-may, qumlarda tugaydi yoki sugʻorrplga sarf boʻladi. Togʻlarda chuchuk suvli kichik koʻl va mineral buloqlar koʻp. Olmaota viloyatining shim.-gʻarbiy qismida gilli qoʻngʻir tuproq, boʻz tuproq va shoʻrxoklar, Ili daryosi vo-diysida qamish, saksovul oʻsadi, toʻqaylar uchraydi. Togʻlarda 600 m dan yuqorida shuvoqchalov betaga dashtlari; 800—1700 m balandlikda oʻtloq, 1500—1700 m da subalp oʻtloqlari mintaqasi boʻlib, igna bargli daraxtlar ham aralash oʻsadi. 2800 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlari va butazorlardan iborat. Choʻllarda qum sichqoni, to-vushqon, jayran, yeliq, boʻri, tulki, boʻrsiq, Ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltake-sak, falanga, qorakurt, togʻlarda bars, silovsin uchraydi. Balxash kuli va Ili daryosida baliq koʻp. Orqa Ili Olatovi yon bagʻrida Olmaota qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Ensiklopediya.uz
OLMAOTA VILOYATI