OKSIDLANISH ZONASI

OKSIDLANISH ZONASI

OKSIDLANISH ZONASI (geologiyada) — sulfidli konlarning yer yuziga yaqin qismini oʻz ichiga olgan va yer osti suvlari sathidan yuqorida joylashgan qismi. Oksidlanish zonasida yer yuzasidan chuqurroq qatlamlarga oʻtayetgan suv va unda erigan kislorod, karbonat angidrid va kislotalar taʼsirida turli minerallar yemirilib, muayyan sharoitda past bosim va t-raga mos yangi kristalli va kolloid birikmalar hosil boʻladi. Bu birikmalar kimyoviy tarkibi jihatidan yemirilayotgan mineral va jinslarga yakin boʻlib, kislorod va suv molekulasining koʻpligi b-n ajralib turadi.

Ensiklopediya.uz
OKSIDLANISH ZONASI