OLEIN KISLOTA

OLEIN KISLOTA

OLEIN KISLOTA (lot. oleum – yog, moy) , SN3(SN2)7SN=SN(SN2)7SOON — bir asosli toʻyinmagan yogʻ kislota. Mol. m. 282,46, kristall holdagi 2 ta modi-fikatsiyasi (a,R) bor: a – shaklining suyuklanish t-rasi 13,4°, (3 – shaklining suyuklanish t-rasi esa 16,3°. Qaynash t-rasi 225—226°. O. k. — tabiatda keng tar-qalgan kislotalardan biri; hayvon va oʻsimlik yogʻlarida triglitserid holida uchraydi. Olein kislota lok, emal, alifmoy va boʻyoklarning asosi boʻlib xizmat qiladi. Baʼzi efirlari sellyuloza plasti-fikatorlari sifatida ishlatiladi. Olein kislota tuzlari sovundir.

Ensiklopediya.uz
OLEIN KISLOTA