Oila psixologiyasi kitob pdf

Oila psixologiyasi kitob pdf

1. Akramova F.A “ Oilaviy hayotga oid psixologik tavsiyalar” T. “Sams ASA” 2002

Oila qurish ostonasidagi yoshlar psixologiyasini o’rganish.

Annotatsiya : Ushbu maqolada hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri bo’lgan yoshlar psixologiyasi, ularni oilaga tayyorlash bosqichlari hamda oila psixologiyasini o’ganish va ularni hayotga tadbiq etish nechog’lik muhim ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: Yoshlar psixologiyasi, jamiyat, madaniyat, insoniyat, oila psixologiyasi,

Annotation : This article highlights the psychology of the youth, the preparation them to get married and learning the psychology of family in the process which is one of the most pressing issues of our time, as well as to convey that is most significant to use the knowledges in our life.

Key words : The psychology of the youth, society, culture, life, humanity, family’s psychology.

Psixologiya – bu ko’plab fanlarni o’zida mujassam etgan, hayot va hayol chegarasidagi ko’prik bo’la oladigan har doim turfa yangiliklari bilan insoniyatni o’ziga tortib keladigan ruhiyat olamidir.Uning tarmoq va bo’limlari turlichaligi barchamizga ma’lum.Bular orasida yoshlar psixologiyasini o’rganish hamisha e’tiborda bo’lib kelgan. Yoshlar nafaqat kelajakning, balki bugunning ham egalaridir. Turli sohalarda o’zlarining muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlarining havasini keltirayotgan o’zbek yoshlari talaygina. Bu albatta yoshlikdagi izlanish, ota-onalar va ustozlar qo’llab quvvatlashi natijasi o’laroq olmosning suv ostidan chiqib yorqin nur taratishidir go’yo.

Farzand dunyoga kelarkan, ota-onasi uni voyaga yetkazguncha parvona bo’ladi, u mustaqil harakatlanish, yurish, o’qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligi o’rgatadi. Hammamizga ma’lumki, insoniyatning mehr-muhabbat hurmat va ishonch asosida tuzilgan ilk jamiyati uning oilasi. Oila hayotning abadiyligi, avlodlar sog’ligi va davomiyligini ta’minlaydigan, milliy an’ana va urf-odatlarimizni kelgusi avlodlarga qoldiradigan, shu bilan birga kelajak avlodni qanday bo’lib kamol topishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir. Hozirgi axborot-kommunikatsiyasi rivojlangan davrda yoshlarni mustaqil shaxs sifatida jamiyatga tayyorlash davomida dastavval, uning o’z fikri, qarashlari, ayta olishi uchun o’z so’zi bo’lishini ta’minlab berish hozirgi zamonaviy farzandlarning zamonaviy ota-onalaridan talab etilayotgan muhim jihatidir.

Oila – jamiyatning dastlabki bo’g’inidir, zeroki oila qurish va uni mustahkamlash jamiyat davomiyligining asosiy me’zonidir. Turk olimi Yusuf Tovasliy ning “Hikmatlar xazinasi” to’plamida keltirilishicha “Alloh bergan qonunga ko’ra, hayotga qadam qo’yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo’ladi. Erkaklar ayollar uchun ayollar erkaklar uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan bu qonunni hech kim buza olmaydi.’’

Farzandlar ulg’aygach ota- ona zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ularni katta hayotga kuzatish yani oila deb atalgan qo’rg’onning sohibi va sohibasiga aylantirishdir. Buning esa o’ziga xos yozilgan va yozilmagan qoidalari mavjud.Oila deb atalmish muqaddas makon, “oila qasri’ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo’lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to’g’ri qo’yilishiga bog’liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo’lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko’rkam, shinam, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag’ishlaydigan bo’ladi.

Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy- psixologik muommolarini yoritishga bag’ishlanganpsixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko’rinishlari farqlanadi, jumladan:

1. Oilaviy hayotga yetukligi :

Nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning jinsiy, huquqiy, kasbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy yetukliklarini farqlash mumkin.bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko’rsatkichlari yetarlicha aniq ma’lumotlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jixatlari biroz murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkichga ega emasligi bilan xarekterlanadi.

2. Oila qurish motivlari :

Bularga sevgi asosida , moddiy manfaatdorlik hamda stereotip oila qurish motivlarini sanashimiz mumkin. Ko’p yoshlarning fikicha sevgi asosida oila qurish nikoh mustahkamligini ta’minlovchieng ishonchli, mustahkam poydevordeb hisoblaydilar.Chindan ham sevgining oila mustahkamligida o’rni beqiyos.Z.Freyd aytib o’tganidek: “Sevgi – bu insoniyatni hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir.Insonnyaratgan buyuk mo’jizalar barchasi sevgi tufaylidir.”

3. Nikohgacha tanishish muddati :

Psixologiyada aniq muddat keltirib o’tilmagan, bu har bir yoshning o’z fikrlashi va bir-birini thushuna olishiga bog’liqdir. Bilamizki “oila kodeksi’ga binoan nikohdan o’tish uchun ariza berganlaridan so’ng bir oy (33 kun) muhlt beriladi.Mabodo, shu fursat mobaynida fikrlaridan qaytib qolsalar ularning talabi qondirilib nikoh qayd qilinmaydi

4. Nikoh qurish yoshi

“Oila kodeksida ” erkaklar uchun-18 yosh, ayollar uchun- 17 yosh biroq har tomonlama oilaga tayyorlik darajasi 20-24 yoshlar orasida belgilanadi.

