OLAY VODIYSI

OLAY VODIYSI

OLAY VODIYSI — Qirgʻizistonning Pomir-Olay togʻlari orasidagi botiq. Gʻarbdan sharqqa (Olay va Orqa Olay tizmalari orasida) 150 km ga yoʻnalgan. Eni 8—25 km. Mayd. 1700 km2 ga yaqin. Balandligi gʻarbida 2240 m, sharqida 3536 m (Tomurun dovoni). Olay vodiysi tagi allyuvial va prolyuvial jinslardan tuzilgan, jan. da va qisman oʻrta qismida morenali past-baland qator tepalar mavjud. Togʻ yaylovi, gʻarbida — Qizilsuv daryosi boʻylarida sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlar bor.

Ensiklopediya.uz
OLAY VODIYSI