Olimlar qon saratonining oldini olish usulini topishdi
AQShning Vanderbilt universiteti olimlari TCL1A genini bloklash keksa yoshli kishilarda qon saratoni rivojlanishiga to`sqinlik qilishini aniqladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buning uchun 5000 dan ortiq kishining tibbiy ma`lumotlari tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayralari bo`linishini qo`zg`atuvchi genni topishga muvaffaq bo`ldi.
Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, endi TCL1A geniga yo`naltiriladigan dorilar orqali saraton hujayralari o`sishini to`xtatish mumkin.
Mualliflar fikricha, yosh o`tishi bilan inson organizmdagi bo`linuvchi hujayralar turli mutasiyalarga uchraydi. Ularning aksariyati zararsiz.
️Ammo keksa yoshli kishilarning 10 foizdan ortig`ida qon saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mutasiyalar rivojlanadi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Olimlar qon saratonining oldini olish usulini topishdi