OKLAXOMA

OKLAXOMA

OKLAXOMA — AQSHning jan. qismidagi shtat. Mayd. 181,1 ming km2. Axrli-si 3,5 mln. kishi (2002), 68% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markaziy — Oxlaxoma-Siti sh., iqtisodiy markazi — Yer yuzasining koʻp qismi tekislik, gʻarbi esa plato (eng baland joy 1516 m). Jan.-sharqida Uoshito togʻining tarmoqlari bor (eng baland joyi 884 m). Iklimi subtropik iklim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—6°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 450—1000 mm. Yirik daryolari: Arkanzas va Red-River. Hududining koʻp qismi ekinzor. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati. Oklaxomada neft, tabiiy gaz, rux va koʻmir qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan, kon va kurilish uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Q. x. da goʻsht-sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, paxta va makkajoʻxori ekiladi. Oklaxomadan boshqa shtatlarga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.

Ensiklopediya.uz
OKLAXOMA