Ogohlantiruvchi belgilar (yo’l qoidalari)
1.Ogohlantiruvchi belgilar .
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo’lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi.
Xavf-xatar ramziy shaklda ifodalanadi.
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo’lgan teng tomonli uchburchak shaklidan iborat.
Bu yo’l belgilari haydovchi chora ko’rishi talab qilinadigan xavfli qismlarga aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr, aholi yashamaydigan
joylarda 150-300 metr masofa qolganda o’rnatiladi.
Aholi yashamaydigan joylarda bu guruhdagi belgilarning olisroq masofada o’rnatilishi transport vositalarining tezligi bilan izohlanadi.
Shahardan tashqaridagi tezlik shahardagidan bir muncha yuqori bo’ladi.
Haydovchi yo’l belgisi o’rnatilgan joydan xavfli qism boshlanadigan joygacha tezlikni pasaytirib ulgurishi lozim.
Yo’l sharoiti qanchalik murakkab va jiddiy bo’lsa, shunchalik ko’p ogohlantiruvchi belgilar o’rnatiladi.
Izoh: Har bir belgi rasmi ketidan belgi to’grisida ma’lumot beriladi.
_
1.1-Shlagbaumli temir yo’l kesishmasi
Bu belgi temir yo’l kesishmasida shlagboum borligini bildiradi.
Bundan tashqari temir yo’l kesishmasida harakatni tartibga soluvchi svetafor, haydovchining e’tiborini jalb etish uchun
tovush chiqaruvchi moslamalar bilan jixozlanadi. Harakatlanish xavfsizligini temir yo’l nazoratchisi nazorat qiladi.
_
1.2-Shlagbaumsiz temir yo’l kesishmasi
Bu belgi o’rnatilgan kesishma nazoratchisiz bo’lib, temir yo’lni, xavfsizlikni ta’minlagan holda kesib o’tish haydovchining o’ziga havola etiladi.
_
1.3.1-Bir izli temir yo’l
Avtomobil yo’lini bitta temir yo’l kesib o’tishini bildiradi.
1.3.2-Ko’p izli temir yo’l
Avtomobil yo’lini ikkita va undan ko’p temir yo’l kesib o’tishini bildiradi.
1.4.1
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
1.4.2
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
1.4.3
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
Izoh: 1.4.1, 1.4.2, 1.4.3 belgilari yo’lning o’ng tomoniga o’rnatiladi.
1.4.4
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
1.4.5
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
1.4.6
Temir yo’l kesishmasiga yaqinlashuv
Izoh: 1.4.4, 1.4.5, 1.4.6 belgilari yo’lning Chap tomoniga o’rnatiladi.
1.4.1 dan 1.4.6 gacha belgilar aholi yashamaydigan joylarda o’rnatilib, haydovchining temir yo’l kesishmasiga
yaqinlashayotganligi haqida qo’shimcha ravishda ogohlantiradi.
1.5-Tramvay yo’li bilan kesishuv
Yo’lning burilishi yoki undagi do’nglik tufayli yo’lni kesib o’tadigan tramvay izi ko’rinmasa (Chorrahadan tashqari), unday joylarga ushbu yo’l belgisi o’rnatiladi.
Kesishmada Tramvay imtiyozga ega bo’ladi.
1.6-Teng ahamiyatli yo’llar kesishuvi
Bu belgi usti qanday qoplama (asfalt, beton, tosh) bo’lishidan qat’iy nazar teng ahamiyatli yo’llar kesishgan joylar oldida o’rnatilib, imtiyoz o’ng tomondan kelayotgan transport vositasiga beriladi.
1.7-Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
Aylanma harakatlanish joriy etilgan maydon yo’l sharoiti (Burilish, do’nglik) tufayli harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi masofadan ko’rinmasa, u holda o’sha xavfsizlikni ta’minlovchi masofada
1.7-Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
belgisi o’rnatiladi. Ko’rish etarli bo’lsa Buyuruvchi
4.3
belgisi o’rnatiladi.
1.8-Svetofor tartibga soladi
Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha va piyodalar o’tish joyi yo’l sharoiti tufayli harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi masofadan ko’rinmasa u holda
1.8-Svetofor tartibga soladi
yo’l belgisi o’rnatiladi.
Svetafor xavfsizlikni ta’minlagan masofada ko’rinsa 1.8 yo’l belgisi o’rnatilmaydi.
1.9-Ko’tarma ko’prik
Ko’tarma ko’prik yoki solda kesib o’tish joylari oldida o’rnatilib, yo’lning ko’prik yoki sol oldida uzilib qolishi mumkinligi xaqida ogohlantiradi.
