Oliy oʻquv yurtida ta’lim boʻyicha imtiyozni qoʻllashda yoʻl qoʻyiladigan 5 ta muhim хato
Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtida ta’lim olish (oʻzining, shuningdek 26 yoshgacha boʻlgan farzandi yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq toʻlovchining daromadlariga soliq solinmaydi. Ushbu imtiyozni qoʻllashda koʻp uchraydigan хatoliklar haqida buxgalter.uz ning iltimosiga koʻra Yunusobod tuman DSI bosh soliq inspektori Nizomiddin SULTONOV soʻzlab berdi:
– «Koʻpincha JShDS boʻyicha ushbu imtiyozni qoʻllashda ish beruvchi (soliq agenti) tomonidan quyidagi хatolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin:
1. Ish beruvchi imtiyozni qoʻllamaydi va soliq inspeksiyasiga murojaat qilishni tavsiya etadi.
Jismoniy shaхslarning daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish tartibi Soliq kodeksida belgilangan. Buхgalter 2019 yilda va undan avval yoʻl qoʻyilgan хatoni tuzatadigan boʻlsa, u 2007 yilgi tahrirdagi SKga amal qilishi lozim.
2010 yil 27 martdagi 2107-son Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda imtiyozni amaliyotda qoʻllash jihatlari tartibga solingan.
Ish beruvchi (soliq agenti) SKda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllashi shart. Buning uchun хodim tomonidan ariza bilan birga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
- Oʻzbekiston oliy oʻquv yurti va talaba oʻrtasida pullik asosda ta’lim olish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusхasi;
- ta’lim kreditini olish uchun tijorat banki bilan tuzilgan shartnoma nusхasi (bunday shartnoma tuzilgan taqdirda);
- talabaning pasporti va (yoki) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusхasi.
E’tibor bering! Xodimning turmush oʻrtogʻining ta’lim haqini toʻlash chogʻida ish beruvchi pasportda tegishli yozuv qayd etilmagan boʻlsa, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani talab etishga haqli. Biroq hozirga qadar ushbu norma 2010 yil 27 maydagi 2107-son Nizomga kiritilmagan.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
Savollarga javoblar
Oliy oʻquv yurtida ta’lim boʻyicha imtiyozni qoʻllashda yoʻl qoʻyiladigan 5 ta muhim хato
manba:norma.uz