Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Mehnat kodeksi koʻrib chiqiladi
10 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisini 2022 yil 17 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Ikki kun davomida boʻlib oʻtadigan yalpi majlis doirasida bir qator masalalar, jumladan quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:
- “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”;
- “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”;
- “Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida”;
- “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”;
- “Reklama toʻgʻrisida”.
“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.
Yalpi majlisda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini oʻzgartirish va Koʻkdala tumanini tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Savollarga javoblar
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Mehnat kodeksi koʻrib chiqiladi
manba:norma.uz