OKSITAN TILI
OKSITAN TILI, provansal tili — roman tillariaan biri; Jan. Fransiyada, shuningdek, Italiya shim. da tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shim. oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va urta oksitan (langedok, pro-vans), shu b-n birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili 11-a. dan mavjud, 12—13a. larda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. 13-a. da Pirovansning Shim. Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hoz. Oksitan tili dagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad – yozuv yodgorliklari 10—11a. larda yaratilgan.
Ensiklopediya.uz
OKSITAN TILI