1.10-Sohilga chiqish
Bu belgi daryo yoki suv havzasi qirg’oqlariga chiqishda o’rnatilib, haydovchidan tezlikni kamaytirish va e’tiborini oshirishni talab qiladi.
Haydovchi ehtiyotsizlikka yo’l qo’ysa, ushbu yo’l belgisida ko’rsatilgan holga tushishi mumkinligini bildiradi.
1.11.1-Xavfli burilish
1.11.2-Xavfli burilish
1.11.1 va 1.11.2
Xavfli burilish
belgilari
Yo’lning kichik radiusli yoki ko’rinishi chegaralangan burilishlar oldida o’rnatilib, xavfli burilish o’ng yoki chap tomonda ekanligi ogohlantiradi.
Transport vositalar bunday burilishlarda yuqori tezlikda haydashi, ro’paradagi bo’laklarga chiqib ketishiga yoki ag’anab ketishiga olib kelishi mumkinkinligini bildiradi.
1.12.1-Xavfli burilishlar
1.12.2-Xavfli burilishlar
1.12.1 va 1.12.2
Xavfli burilishlar
belgilari, yo’lning ikki qismli kichik radiusli yoki cheklangan burilish joyi yaqinida o’rnatiladi.
Kichik radiusli yoki cheklangan burilish ikki qismdan ko’p bo’lsa 1.12.1 va 1.12.2 yo’l belgilari qo’shimcha
Ta’sir oralig’i
axborot belgisi bilan qo’llaniladi.
Haydovchi yo’lning bunday qismlaridan tezlikni kamaytirib, ehtiyot choralarini ko’rib o’tishi kerak.
1.13-Tik nishablik
Bu belgi pastlik, nishablik oldida o’rnatilib, ichidagi raqam 100 metr uzunlikga to’gri keladigan pasayishini foiz hisobida ko’rsatadi.
Pastlik cho’zilib ketgan bo’lsa, u holda
Ta’sir oralig’i
qo’shimcha axborot belgisi bilan qo’llaniladi.
Nishablik tomon harakatlanayotgan haydovchi yo’lning tor qismlarida ro’paradan tepalik tomon harakatlanayotgan haydovchiga yo’l berishi lozim.
1.14-Tik balandlik
Bu belgi tik balandliklar oldida o’rnatiladi va haydovchini transport vositasining dinamik xususiyatlari, yukli yoki yuksizligiga qarab, kerakli uzatmaga ulash, balandlikka to’xtamasdan chiqish kerakligidan ogohlantiriladi.
Aks holda avtomobil to’xtab qolib, o’z og’irligi bilan orqaga ketishi mumkin.
Nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo’lsa 1.13 va 1.14 belgilari 50-100 metr masofada emas balki bevosita nishablik va balandlik oldida o’rnatiladi.
1.15-Sirpanchiq yo’l
Yo’lning ustki o’tish qismi ma’lum sabablarga ko’ra (loy, qavatma-qavat ho’l barglar, gudron, muzlik oqibatida) sirpanchiq
bo’lib qolsa, bunday qism oldida 1.15-Sirpanchiq yo’l
belgisi o’rnatiladi. Haydovchi yo’lning bunday qismlarida tezlikni
kamaytirishi, keskin to’xtamasligi, keskin burilmasligi lozim, aks holda transport vositasi sirpanib ketadi va uni boshqarish
qiyin kechib, boshqaruvdan chiqib ketadi.
1.16-Notekis yo’l
Qatnov qismi notekis bo’lgan yo’l (o’nqir-cho’nqir, o’ydim-chuqur joylar, ko’prikning yo’lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismlari oldida ushbu belgi o’rnatiladi.
Transport vositalari haydovchilari bunday xavfli notekis yo’lning qismlarida tezlikni keskin oshirishi yoki transport vositasini keskin to’xtatsa, turg’unlikni yo’qotib,
ag’anab ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.17-Tosh otilish xavfi
Mukammal qoplamali yo’l qismida transport vositasi g’ildiragi ostidan shag’al, tosh va shunga o’xshashlarning otilib chiqish ehtimoli.
Bu belgi yo’lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarida g’ildirak bilan bosilgan tosh,shag’al va shunga o’xshash narsalarning otilib chiqish extimoli borligidan ogohlantiradi.
Yo’lning bunday qismlarida haydovchi tezlikni kamaytirib, oraliq masofani tosh otilish xavfsizligi mavjud masofagacha uzaytirishi lozim.
1.18.1-Yo’lning torayishi
ikki tomonlama torayish
1.18.2-Yo’lning torayishi
O’ngga torayish
1.18.3 —
Yo’lning torayishi
Chapga torayish.
Yo’lning torayish qismlari oldidan (torayadigan tomondan): 1.18.1, 1.18.2, 1.18.3
Yo’lning torayishi
belgilari o’rnatiladi.
