Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisi 26 avgustda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisini 2021 yil 26 avgust kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Ular orasida:
- “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi;
- “Qishloq хoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati organlari хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
- “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi koʻrinishdagi 5 000 soʻmlik va 10 000 coʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Savollarga javoblar
Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisi 26 avgustda boʻlib oʻtadi
manba:norma.uz