OILA PUDRATI

OILA PUDRATI

OILA PUDRATI — mehnatni tashkil etishning ichki xoʻjalik shakli, ja-moa pudrati koʻrinishlaridan biri. Bunda oila pudratchi boʻlib shartnoma tuzadi. Shuningdek, Oila pudrati tomoyilida qarindoshchilik aloqalari boʻlmagan kichikroq jamoalar (5 kishigacha) ham ishlashi mumkin. Xoʻjalik bilan Oila pudrati munosabatlar pudrat shartnomasi bilan kelishib olinadi. Oila pudratida ishlayotgan ja-moa i. ch. vositalaridan foydalanadi. Ular yetishtirgan mahsulot shirkat xoʻjaligi mulki hisoblanadi. Oila pudratida xodimlar faqat mahsulot i. ch. bilan band boʻladi, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, mahsulot topshirish, ijtimoiy va agrozootexnika xizmati masalalarini xoʻjalik rahbari-yati hal etadi.

Ensiklopediya.uz
OILA PUDRATI