OLIMJONOV
OLIMJONOV Hoshimjon (1940.3.5, Andijon viloyati, Qoratepa qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artista (1987). 1961-y. dan Andijon teatrida aktyor, rej. yordamchisi. «Oq nilufar» spektaklidagi Ariyaka uning teatrdagi birinchi rolidir. U sahna sirlarini Abbos Bakirovdan oʻrgangan. Qoraxoʻja («Nodira»), Hoji («Nurxon»), Qosimbek («Bobur»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Xudoyorxon («Mexrobdan chayon»), Ezop («Ezop»), Gloster («Qirol Lir»), Qirol Eduard («Richard III»), Mafiya boshligʻi («Qotil kim?»), Boboxon («Tohir va Zuhra»), Shohjahon («Zebun-niso»), Sulaymon baʼzoz («Choʻlpon») kabi rollar ijro etgan. Olimjonov bir kancha filmlar («Saraton», «Qullar» va b.) va videofilmlar («Mehrobdan chayon» va b.)da ham suratga tushgan.
Ensiklopediya.uz
OLIMJONOV