OHANGARON
OHANGARON — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962-y. dan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525—600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent—Angren t. y. dagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va b. ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003).
Ensiklopediya.uz
OHANGARON