OLENEK
OLENEK — Saxa (Yakutiya)dagi dare, bosh qismi Krasnoyarsk oʻlkasida. Uz. 2292 km, havzasining mayd. 220 ming km2. Vilyuy platosidan boshlanadi. Chapdan Bur daryosi quyilgandan ke-yin Shim. Sibir pasttekisligi boʻylab shim.-gʻarbga buriladi. Laptevlar dengizining Olenek qoʻltigʻiga quyilish joyida delta (mayd. 475 km2, uz 20 km) hosil qilgan. Yirik irmoqlari: chapdan — Bur, Buolkalax. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Kuyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 1210 m3/ sek. Sent. oxiri — okt. da muzlab, may — iyunda muzdan boʻshaydi. Daryoda baliq turi kup. Olenek boʻyida Olenyok, Tay-milir, Ust-Olenyok aholi punktlari joylashgan.
Ensiklopediya.uz
OLENEK