5. Nikoh qurish shartlari

6. Oilaviy hayot haqida tasavvurlari

Hayot ostonasidagi har bir yosh bularni bilishi, o’rganishi zarur. Oila to’grisida yoshlar turli qarashlarga ega bo’ladi.Do’stlari, dugonalari , yaqinlaridan turli fikrlar, tushunchalarni singdirish orqali katta hayot ostonasida turgan yoshlar ongida qo’rquv hadik, hayajon o’rnashib olishi natijasida ular nikohni baxtli hayot asosi emas insoniylik majburiyati sifatida qarash va bu majburiyatni ado etgungacha muddatni oiladeb atash ba’zi bir yoshlar ongiga o’rnashib qolgan tushunchadir.

· Barchamizga ma’lumki, oila qurishning asosiy negizi avlodni davom ettirish va uni soglom va komil etib tarbiyalab jamiyatga qo’shish ekan dastlab, yoshlarni jinsiy madaniyat bilan tanishtirilmog’I lozimdir.Jinsiy hayotning ko’plab muommolarini nafaqat yoshlarga, balki uzoq vaqt oila qurgan, farzandli bo’lgan katta yoshlilarga ham tushuntirib o’tish lozim bo’ladi.chunki ularda ham shu asosda jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin.Jinsiy munosabatlar masalasi o’ta jiddiy masaladir, bu borada ko’pincha uyatchanlikka duch kelinadi.Ba’zi bir ota-onalar va o’qituvchilar va o’qituvchilar maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradilar Bu esa millionlab o’smirlarni jinsiy balog’atga yetishish vaqtida g’aflatda qolishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda tuzatib bo’lmaydigan xatolarga yo’l qo’yishiga olib kelishiga sabab bo’lmoqda.

· Keyingi muhim masalalardan biri – muloqat madaniyatini oshirishdir. Muloqot madaniyatiga o’z-o’zini bilishi, boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati, har bir odamga nisbatan uning individual xususiyatlariga eng ma’qul keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini tanlay bilishi kiradi. Ya’ni bo’lajak kelin yangi oila a’zolariga tez moslashishi turmush o’rtog’I, qaynona – qaynotasi bilan muomala qilish sirlarini o’rgatish, har bir ona zimmasidagi ma’suliyatli vaziadir. Zeroki , yoqimli muomala baxtli oila qurish asosi bo’lib xizmat qiladi.

· Bugungi kunda axborot- kommunikativ erkinligi zamonida yoshlar ensiklopediya izlab yoki buvisi yo qarindoshidan so’rashga xojat qolmagan davrdir. O’zlari qiziqqan mashg’ulotlarni jumladan tikuvchilik to’quvchilik, pazandachilik san’ati, kompyuter asoslai, til kurslarini kuzatib borishi yoki o’zlari uchun noma’lum bo’lgan informatsiyalarni butun dunyo axborot tizimidan olishi mumkin.Lekin ularni saralay olish uchun esa insonda ma’naviy immuniteti shakllangan bo’lishi zarur. Chunki turli bema’ni xabarlarga ishonib qancha oilalarning buzilib ketishi , hattoki hayot opstonasiga qadam qo’ymay turib vayron etayotgan yoshlar talaygina.

Shunday ekan oila qurish bu katta mas’uliyat ekanligi bo’lajak kelin- kuyovlarga singdirilishi ularni psixologik oila qurishga tayyorlash yigitlarga mardlik, oilasiga sadoqat, mehr- muhabbat, har qanday vaziyatda oilasining g’ururini saqlay bilishlikni o’rgatish qizlarimizga esa yoriga muhabbat, shirinso’zlilik, sabr-bardoshli bo’lishni o’rgatish baxtli oilaga ega bo’lish sirlari deb ayta olamiz.

Shu sababli taklif o’rnida maktablarda oila psixologiyasi fanini joriy etish uning tarkibida jinsiy madaniyat, muomala madaniyati, turli psixologik muommolarga yechim topish , oilaviy muommolarni kelib chiqish sabablari singari masalalar kiritilsa yoshlarda

Oila to’g’risida tushunchalari shakllangan bo’lardi deb o’ylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :

1. Akramova F.A “ Oilaviy hayotga oid psixologik tavsiyalar” T. “Sams ASA” 2002

2. O’zbekiston respublikasi Oila Kodeksi. Toshkent. “Adolat” 1998

3. Shoumarov G’. B.” Oila psixologiyasi”

4. Sog’inov N.A. “ Avlodni shakllantirishning ba’zi ijtimoiy – psixologik jixatlari”

Oila psixologiyasi kitob pdf

O`quv qo`llanmada ma`ruza va seminar mashg`ulotlarini o`qitishning ta`lim texnologiyalari aks ettirilgan. Shu bilan birga oqitish tizimiga pedagogik va innovatsion texnologiyalarining qo`llanish samaradorligini oshirish hamda o`quv jarayonini to`g`ri va oqilona tashkil qilish usullari yoritilgan.

Сканируй меня
Подписывайтесь на нас

Электронная библиотека

  • Учебная литература
  • Монографии
  • Художественная литература
  • Методические указания
  • Авторефераты и диссертации

Мы в социальных сетях

Наш адрес

  • г. Самарканд, ул. Амира Темура, 18
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu.uz

Карта

Все права защищены. Все права на сайте защищены в соответствии с законодательством Республики Узбекистан, в том числе авторские и смежные права. При использовании материалов сайта ссылка на сайт Самаркандского государственного медицинского университета обязательна.
Внимание! Если вы обнаружите ошибки в тексте, выделите их и нажмите Ctrl+Enter, чтобы уведомить администрацию

Qiziqarli malumotlar
Oila psixologiyasi kitob pdf