1.19-Ikki tomonlama harakatlanish
Bu belgi Yo’lning bir taraflama harakatlanish qismi tugab, qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishi oldida o’rnatiladi.
1.20-Piyodalar o’tish joyi
Bu belgi haydovchini svetafor bilan boshqarilmaydigan piyodalar o’tish joyiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
1.21-Bolalar
Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga o’xshashlar)ga yaqin yo’lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolishmumkinligi haqida ogohlantiradi.
Belgi aholi yashamaydigan joylarda takrorlanadi.
1.22-Velosiped yo’lkasi bilan kesishuv
Bu belgi velosiped yo’lkasi bilan kesishuv (chorraha emas) joylari yaqinida o’rnatiladi.
Bunday kesishuvlarda imtiyoz haydovchi tomonida bo’lsa ham tezlikni kamaytirib etiborini oshirishi lozim.
1.23-Ta’mirlash ishlari
Bu belgi yo’lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismlari yaqinida o’rnatilib, haydovchi ehtiyot bo’lib o’tishi kerakligi to’g’risida ogohlantiradi.
Yo’lning bunday qismlari qorong’i paytlarda xavfli hisoblanadi.
1.24-Mol haydab o’tish
Mol boqiladigan yaylov yoqalab o’tadigan yo’llarda, fermalar yaqinida, mol haydab o’tiladigan joylarda o’rnatilib, yo’lga mollar podasi chiqib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi.
1.25-Yovvoyi hayvonlar
Bu belgi yo’lning o’rmon xo’jaligi, qo’riqxona va shunga o’xshash joylardan o’tadigan qismlarida o’rnatilib, yo’lga yovvoyi hayvonlar chiqib qolishi haqida ogohlantiradi.
1.26-Toshlar tushishi
Muz, qor yoki sel kelib tog’ ko’chishi mumkin bo’lgan tog’li yo’l qismlariga
Toshlar tushishi
belgisi o’rnatilib, xavf-xatar faqat qatnov qismlaridagina emas, balki tepa tog’ tarafdan bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.27-Yonlama shamol
:Yonlama shamol
yo’l belgisi kuchli shamol avtomobil, motosiklni boshqarishga salbiy ta’sir etib, yo’l fojiasini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan
(tog’-daralar, jarlik, suv havzalari) joylarga o’rnatiladi. Ayniqsa, yo’lning ustki qismi muzlab, sirpanchiq bo’lgan paytlari yonlama shamol avtotransportni boshqarishga salbiy ta’sir etishi mumkin.
1.28-Pastlab uchuvchi samolyotlar
Aeroport yaqinidan o’tuvchi yo’llarning samolyot pastlab uchuvchi qismlariga
Pastlab uchuvchi samolyotlar
yo’l belgisi o’rnatilib, qisqa muddatli qattiq shovqinlar bo’lib turishi haqida ogohlantiradi.
1.29-Tonnel
Qayrilish, burilish yoki boshqa to’siqlar orqali
Tonnel
ga kiraverishda uning peshtog’i ko’rinishi cheklangan yoki sun’iy ravishda yoritilmagan bo’lsa, oldida
Tonnel
belgisi o’rnatiladi.
1.30-Boshqa xavf-xatar
Yo’lning Ogohlanturuvchi belgilarida ko’zda tutilmagan xavf-xatarlar bo’lgan yo’l qismi (tez-tez tuman bo’lib turadigan joylar, jarliklar, tutun bo’lib yo’lning ko’rinishi cheklangan qismlari) oldida
Boshqa xavf-xatarlar
yo’l belgisi o’rnatiladi.
1.31.1-Burilishning yo’nalishi
1.31.2-Burilishning yo’nalishi
Bu belgilar yo’lning xavfli burilish qismlariga o’rnatiladi. Bu belgilar uch xil bo’lib, burilishning o’ngga, chapga, va bir vaqtning o’zida o’ng va chapga yo’nalganligini ko’rsatadi.
1.31.3-Burilishning yo’nalishi
T
simon chorrahada yoki yo’l ayrilishlarida harakatlanish yo’nalishi. Yo’lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o’tish yo’nalishi.
1.1, 1.2, 1.5 — 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli joydan 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150-300 metr oldin o’rnatiladi. Zarurat bo’lganda bu belgilar 7.1.1 qo’shimcha belgida ko’rsatilgan boshqa masofada ham o’rnatilishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi.
Ikkinchi belgi yo’lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o’rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo’l ishlari olib borilayotgan bo’lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa etmasdan (7.11 qo’shimcha belgisiz) o’rnatilishi mumkin.
1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo’l kesishmasining oldiga o’rnatiladi.
Avto, Ypx Jarimalari
Ogohlantiruvchi belgilar